BOB.IX.
BALIQLI OZIQ OVQAT MAHSULOTLARIDAN TAOMLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI
9.1.
BALIQLI TAOMLAT TAYYORLASH
To‘la ishlov
berilib, eyishga tayyor bo‘lgan mahsulot oshpazlik mahsuloti deyiladi.
Qovurilgan, qaynatma, qo‘yilma, yopilgan, dulma baliq, kotletlar, ilvira, seld
qiyma, sosiska, baliq moylar, baliq unidan qilingan mahsulotlar va boshqalar
oshpazlik mahsulotlariga kiradi.
Qaynatma baliq,
osyotr baliqlar turlaridan tayyorlanadi. U sellofanga uralgan burdalar shaklida
chiqariladi. Bunday baliq go‘shti yumshok, lekin uvalanmaydigan va unda
qaynatma baliq ta’mi bo‘lishi kerak.
Qovurilgan baliq
karplar, treska baliqlar, okean baliqlari oilasiga kiradigan va yangi tutilgan
yoki muzlagan baliqlardan tayyorlanadi. Usimlik moyida qovurishdan oldin baliq
tilimlanadi, yuviladi, burdalab to‘g‘raladi, urvoqda bulanadi. Urvoq tariqasida
un, suxari yoki ularning aralashmasi ishlatiladi. Qovurilgan baliqning rangi
och jigar rang bo‘ladi, bulama qobigi kuchib turmasligi kerak.
Qo‘yilma baliq
osyotr baliq zotlaridan, ela, dengiz olabugasi va boshqa baliqlardan
tayyorlanadi. Tozalangan baliq burdalari qaynatib pishiriladida, ustiga shu
baliqning boshidan va suzgichlaridan tayyorlangan bulon qo‘yiladi. Baliq
chiroyli ko‘rinishi uchun formalarga yaproqlangan limon, sabzi, qattiq
pishirilgan tuxum solinadi. Bulon qotganda jelesi zich va tiniq chiqishi, baliq
burdalari esa butun bo‘lishi kerak.
Yopilgan baliq
mayda baliqlardan, bopsha baliqlar maydasidan, selddan va boshqa baliqlardan
qilinadi. Baliq pechlarda butunligicha yopiladi. Rangi och kulrangdan jigar
ranggacha, ta’mi va hidi esa yopilgan baliq bo‘lishi kerak.
Dulma baliq cho‘rtandan,
sladan tayyorlanadi. Oldin baliq qiyma q linib, unga non, piyoz va ziravor qo‘shiladi.
Keyin qiyma sellofanga solib, qaynatib pishiriladi. Baliqning konsistensiyasi
zich, qiltanoqsiz, baliq burdalarisiz va bushliq joylarisiz bo‘lishi kerak.
Baliq kotletlar
qiltanog‘i kam baliqlardan (treska, nalim, lakda, ela, dengiz olabugasi,
kumusheimon xek va boshqa baliqlardan) tayyorlanadi. Baliq qiyma qilinadi,
unga non, piyoz, ziravor qo‘shiladi. Kotletlar urvoqda bulab olinadi va
usimlik moyida qovuriladi
Qovurilgan baliq. Qovurish uchun
hamma turdagi baliqlarni ishlatish mumkin, ammo zogora baliq, leshch, sazan,
vobla, seld, salaka, navaga, kryushka, skumbriya, kumushrang xek, zuban,
makrurus, stavrida, okean buqachasi qovurib pishirilganda uziga xos xushxur bo‘ladi.
Ko‘pgina qovurilgan baliq taomlari osyotr oilasidagi baliqlarsudak, laqqa
baliq, okun, losos turidagi baliqlardan tayyorlanadi. Qovurilgan baliq yuzidagi
qizgish qobiq hisobiga anik, sezilarli mazaga ega bo‘ladi. Bu qobiq tarkibi
yuqori oziqali moddalarga ega va bu moddalar qovurish jarayonida uzgarish
hodisasiga uchramaydilar. Qovurish jarayonida baliq ma’lum darajada yog‘ni uz
taniga singdirib, tuyimlilik darajasioshadi.
Baliqlarni asosiy
usulda, ya’ni oz yog‘da va qizdirilgan yog‘da qovuriladi. Mayda baliqlarni
butun holda, o‘rtacha va yiriklarini porsiyaga bo‘lib qovuriladi. Osyotr
oilasidagi baliqlarni porsiyalarga yokv zvenolarga bo‘lib qovuriladi.
Baliqlarni
qovurish. uchun usimlik yog‘laridan kun-gaboqar, olivka, paxta moylari hamda
pazandalik moyi ishlatiladi.yog‘ tarkibining uzgarishi uning tozaligiga va yog‘ni
qizdirish darajasiga boglik bo‘ladi. Bunda tozalanmagan yog‘ tozalangan yog‘ga
nisbatan ko‘proq uzgaradi. Qovurish jarayonida ko‘p yog‘ miqdori vaqti-vaqti
bilan suzib, tashqi mahsulotlardan tozalanib turilishi va uzining avvalgi
hajminingyarmidankamayib qolmasliginikuzatib turish lozim. 1 kg baliq
mahsulotiga 4 kg yog‘ miqdori solinishi kerak. Agar qovurilgan baliq sovuq taom
sifatida ishlatiladigan bo‘lsa, uni usimlik yog‘ida qovuriladi. Baliqlarni tova, elektr
tova, chuqurtova va frityurnisalarda qovuriladi.
Qovurilgan baliq. Ishlovdan o‘tgan baliq
yuvilgandan so‘ng suvi silkitiladi, tayyorlangan butun yoki porsion bo‘lakka bo‘linganiga
tuz, murch sepib, unga belanadi va qizib turgan yog‘ga terisi bilan quyib, ikki
yoklama qobiq hosil qilib qovuriladi. Qovurish jarayoni 140-160°Cli haroratda
5-10 daqiqa davomida olib boriladi. Qovurilgan baliqni tayyor holga keltirish
uchun 250°Cli qovurish shkafiga 5-7 daqiqa qo‘yiladi. Baliqlarni umumiy
qovurish muddati 10-20 daqiqa davom etadi. Qovurish oxirida baliq ichidagi
harorat 85-90°Cga etadi. Baliq tayyor bo‘lganini yuzida mayda rangsiz sharalar
hosil bo‘lish holatidan aniqlashmumkin.Qovurilganbaliq tayyorbo‘lgan zaxoti
iste’molga tarqatiladi.
Isitilgan likopcha yoki
porsiyali laganchaga qovurilgan, pishirilgan yoki pyure holidagi kartoshka
solinib yoniga qovurilgan baliq qo‘yiladi, ustidan eritilgan sariyog quyib
beriladi. Alohida sardak idishida tomatli ok, yoki qizil asosiy yoki sabzavotli
tomat sardagi qo‘shib beriladi. Taomni bezash uchun ko‘kat va limon parragi
ishlatiladi. Qovurilgan baliq uchun garnir sifatida dimlangan karam, grechixa bo‘tqasi,
qovurilgan qovokcha, baqlajon, pomidor hamda pishirilgan sabzavotlar ustiga yog‘
sepib beriladi.
Baliq 132 dan 237 g.
gacha, bug‘doy unn 6 gr., usimlik yog‘i 5 tr., garnir 150 gr., sardak, 75 gr., sariyog‘
yoki margarin 7 gr. Sof og‘irligi 257 yoki 325 gr.
Ko‘p yog‘da qovurilgan
baliq. Butun baliq yoki romb shaklida kesib porsiyalangan baliq bo‘laklari 180°Cda
qizib turgan ko‘p yog‘ga sachratmasdan solinib, yuzida sarg‘ish qobiq hosil bo‘lguncha,
5-10 daqiqa davomida qovuriladi, so‘ng yog‘dan suzib olinib, yog‘i bir oz
silkitilib, tayyor holga etkazish uchun tovaga quyib, qovurish shkafiga qo‘yiladi.
Tarqatishda isitilgan
likopcha yoki laganchaga garnir sifatida tilim-tilim shaklida avval pishirib,
so‘ng qovurilgan kartoshka yoki to‘rtburchakli uzun kesib, ko‘p yog‘da
qovurilgan kartoshka solinadi, yoniga ko‘p yog‘da qovurilgan baliq uning
ustidan eritilgan sariyog‘ sepib, ko‘p yog‘da qovurilgan ko‘kat va limon parragi
bilan bezab beriladi. Alohida sardak idishida tomatli oq yoki kornishonli*
mayonez yoki mayonez sardagini berish mumkin. Osyotr baleti 199 gr., yoki sudak
192 gr., yoki laqqa baliq 211 gr., yoki kapitan-baliq 233 gr., bug‘doy uni 6
gr., tuxum 1/7 dona,-urvok, 15 gr., pazandalik moyi 10 gr,, garnir 150 gr.,
sardak 75 gr., sariyog‘,margarin 7 gr. Sof og‘irligi325, 300,257 gr.
Xamirga botirib
qovurilgan baliq. Baliq sof filesidan to‘rt burchakli to‘g‘ri kesib, marinovka
qilib, tayyorlangandan so‘ng, har bir bulagi ayriga yoki pazandalik ignasi
bilan olinib, suyuq xamirga (klyarga) botiriladi va qizib turgan ko‘p yog‘ga
solinib, 3-4 daqiqa davomida qovurib iste’molga tayyor holga keltiriladi.
Xamirga botirilgan baliq yog‘ yuziga suzib chiqib sarg‘ish qobiq hosil
qilgandan so‘ng suzib olinib, yog‘i silkitiladi.
Tarqatishda tayyor baliq
bo‘lakchalari porsiyasiga 6-8 dona xisobida qog‘oz sochiqcha yoyilgan lagancha
yoki likopchaga piramida shaklida ustma-ust terilib, yoniga shu holda terilgan ko‘p
yog‘da qovurilgan kartoshka qo‘yiladi va limon parragi, ko‘kat bilan bezaladi. Aloxida
idishda tomatli oq yoki kornishonli mayonez sardagi beriladi. Baliqda yog‘da
qovurilgan kartoshka ham qo‘shib berish mumkin. Ba’zi hollarda baliqni kubik
shaklida kesib tayyorlanadi.
Doncha zrazi. Shakl berib
tayyorlangan qovurishga tayyor mahsulot qizib turgan ko‘p yog‘ga solinib, qizg‘ish
qobiq hosil bo‘lguncha qovuriladi va tovaga solib, qovurish shkafida iste’molga
tayyor holga keltiriladi.
Tarqatishda likopcha yoki
laganchaga garnir sifatida qovurilgan kartoshka, kartoshka pyuresi yoki dimlab
pishirilgan sabzavot, donador grechixa bo‘tqasi yoki 3-4 xil sabzavot
aralashmasidan tashkil topgan murakkab sabzavot garniri solinib, yoniga 1 yoki
2 bo‘lak quyib yoki alohida tomatli oq sardak quyib beriladi. Taom ko‘kat va qo‘shimcha
garnir bilan bezaladi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий