1.6. SABZAVOT
CHIQINDILARI VA ULARDAN FOYDALANISH. SABZAVOTLARDAN TAYYORLANGAN YARIM TAYYOR
MAHSULOTLAR
Sabzavotlarga ishlov berish natijasida chiqadigan
chiqitilar miqdori yil fasli, ishlov berish usuli va sabzavot turlariga uzviy
bog‘liqdir.
Chiqitqilar tez yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin,
shu sababli ularni tez qayta ishlash lozim. Kartoshka chiqitisidan kraxmal
olinadi. Katta bulmagan korxonalarda maxsus moslama yordamida kraxmal
donachalari chuktiriladi. Bu moslama ikki ustma-ust qo‘yilgan yashikdan iborat.
Yuqorida joylashgan yashikning osti elakka o‘xshash teshik bo‘ladi. Kartoshka
tozalanganda chiqqan chiqitqi (qo‘lda, mashinada) maydalanib suvda yuqoridagi
yashik elagiga solinadi va yuviladi. Yuvish natijasida elakdan o‘tgan kraxmal
donachalari ikkinchi yashik ostiga chukadi, suv esa truba orqali oqib tushadi.
Tozalangan kizilcha po‘stidan lavlagi sharbati
tayyorlanadi. Qizilcha chiqitqisi yaxshilab yuviladi, maydalanadi, suv solib
unga sirka, ukrop qo‘shilib qaynash darajasiga kutariladi, so‘ngra 15-10 daqiqa
davomida tindirilib va suzib sharbati ajratiladi.
Petrushka, syelderey, ukrop ko‘katlari poyasi yuvilib, tozalanib
qaynatma sho‘rva, sardaklar tayyorlashda ishlatiladi. O‘q o‘zakli karam o‘zagi
tozalanib, salat, borshch, shchi tayyorlashga ishlatilishi mumkin.
Sabzavotlardan
yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash.
Issiq ishlov
beruvchi korxonalarga, yarim tayyor mahsulotlar va pazandalik mahsulotlari
dukonlariga keluvchi tayyor mahsulotlar turiga: yangi, tozalangan, kesilgan,
issiq ishlovdan o‘tmagan, ba’zida ishlovdan o‘tgan sabzavotlar kiradi. Umumiy
ovqatlanish korxonalariga tayyorlov fabrikasi
va oziqo vqat sanoati muassasalaridan quyidagi pishirishga tayyor sabzavot
maxsulotlari keltiriladi.
Pishirishga tayyor «lyubitel kartoshkasi». Kartoshka
to‘rt burchakli uzun shaklda tugralib, qaynab turgan
suvda yuzaki pishirib, so‘ng qovurilib yoki qovu-rilmay muzlatilgan ko‘rinishda
bo‘ladi. Ishlatish uchun muzdan tushirilmagan holda qaynab turgan suvga yoki qizib
turgan yogga solib, yumshoq holga kelguncha qaynatib yoki qovurib iste’molga
tayyor holga keltiriladi. Tayyor kartoshka taom yoki garnir sifatida ishlatiladi.
Pishirishga tayyor «Qovurilgan kartoshka».
Kartoshka to‘rtburchakli uzun shaklda tu’gralib, yarim tayyor holgacha qovurilib
tayyorlangan bo‘ladi. Ularni ishlatish uchun ko‘p yogda 4-5 daqiqa qovurib
yoki qovurish shkafida 250°Cdarajada 10-15 daqiqa davomida qovurib, iste’molga
tayyor holga keltiriladi. «Tozalangan kartoshka» yarim tayyor maxsuloti yashik,
og‘zi yopiq idishlar, elim xaltachalarda keltiriladi. Ularni 2-7°C haroratli
xonalarda 48 soat saqlash mumkin.
Quritilgan kartoshka pyuresi. Ular paga-paga holda
yoki un ko‘rinishida yoki yormaga xos ko‘rinishda keltiriladi. Yormachalarni 1
: 4 miqdordagi suvga solib, aralashtirmay, olovga quyib 95-100°Cdarajagacha
qizdirilsa, pyure holiga keladi. Quritilgan kartoshka pyuresidan garnir yoki
taom (kotlet, zrazi, rulet, zapekanka, kroket) tayyorlashda ishlatiladi.
Kartoshka kotleti 2 donadan laklangan elim qopchikda
yoki 6 donadan qogoz qutiga solib keltiriladi. Ishlovda muzidan tushirilmagan
holda qizib turgan yogda 2 tomonida kobiq xosil bo‘lguncha qovuriladi.
Muzlatilgan dimlangan karam blok holida keltiriladi.
Ishlatishdan avval dimlangan karam bloki chuqur tovaga solinib, biroz qaynatma
(1 kg karamga 100 g hisobida) qo‘shib qopqo‘gi,
yopilib, qovurish shkafida 30-40 daqiqa ushlanib, muzidan tushiriladi, so‘ng
8-10 daqiqa vakt-vakti bilan aralashtirib plita ustida isitiladi.
Muzlatilgan karam yoki
bulgor qalampiri dulmasi ham blok holida keltiriladi. Foydalanishdan avval
bloklar qozonga yoki tovaga bir qator qilib terilib, bir porsiyasiga 40 gr. hisobida suv yoki qaynatma solib, qopqo‘gi yopilgan holda 220-250°Cli darajada 30-40
daqiqa qovurish shkafida ushlanadi, so‘ng plita ustida 8-10 daqisa past
olovda qaynatiladi. «Oq o‘zakli karam» yarim tayyor mahsuloti yashik yoki
savatlarda 20 kilogrammdan joylangan holda keltiriladi. Ustiga ho‘llangan mato
yopilib 2-4°C haroratli xonada 48 soat davomida saqlanadi.
Sut sardagida muzlatilgan sabzi yoki lavlagi, sabzavot
ragusi ham blok holida
keltiriladi. Foydalanishda avval chuqur tovaga solib, qopqogini yopib, 30-40
daqiqa qovurish shkafiga qo‘yiladi va harorat 180-200°C gacha kutariladi.
Muzdan tushgandan so‘ng, asta-sekin aralashtirilgan holda, past olovda, 8-10
daqiqa plita ustida qizdiriladi.
«Tozalangan sabzi» va «tozalangan qizilcha»
yarim tayyor mahsuloti yog‘och yashik yoki to‘qilgan savatlarda 20 kilogrammli
hajmda keltiriladi. Qopqoqsiz idishlar ishlatilgan bo‘lsa, sabzavotlarni so‘lib
qolishidan saqlash uchun ustiga ho‘llangan mato bilan yopilib 2-4°C haroratli
xonada 24 soat mobaynida saqlash mumkin.
«Tozalangan
piyoz» tayyor mahsuloti yashik yoki savatlarda 15-20 kg. dan joylanib ustiga ho‘llangan
mato yopilgan holda keltiriladi. Uni 2-4°C haroratli xonada 24 soat mobaynida
saqlash mumkin.
Butun holdagi
yarim tayyor mahsulotlar idishidan bo‘shatilib, yuviladi, so‘ng yangi
tozalangan sabzavotlarga o‘xshash kesilib ishlatilishi mumkin. Umumiy
ovqatlanish korxonalariga oziq-ovqat sanoatida konservalanib tayyorlangan
sabzavotlar ham keladi. Ularning ozuqali ahamiyati, mazali xususiyati yuqori.
Ularda darmondorilar organik kislotalar, mineral moddalar saqlangan bo‘ladi.
Mustahkamlash uchun savollar
1.Yarim tayyor mahsulot
deganda nima tushunasiz?
2.Sabzovotlardan yarim tayyor mahsulot tayyorlashni tushuntiring.
Комментариев нет:
Отправить комментарий