8.3.
YORMA TAOMLARI SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Tayyor donador bo‘tqa tarkibidagi yormalar tuda
shishgan, yaxshi pishgan, uz shaklini saklagan va bir-biridan ajraluvchan bo‘lishi
kerak. Mazasi va rangi pishgan yormaga xos bo‘lishi, suk bo‘tqasi taxir mazadan
xoli bo‘lishi lozim. Bo‘tqalar kuygan hidi va mazadan holi bo‘lishi kerak.
Tayyor ilashimli bo‘tqa yormalari tuda bukib yumshoq
quyuq ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak. 60-70°C li issiq bo‘tqalar tog‘ usulida
tarelkaga solinganda, yoyilib ketmasligi kerak. Yorma bo‘tqalarida kuygan hid
va maza bo‘lmasligi lozim.
Tayyor suyuq bo‘tqa yormalari tula bukib yumshoq
ezilarli darajada pishgan, uz shaklini yuqotgan bo‘lishi mumkin. Uz
quyuq-suyuqligi bo‘yicha bir xil qoshiqda, tarelkada yoyilib turgan ko‘rinishga
ega, xid, mazasi yormaga xos, zax hidi, taxir mazadan xoli, kuygan hid va
mazaga ega bo‘lmasligi kerak.
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha kotletlar bir uchi
utkirlangan oval shaklida, bitochkilar shayba shaklida, yorilgan izlari
bulmagan, ikki yoqlama bir xil qizg‘ish yoki sarg‘ish qobiqda qovurilgan, hid
va mazasi yorma bo‘tqasiga xos, zax, taxir mazadan xoli bo‘lishi kerak.
Zapekankalar yuzida qizgish qobig‘i bo‘lib, ichidagi
rangi, mazasi yorma bo‘tqasiga xos, hidi va mazasi ham bo‘tqaga o‘xshash bo‘lishi
kerak.
Mustahkamlash
uchun savollar:
1.Qanday bo‘tqalarni bilasiz?
2.Grechixa burqasi qanday tayyorlanadi?
3.Suk suk bo‘tqasi qanday tayyorlanadi?
4.Qovoqli suk bo‘tqasi qanday tayyorlanadi?
5.Bo‘tqalardan
qanday taomlar tayyorlanadi?
Комментариев нет:
Отправить комментарий