BOB.II. BALIQLARGA ISHLOV BERISH
2.1. BALIQQA MEXANIK
PAZANDALIK ISHLOVI BERISH.
Baliqlar
katta-kichikligiga qarab ishlov berishga mayda (200 g. gacha), o‘rtacha (1-1,5
kg) va yirik (5 kg dan yuqori) kelib tushishi mumkin. Shunga qarab baliqlarga
pazandalik ishlov berish belgilanishi bilan birga, baliqlardan hosil bo‘ladigan
chiqitqilar ham har xil bo‘ladi. Baliqqa mexanik pazandalik ishlovi berilganda
chiqqan chiqitqilar pazandalikda yoki texnikada qayta ishlatilishi mumkin.
Mayda baliqlar ishlovdan o‘tkazilib butun holda, o‘rtacha kattalikdagisi
ishlovdan o‘tish jarayonida ko‘ndalangi yoki uzunasiga ikki bo‘lingan yoki
filelarga ajratilgan holda, yiriklarining ichi tozalanib, issiq ishlovga jo‘natiladi.
Umumiy
ovqatlanish korxonalariga sanoatda turlicha ishlovdan o‘tgan,bo‘linmagan,
ichak-chavog‘i tozalangan boshli, ichak-chavog‘i tozalangan boshsiz, shuningdek
maxsus bo‘lingan (yarim tayyor mahsulot) holidagi baliqlar keltiriladi.
Keltiriladigan baliqlarga pazandalik ishlovi berish usuliga qarab ular uch
guruhga: tangali baliq, tangasiz baliq, tikanakli baliqqa bo‘linadi. Mayda
tangachali navaga, nalim baliqlari tangasiz baliqqa o‘xshash ishlovdan o‘tadi.
Shu sababli ularni tangasiz baliqlar guruhiga kiritiladi.
Korxonalar
katta-kichikligiga qarab baliqqa ishlov berish jarayoni baliq yoki go‘sht-baliq
sexlarida olib borilishi mumkin. Agar baliq go‘sht-baliq sexlarida ishlovdan o‘tkaziladigan
bo‘lsa, alohida-alohida asbob-uskunalardan foydalaniladi, chunki baliq
tarkibidagi uzoq saqlanuvchi o‘ziga xos hid har xil go‘sht mahsulotlariga o‘rnashib
ularning sifatini o‘zgartirishi mumkin.
Tayyorlov sexi
jihozlari baliqlarni muzdan tushiruvchi, bo‘ktiriluvchi, baliqni yuvuvchi
vannalardan, bo‘laklash, yarim tayyor mahsulot tayyorlashda ishlatiladigan stollar,
sovutish shkaflari, almashinish asboblariga ega universal mashinalar, go‘sht
qiymalovchi mashinalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Sexda tarozi bo‘lishi
shart. Tirik baliqni saqlash uchun vanna-akvarium o‘rnatish ham mumkin. Baliqni
tozalash uchun baliq tozalagich mashinasi ishlatiladi. Baliq sexida pazandalik
pichoqlari, qo‘l qirg‘ichi,yog‘ochli ezuvchi asbob, tyapka (yassi to‘qmoq),
maxsus shali baliq qozonlari, chuqur to‘rtburchak tovalar, patnislar, chelak,
ishlatiladigan mahsulotga mo‘ljallab belgi qo‘yilgan taxtakachlar kabi
asbob-uskunalar bo‘lishi lozim.
Baliq sexlari
texnologik ishlov berish jarayonlaridagi ketma-ketlikni hisobga olingan holda
jihozlanishi kerak.
Baliqlarga
mexanik ishlov berish jarayonlari muzdan tushirish yoki tuzini ketkazish,
tozalash, bo‘laklarga bo‘lish, yarim tayyor maxsulotlar tayyorlashdan iborat.
Tozalashga baliqni tangacha yoki shilimshiq moddalardan xoli qilish,
ichak-chavog‘i, boshi, so‘zg‘ich qanotlarini ajratishlar kiradi. Bo‘laklarga bo‘lishga
ko‘ndalangiga yoki uzunasiga kesish, ba’zida suyaklarini, terisini ajratishlar
kiradi.
Muzlatilgan
baliqni muzidan tushirish. Baliqlarning ko‘p miqdori umumiy ovqatlanish
korxonalariga muzlatilgan holda keltiriladi. Ularni ochiq havoda, suvda yoki
kombinasiya usulida muzidan tushiriladi. Baliq qanchalik tez muzidan tushirilsa
uning hushta’mlilik va namlik saqlash xususiyati yaxshi saqlanadi.
Uy harorati
darajasidagi ochiq havola sanoatda ishlab chiqarilgan baliq filelari, katta
baliqlar, osyotr, laqqa baliqlar, qilich baliq, nototeniya, ichak-chavog‘idan
tozalangan baliqlar, maxsus ishlovdan o‘tganbaliqlar (terpug, mintay, muz
baliq, makrurus) muzidan tushiriladi Baliq stol yoki jovongabir qator terilib
4-10 minut davomida (katta-kichikligi hisobga olingan holda) tayyorlov
sexlarida muzdan tushiriladi. Agar qoliplargabriket holida solinib muzlatilgan
baliqlar kelsa 24 soat davomida sovuq xonalarda ichki temperaturasi -2°Cga
etgungacha qog‘ozi ochilmasdan tushiriladi. Bunda mahsulotdagi suyuqlik
ohorining saqlanib qolishiga harakat qilish lozim. Agar bu qoidaga rioya
qilinmasa baliq filesi tashqi qismi tez muzidan tushib, ichki qismi muzidan
tushguncha, o‘z ozuqali ahamiyatini kamaytirishi mumkin. Ochiq havoda muzidan
tushirish jarayonida baliqdan oqib chiqqan suyuqlik, bug‘ hisobiga uning vazn og‘irligi
2%gacha kamayadi. Tangalik va tangasiz baliqlar suvda muzidan tushiriladi.
Vannadagi 10-15°Cli sovuq suvga muzlatilgan baliq solinadi. Bunda 1 kg baliqqa
2 l. suv olinishi kerak. Mayda baliq 2-2,5 soat, kattalari esa 4-5 soat
davomida muzidan tushadi. Agar muzidan tushirish muddati uzaysa baliq sifati
yomonlashadi, chunki baliq to‘qimasi suv yordamida bo‘kib 5-10% ga shishadi va o‘z
tarkibidagi mineral moddalarini qisman yo‘qotadi. 1 l suvga 7-13 g tuz qo‘shib
ishlatilsa, mahsulot yo‘qotish darajasi kamayadi.
Bo‘laklarga bo‘linmagan
ba’zi okean baliqlari (skvama, buqacha, sardinops, batterfish, okean
stavridasi, uzoq sharq skumbriyasi)kombinasiya usulida muzidan tushiriladi.
Baliq 30 daqiqa davomida tuzli (1 litr suvga 10 gr. tuz solinadi) suvda
ushlanadi, so‘ng suzilib, suyuqligi silkitilib, ichki to‘qimasidagi harorat 0°Cdarajaga
etguncha ochiq havoda muzidan tushiriladi. Muzdan tushirilgan baliq saqlanmay,
taom tayyorlashga ishlatiladi.
Navaga,
skumbriya, stavrida, kumush rang va hokozolarga issiqlik ishlovi berishdan
avval ularni muzidan tushirish shart emas, ular muzlagan holda oson ishlovdan o‘tadi,
chiqitqisi kam bo‘ladi, ozuqali ahamiyatini saqlaydi va ko‘rimi o‘zgarmaydi.
Baliqni muzidan
tushirishning usullaridan biri uni yuqori chastotali tok maydonida (Yu. Ch. T.)
isitishdan iborat. Bu usul yaxshi natijalar beradi, chunki baliqni muzidan
tushirish vaqti qisqaradi va uning tarkibidagi ozuqali ahamiyati ko‘p
saqlanadi.
Tuzlangan baliq
tuzini ketkazish. Umumiy ovqatlanish qorxonalariga treska, piksha, qalqonbaliq
va boshqa turdagi tuzlangan baliqlar keltiriladi. Ular tarkibida 6 foizdan 20
foizgacha tuz bo‘ladi. Ulardan taomtayyorlashdan oldin tuz miqdorini me’yordagi
1-5% ga keltirish uchun baliq suvda bo‘ktiriladi. Baliq tuzini ketkazish uchun
bo‘ktirishdan avval bir oz ishlovdan o‘tkazilishi, ya’ni tangasi, suzg‘ich
qanotlari, boshi olinadi. Umurtqa suyagi bo‘ylab ikkiga bo‘lib bo‘ktiriladi, bu
bo‘ktirish vaqtini tejaydi, biroq baliq ta’mining yomonlashishiga olib keladi.
Sudak, okun, seld, zog‘ora baliq oilasidagi baliqlar tozalanmay, butun holdabo‘ktiriladi.
Baliqlarning tuzini ketkazish 2 usulda suv almashtirish va oqava suvda amalga
oshiriladi. Bo‘ktirib, tuzi ketkazilgan baliqlar pishirish, baliq kotleti va
yaxna taomtayyorlashga ishlatiladi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий