9.2.YOPILGAN
BALIQ TAOMLARI
Yopish uchun xoxlagan
turdagi juda katta bo‘lmagan dengiz baliqlari ishlatiladi. Yopilgan baliq
taomlarini porsiyali tovada yoki bir necha porsiya hisobida katta tovada
tayyorlab, tarqatiladi.
Mayda baliq (karas,
leshch, karp, yaz, lin) butun holda yopib iste’molga tayyorlanadi. O‘rta
holdagi baliqlar suyaksiz filega ajratilib, porsiyalanib tayyorlanishi lozim. Ko‘pincha
sanoatda ishlab chiqarilgan .baliq filelaridan foydalanish maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Yopib pishirish uchun ishlatiladigan baliqlar xomligicha, dimlab
pishirib yoki qovurib olinib so‘ng yopiladi.
Garnir sifatida yopilgan
baliq taomlari uchun pi-shirilgan yoki qovurilgan kartoshka, kartoshka pyuresi,
dimlangan karam, donador grechixa bo‘tqasi, pishirilgan makaron ishlatiladi.
Sardaklardan - oq sardak bur sardagi, sut, nordonroq qaymoq, tomatli sardaklar
ishlatiladi.
Taomlar qovurish
shkaflarida 250-280°Cli haro-ratda kizg‘ish qobiq hosil bo‘lguncha 15 dan 30
daqiqagacha ushlanadi. Yopish jarayonida taom uz vaznining 10% gacha vaznini yo‘qotadi.
Kartoshka bilan ruscha
usulda yopilgan baliq. Saralab yuvilgan kartoshka po‘sti bilan chala
pishiriladi, sovutilib, tozalanib, yarmi tilim-tilim, qolgani parrak-parrak
shaklda kesiladi. Baliq qaynatmasida oq sardak tayyorlanadi. Pishloq qirg‘ichda
qiriladi. Baliq filesi terisi bilan suyaksiz qirqiladi. Yog‘langan porsiyali
tovaga bir oz sardak quyib o‘rtasiga baliqfilesi, uning atrofiga avval
tilim-tilim shaklida kesilgan kartoshka, so‘ngra uning ustidan elpig‘ich ko‘rinishida
parrak-parrak kesilgan kartoshka terilib, baliq ustini ham berkitiladi va
qolgan sardak qo‘yilib, uning ustidan to‘g‘ralgan pishloq yoki urvoq sepiladi
va ustidan eritilgan sariyog‘ purkaladi. Porsiyali tovadagi mahsulot qovurish
shkafida qizg‘ish qobiq hosil bo‘lguncha ushlanadi. Bunda sardak qurib doncha
zrazi qo‘yiladi, uning ustiga eritilgan sariyog‘ quyib yoki alohida tomatli oq
sardak quyib beriladi. Taom ko‘kat va qo‘shimcha garnir bilan bezaladi.
Sut sardagida yopilgan
baliq porsiyaga bo‘laklanib tayyorlangan baliq filesi dimlab yuzaki
pishiriladi. Pishirilgan makaron sariyog‘ bilan aralashtiriladi. O‘rtacha
quyuqlikda sut sardagi tayyorlanadi va jazlangan piyoz qo‘shib, bir
qaynatiladi. Pishloq po‘stlog‘i tozalanib, qirg‘ichda qiriladi. Yog‘ surtilgan
porsiyali tovaga makaron solinadi, o‘rtasi yopilib baliq ko‘miladi va makaron
ustidan sut sardagi qo‘yiladi, uning ustidan qirilgan pishloq sepilib,
eritilgan sariyog‘ purkaladi, qovurish shkafida qizg‘ish qobiq hosil bo‘lguncha
saqlanadi va iste’molga tayyor bo‘lgan zahoti tarqatiladi.
Nordonroq qaymoq
sardagida yopilgan baliq porsiyaga bo‘laklanib tayyorlangan yoki butun holdagi
baliqda tuz sepiladi, unga belanib, asosiy usulda chala qovuriladi. Saralab
yuvilgan, chala qaynatib, sovutilgan po‘sti tozalanib, parrak-parrak shaklida
kesilib, qovurilgan kartoshka yoki donador grechixa bo‘tqasi tayyorlanadi. Bo‘tqaga
margarin aralashtiriladi.
Yog‘langan tovaga
grechixa bo‘tqasi solib, o‘rtasi uyilib, tayyorlangan baliq ko‘miladi yoki tova
o‘rtasiga baliqni quyib atrofi va usti tayyorlangan kartoshka bilan
berkitiladi. So‘ngra nordonroq qaymoq sardagi quyib, ustidan qirilgan pishloq
sochiladi, sariyog‘ yoki margarin eritib purkaladi va qovurish shkafiga qo‘yiladi.
Bu taom uchun leshch, karas, sazan baliqlari ishlatiladi. Tarqatishda taom
tovasi bilan iste’molga tortiladi.
Qo‘ziqorinli nordonroq
qaymoq sardagida moskvacha yopilgan baliq Porsiyalanib kesilgan baliq asosiy
usulda qovuriladi. Po‘sti bilan chala pishirilgan kartoshka sovutilib, po‘sti tozalanadi,
parrak-parrak shaklida
kesilib, ikki yoqlama qovuriladi. Qo‘ziqorin pishirilib, tilim-tilim shaklida
kesilib, qovuriladi. Bosh piyoz somoncha shaklida to‘g‘ralib, yumshaguncha
jazlanadi va tayyorlangan qo‘ziqorin bilan aralashtiriladi. Po‘stlog‘i
tozalangan pishloq qirg‘ichda qiriladi. Nordonroq qaymoq sardagi tayyorlanadi.
Yog‘langan porsiyali
tovaga bir oz sardak solib, o‘rtasiga tayyorlangan baliq qo‘yiladi, atrofi
chiroyli terilgan kartoshka bilan berkitilib, baliq ustidan tayyorlangan
piyozli qo‘ziqorin qo‘yiladi. Agar osyotr oilasidagi baliq bo‘lsa, mayda to‘g‘ralgan
pishgan kemirchak suyak qo‘shib, ustidan qattiq pishirib doira shaklida
kesilgan tuxum qo‘yiladi. Tovadagi mahsulot ustidan nordonroq qaymoq sardagi qo‘yiladi
qirilgan pishloq sepib, sariyog‘ yoki margarin eritib purkaladi va 250°Charoratli
qovurish shkafiga qo‘yilib, qizg‘ish qobiq hosil bo‘lguncha ushlanadi. Tayyor bo‘lganligini
ustidagi qobigidan va sardagining bir oz quyuqlashganidan aniqlash mumkin.
Tarqatishda taom tovasi bilan iste’molga tortiladi.
Laqqa baliq 248 gr., muz
baliq 242 gr., yoki sudak 227 gr. yoki osyotr 240 gr., bug‘doy uni 6 gr., yangi
oq qo‘ziqorin 29 gr. yoki shampinon 46 gr., bosh piyoz 19 gr., pazandalik yori
11 gr., tuxum 1/4 dona, garnir 150 gr., sardak 125 gr., pishloq 5,4 gr.,
oshxona margarini yoki sariyog‘ 7 gr. Sof og‘irligi 370 gr.
Комментариев нет:
Отправить комментарий