2.2. TANGALI BALIQLARGA
ISHLOV BERISH. TANGASIZ BALIQLARGA ISHLOV BERISH
Skeletli tangali baliqlar yirik-maydaligi,
ishlatilishiga qarab har xil usulda ishlovdan o‘tkaziladi. Baliqni butun holda
ishlatish uchun ishlovdan o‘tkazish jarayoni tangalarini tozalash, suzg‘ich qanotlarini
olib tashlash, oyquloq, chavoqlarini ajratish va yuvishdan iborat. Mayda
baliqlar butun holda ishlovdan o‘tadi. Bunda baliq tangalari birinchi bor
barabanlar yordamida tozalansa, qolganlari tez aylanuvchi roliklarga o‘rnatilgan
do‘ngalaklar yordamida tozalanish jarayonidan o‘tadilar.Tangachalari tozalangan
baliqlarning suzg‘ich qanotlari olib tashlanadi. Buning uchun suzg‘ich qanot
atrofi, terisi ikki yoqlama bir oz kesilib dum tomonidan teri bilan birlashgan
qismidan bosh tomonga qarab kesib olinadi. Baliqning suzg‘ich qanotini bu
usulda kesish, qo‘lni suzg‘ich qanot tikanlari ta’sirida jarohatlashdan
saqlaydi. Bu usuldagi tozalash okun oilasidagi baliqlarda juda qo‘l keladi.
Baliqning qorin, yon suzg‘ich qanotlari ham shu usul bilan olib tashlanadi.
Ularni ehtiyotkorlik bilan chopib olish ham mumkin.
Suzg‘ich qanotlar
va tangachalar tozalanayotganda baliqlarning tani va terisiga jarohat
etkazmaslik kerak. Baliq boshidagi oyquloq qopqoqlari ikki chetidan bir oz
kesiladi, qopqog‘i ko‘tarilib, ichidagi oyquloq maxsus ingichka pichoq
yordamida kesib olinadi. Baliqning ko‘zi ham olib tashlanadi.
Ichak-chavoqlaridan tozalash uchun baliqni bosh tomonini o‘zingizga qaratib
taxtakachga yon tomoni bilan yotqizib qorin suzg‘ich qanotlari o‘rtasidan
kesib, bo‘yi bo‘ylab qorni yoriladi, so‘ng ichidagi ichak-chavoqlari, o‘t
pufagiga alohida e’tibor berilgan holda ajratiladi. Chunki o‘t pufagi yorilsa
baliq go‘shtiga te-gib mazasini taxir holga keltirib, sifatini buzadi. Baliq
qorni ichidagi ba’zi qora yoki boshqa rangdagi terisi tozalanib, so‘ng sovuq
suvda yuvib, suvi silkitilib patnisga terilib issiq ishlov berish davrigacha
sovutkichda saqlanadi.
Katta
korxonalarda va maxsus sexlarda baliqlarni suzg‘ich qanotlari maxsus qanot
kesuvchi mashinalarda, dum suzg‘ich qanotlari esa disk ko‘rinishidagi baliq
keskichlarda kesiladi. Bunda 1 minutda 30 donagacha baliq ishlovdan o‘tkaziladi.
Baliqlarni boshi bo‘lgan holda ishlovdan o‘tkazilganda umumiy vazni 20% gacha
kamayadi. Agar baliqning boshi olib tashlansa, umumiy chiqitqi miqdori 5% gacha
etadi.
Baliqlarni ko‘ndalangiga
dumaloq bo‘laklash. Bu usulda bo‘laklash oqibatida baliq terisi,umurtqa, qovurg‘a
suyaklari saqlanib qolishi, shakli oq holda bo‘lishi kerak. Bu usulda ishlatishgacha
vazndagi baliq olinadi. O‘rtacha kattalikdagi pazandalik pichog‘i yordamida
baliq oyqulog‘i qopqog‘iatrofidan terisi, go‘shti bilan kesilib, umurtqasi
chopilib boshi va hosil bo‘lgan teshikdan ichagi olib tashlanib, qorin ichi po‘sti
tozalanadi. Bunda qorin terisi, go‘shti zararlanmasligi kerak. Yuvilgan baliq
suvi silkitilib ko‘zda tutilgan(qovurish, pishirish, qiyma tiqish) taomga mo‘ljallab
mumtaloq holda ko‘ndalangiga kesilib nimtalarga bo‘linadi. Baliqqa bunday
ishlov berilganda umumiy chiqitqi miqdori 35-40% ni tashkil qiladi. Tayyorlov
fabrikalarida katta miqdordagi baliqlarra ishlov berishda baliq kallasi maxsus
mashinalarda olinadi. Bu mashinalar 1 daqiqa davomida 40 baliqning boshini
kesishga moslashtirilgan. Baliqlarni filelarga ajratish. Vazni 1,5 kilogramdan
ortiq bo‘lgan baliqlar ishlovdan o‘tkazilib, uzunasiga umurtqa suyagibo‘ylab
kesib ikkigaajratiladi va porsiyalarga bo‘linadi.
Baliq terisi oson
ajratilishi uchun ba’zan ishlov berishda uning tangalari olinmay bir yo‘la
butun holda terisini shilib olinishi mumkin. Sof fileni kotlet, qiyma uzmasi
hamda sof qiyma tayyorlashda ishlatiladi. Sof fileni ajratishda baliqning
umumiy chiqitqisi 50% dan 68% gacha bo‘lishi mumkin.
Tangasiz baliq
usti shilimshiq modda bilan qoplangan bo‘lib, terisi qalin, ko‘pincha qora
rangda va oq bo‘ladi. Shu sababli ishlovda ularning terisi shilib tashlanadi.
Ba’zi mayda tangachalik baliq ishlovdan xuddi tangasiz baliqlarga o‘xshash o‘tganganligi
sababli, ularshu turdagi baliqlar turiga kiritiladi.
Laqqa baliq.
Baliq tashqi shilimshiq moddasidan Yusht yordamida tozalanib, qorni yoriladi,
ichak-chavoqlari ajratilib, boshi, suzg‘ich qanotlari ajratiladi, kesib
porsiyalarga taqsimlanadi. Yirik laqqanig ichi tozalanib, terisi shilinib
olinadi. Laqqa baliqlarga ishlov berish jarayoni muzdan tushurish,suzg‘ich
qanotlarini ajratish, qorni yorilib ichak-chavoqlarini ajratish,boshini
kesish,yuvish, baliqning ichini tozalab qovurg‘a suyaklari bilan umurtqa
suyagiga yopishgan lahm go‘shtini ajratishqovurg‘a suyagini ajratib terili lahm
go‘sht olish, terisi ajratilib sof lahm go‘sht olish, porsiyalarga
taqsimlashlardan iborat.
Yirik va o‘rtacha
kattalikdagi baliqlardan terisiz, suyaksiz sof file ajratish chizmasi.
Laqqa baliq
pishirish, dimlash, .yog‘da qovurish, baliq kotleti tayyorlashda ishlatiladi.
Elimbaliq,
ilonbaliq. Bu baliqlar terisi «paypoq echish» usulida shilib olinadi. Buning
uchun baliq oyquloq qopqog‘idan boshi bo‘ylab dumaloq kesilib, terisi ko‘chiriladi,
qayrilib dumiga qadar tortilib shilinadi, so‘ng kesib olinadi. Terisi qo‘l
bilan ushlaganda sirg‘anmasligi uchun barmoqlar tuzga botirib olinadi. Suzg‘ich
qanotlari, ichak-chavoqlari, boshi ajratiladi va tozalab yuviladi.
Baliq umurtqa
suyagi bo‘ylab tepa qismi yuzasi kesiladi va suzg‘ich qanoti va boshi
ajratilib, qorni yorilib ichak-chavoqlari olib tashlanadi, yuvib suvi
silqitiladi. Bo‘laklashda, suyagi bo‘ylab uzunasiga ikkiga bo‘linadi, qovurg‘a
suyaklari, terisi shilinib, porsiyalab taqsimlab ko‘ndalangiga kesiladi.
Ilonbaliq. Bu baliqning ichi tozalanmaydi. Uning
shilimshiq moddasi kishi tanasini zaharlashi mumkin, shu sababli baliq tuz
bilan ishqalanib, yaxshilab yuvib tashlanishi lozim.
Комментариев нет:
Отправить комментарий