BOB.XII. TVOROG TAOMLARI
12.1 TVOROGDAN TAYYORLANADIGAN TAOMLAR
Kerakli masalliqlar (250gr
uchun): 0.5litr sut, 0.5 litr qatiq
(sutning yarmi).
Tayyorlash:
Sutni idishda solib, olovni osh damlnadigan darajada yoqamiz. Birozdan
so‘ngsutdan ozgina olib ichib ko‘rganimizda iliqdan issiqroq bo‘lganbo‘lsa,
qatiqni solamiz va aralashtirmasdan shundoq qoldiramiz. Qatiq suvi
ajrala boshlagandaqoshiqda bir marta aralashtiramiz. Qatiq suvi ajragach,
tvorogimiz idish o‘rtasiga yig‘ila boshlaydi. Biroz kutamiz, tvorogimiz yumshoq
holatdan sal yirikroq va qattiqroq xolatga o‘tganda olovni o‘chirib, setkada
suvini oqizib yuboramiz (15-rasm).
Tvorogning sifat ko‘rsatkichlari. Seryog‘, kamyog‘ va
yog‘siz tvorog oliy va 1-navlarga bo‘linadi. Tvorogning boshqa turlari navlarga
bo‘linmaydi.

Tvorog yumshoq bo‘lishi kerak; konsistensiyasi bir
xil bo‘lmasligi mumkin, yog‘siz tvorog esa qumoq, ozroq dona-dona tvorog bo‘lishi,
ozroq zardob ajralib turishi mumkin (15-rasm). Parhezbop
tvorog konsistensiyasi salgina surtiladigan mayin, begona ta’msiz va hidsiz bo‘lishi,
1-nav tvorogda sezilar-sezilmas em-xashak ta’mi, idish mazasi kelib turishiga,
salgina achchiqlik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Tvorogning rangi oq-sariqroq aralash
oq yoki sal sarg‘ish bo‘lishi kerak. Tvorogli mahsulotlarning shakli har xil bo‘lishi
mumkin. Konsistensiyasi- bir xil, mayin, bir me’yorda quyuq har qaysi
mahsulotning uziga xos sirkilar va sirkili massalarning seryog‘ligi, kamyog‘li,.
yog‘sizlarining bir oz unsimon bo‘lishiga, noyabrdan may oyigacha muzlatilgan
tvorog ishlatiladigandavrdaesa tvorog donasi 

bor bo‘lishiga yul qo‘yilishi mumkin. Ta’mi va
hidi sof, qatiqqa xos, qo‘shilgan qo‘shimchalar ta’mi va xushbuyligi aniq
sezilib turadigan, begona ta’m va hidsiz sirkilar va sirki massalarning seryog‘i,
kamyog‘i va yog‘sizlarida em-xashak, ta’mi va idish ta’mi sal sezilib turishi,
shuningdek noyabrdan may oyigacha bo‘lgan davrda ozroqqina achchiqlik bo‘lishi
mumkin. Mahsulotning rangi oq sariq tus aralash sutdan oq butun massa bo‘ylab
bir tekis bo‘lishi kerak Qoplamali sirkining ustiga shokolad qatlam bir tekis
qoplangan bo‘ladi. Sirkilarning ostki tomonidan tvorogli massaning rangi
sezilib turishi mumkin. Qoplama joylanadigan materialiga yopishmasligi kerak U
zich buzilmaydigan qilib joylanishi kerak. Kislotaliligi quyidagidan iborat (°T
hisobida, ko‘pi bilan): seryog‘ida-210, kamyog‘ida -225, yog‘sizida -250,
yumshoq parhezbopida-210, krestyanskiyda-200, donadorida-150. Shilimshiqlangan,
mog‘orlag‘an, konsistensiyasi cho‘ziluvchan va kirlangan tvorog sotuvga
chiqarilmasligi kerak.



Tvorogni joylashtirish, tamg‘alash saqlash. Tvorog
sotuvga tortib sotiladigan va qadoqlangan tarzda chiqariladi. Seryog‘, kamyog‘
va yog‘siz tvorog g‘o‘la ko‘rinishida pergamentga, podperga-mentga, polimer
qoplangan qog‘ozga asosan 250 g dan og‘irlikda» parhezbop donador tvorog esa
paketlarga, polimer materiadlardap yasalgan stakanchalarga 100, 200, 250 g dan
qilib qadoqla-padi. Tortib sotiladigan tvorog yog‘och bochkalarga 50 kg gacha,
temir flyagalarga 35 kg dan, alyumin bitonlarga 10 kg gacha qilib joylanadi.
Idishni og‘zigacha to‘ldiriladi, ustidan pergament yopiladi, qopqog‘ini zichlab
yopiladi va tamg‘alanadi, qadoqlangav tvorog yog‘och va polimer yashiklarga
yoki karton qutichalarga 12 kg dan qilib joylanadi, yog‘och va polimer
yashiklar plombalanib karton idishlarga esa qog‘oz lenta yopishtirib qo‘yilishi
kerak Sovitilgan tvorog magazinlarda 8°Cli haroratda ko‘pi bilan 36 soat
saqlanadi. Uzoq vaqt saqlash uchun tvorogni-25°Cli haroratda muzla-tib,
harorat-18°Cbo‘lgan joyda: qadoqlangan tvorog-4 oygacha, tortib sotiladigan
tvorog-6 oygacha saqlanadi.
Tvorogli
mahsulotlar massalarining resepturasi va ishlov berilishiga qarab ular sirki va
massalarga, tortlar, kremlar, pastalarga bo‘linadi.
Sirki va tvorog
massalar tvorogni maydalab va ta’m beradigan hamda xushbuy tuldirgichlar bilan
birga yaxshilab aralashtirib olinadi. Sirki shirin va shur, yog‘i ko‘paytirilgan
(20 dan 40% gacha), seryog‘ (13 dan 17% gacha), kamyog‘ (5 dan 9% gacha) va yog‘siz
qilib chiqariladi.
Kremlar
konsistensiyasining mayinroqligi bilan boshqa tvorogli mahsulotlardan farq
qiladi, ularning tarkibida ta’m beradigan va xushbuy moddalar bo‘ladi. Ular
tarkibida 5 dan 18%gacha yog‘, kislotaliligi esa 160°T dan oshmaydigan bo‘ladi.
Tvorogli tortlar
tarkibida 36% namlik qolguncha presslangan tvorogdan unga saryog‘, ta’m
beradigan va xushbuy moddalar Qo‘shish yuli bilan olinadi. Tortlar yuzasi qaymoqli
krem, ko‘katlar, shokolad qoplamalar va hokozolar bilan bezatiladi.
Bezatilmagan mahsulot tarkibida yog‘ 21 dan 26% gacha bo‘ladi. Kislotaligi 170°
T dan oshmaydi.
Tvorogli pastalar
shirin va shur qilib tayyorlanadi. Shirin pastalarga asal va boshqa tuldirgichlar qo‘shiladi. Ular tarkibida
kamida 25% yog‘ bor, kislotalilik shirin pastalarda- 120°T, sho‘r pastalarda-180°T.
Tvorogli yarim
fabrikatlar. Bunday yarim fabrikatlar tvorog bilan undan ishlanadi. Iste’mol qilishdan oldin qo‘shimcha qorib ishlanadi va
termik ishlov beriladi. Yarim fabrikatlarning sirniki qilinadigan hamir, sirniklar,
vareniki qilinadigan hamir va tvorogli vareniklar, yog‘siz tvorogli blinchiklar, mayizsiz va mayizli
tovlab pishiriladigan turlari chiqariladi.
Sirniklar
silindrik yoki dumaloq shaklda tvorogli vareniklar-varaqi shaklida tvorogli
blinchiklar va qadoqlangan toblab pishiriladiganlar to‘g‘ri burchak shaklida bo‘ladi.
Sirniklar unga bulg‘alab olingan bo‘lishi kerak Hamma mahsulotlar yopishib
qolmaydigan yoki ezilmagan, vareniklarning cheti esa yaxshilab bukib ishlangan
bo‘lishi kerak Muzlatilgan vareniklar silkitilganda tiniq tovush chiqadi.
Tvorogli yarim fabrikatlar begona ta’msiz va didsiz, toza bo‘lishi kerak
Tvorogli yarim fabrikatlar pergamentga, polietilen plyonkaga, karton ichiga va
paketlarga 250-1000 g dan qilib joylanadi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий