12.2. SOVUQ TVOROG TAOMLARI
Sovuq tvorog
taomlari. Sut, qaymoq, nordonroq qaymoq yoki shakar bilan aralashtirilgan
tvorog. Sof holda tarqatish uchun ezilmagan yog‘li yoki yarim yog‘li tvoroglar
ishlatiladi. Tvorog likobcha yoki salat idishiga tog‘ usulida solinib ustidan
sovitilgan sut yoki qaymoq qo‘yiladi. Shakar yoki qand alohida idishda, shakar
porsiyasiga 10-25 gramm hisobida qo‘shib beriladi. Sut va qaymoq alohida stakan
yoki sut idishida beriladi. Agar tvorog nordonroq, qaymoq bilan beriladigan bo‘lsa,
tvorog o‘rtasi bir oz chuqurlashtirilibu erga qaymoq quyib beriladi. Bundan
tashqari,ustiga shakarsepib ham beriladi. Tvorogni qaymoq bilan qo‘shib
berishdan avval uni eziladi. Ba’zi hollarda sof tvorog faqat shakar bilan
beriladi. Tvorog massasi elak yoki ezuvchi mashinadan o‘tkazilgan yog‘li yoki o‘rtacha
yog‘li tvorog shakar yoki shakar upasi, yumshatilgan sariyog‘, kishmish,
vanilin,, asal, yong‘oq, nordonroq qaymoq hamda tuz, tomat, murch
aralashmalaridan iborat bo‘ladi. Tvorog massalarini tayyorlash jarayonida
sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilinishi lozimligi tufayli, ularni umumiy
ovqatlanish korxonalarida tayyorlash man etiladi. Shu sababdan sanoatda
ishlab.chiqarilgan tvorog massasiga (tuzli yoki shirin) qo‘shimcha mahsulotlar
qo‘shib korxonalarda ishlatiladi.
Tayyor tvorog
masasi likobcha yoki salat idishiga uyib solinib yoki qandolatchilik qopchig‘idan
chiqarib idishga solib beriladi. Tarqatishda yangi yoki konservalangan meva
murabbo yoki salat qo‘shib beriladi. Tvorog massasidan yana buterbrod
tayyorlashda yoki alohida taom sifatida ham foydalaniladi. Kishmish yoki asal
bilan aralashtirilgan tvorog kishmish sa-ralanib, yuvilib, suvi silkitiladi.
Vanilin biroz issiq suvda eritiladi. Tayyorlangan mahsulotlar, asal, ezilgan
tvorog massasiga qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. Tarqatishda likobchaga
uchburchak, konus yoki piramida shaklida solib (porsiyasiga 100-200 g. hisobida)
beriladi.
Yong‘oqli tvorog
massasi. Yong‘oq yoki danak chaqilib, puchog‘i tozalanib, qaynab turgan suvga botirib
olinadi va po‘sti artilib maydalab chopiladi. Danakni duxovkada qizarguncha
qovurib olinadi. Shirin tvorog massasi likobchaga solinib, ustidan nordonroq
qaymoq qo‘yiladi, maydalab chopilgan yong‘oq sepilib, pallacha shaklida
kesilgan apelsin yoki mandarin bilan bezatiladi. Tvorog massasi nordonroq
qaymoq bilan tuzli yoki shakarli tvorog massasi likobchaga uyib solinadi, o‘rtasi
bir oz chuqurlashtirilib, nordonroq qaymoq qo‘yiladi. Tuzli tvorog massasiga
bir oz zira qo‘shsa ham-bo‘ladi. Tvorog- massasi 102,nordonroq,Sofog‘irligi 125gr.
Комментариев нет:
Отправить комментарий