BOB. X. GO‘SHTLI MAHSYLOTLARDAN TAYYORLANADIGAN
TAOMLAR
10.1.GO‘SHTLI MASTAVA VA MOSHXO‘RDA
Go‘shtli mastava
tayyorlashda quyidagi ishlar amalga bajariladi. yog‘liq go‘shtni qiymalab,
mayin to‘g‘ralgan piyoz, tuz va murch qo‘shib mijg‘iladi. Qiymadan gilos
kattaligida kiftalar yasaladi. Suyakni qozonga solib qaynab chiqkanidan so‘ng,
to‘g‘ralgan piyoz, pomidor, kubik qo‘shib to‘g‘ralgan sabzi, sholg‘om yoki
kartoshka va tayyorlangan qiymani solib 40 - 45 minut davomida mildiratib
qaynatiladi, tuzini rostlanib, yuvilgan guruch solinadida, ezilib ketmay turib
qozon olovdan olinadi. Taomni kosalarga quyib, yuziga qirqilgan yalpiz yoki
kashnich, yo kuk piyoz solib dasturxonga keltiriladi. Alohida idishda qattiq
beriladi.
Masalliq: 500 gr go‘sht, 3 - 4 bosh
piyoz, 1 - 2 dona pomidor, 2 dona sabzi, 2 dona kartoshka yoki sholg‘om, 1,5
stakan guruch, tuz va oshko‘klar ta’bga ko‘ra, qo‘shish uchun 1 stakan qattiq
kerak bo‘ladi.
Go‘shgtli
mastavani mustaqil uzingiz pishirish uchun quyidagicha ish yuriting.
Qo‘y go‘shti va
yog‘ini mayda to‘g‘raysiz. Yog‘ni eritib, jizzasini olasizda, dog‘langach, go‘shtini
solib, qizarguncha qovurasiz va to‘g‘ralgan piyoz bilan pomidor solib
qovurishni picha davom ettirasiz.
Pomidor ezilganda
mayda kubik qilib to‘g‘ralgan sabzi, katta kubik qilib to‘g‘ralgan kartoshka
solib, sabzisi yumshaganda suv kuyasiz. Sho‘rvasi yaxshi pishganda tuzini
rostlab, yuvilgan guruch solasiz va uncha ezilib ketmay turib olovni uchirasiz.
Dasturxonga tortishdan 5 - 6 minut oldin «dam edirib», so‘ng kosalarga
taqsimlaysiz, yuziga qirqilgan kashnich yoki rayhon sepib mexmon dasturxoniga
keltirasiz. Piyolada qattiq, tuyilgan murchni alohida idishda quyasiz.
Masalliq: 500 gr go‘sht, 100 gr yog‘,
2 bosh piyoz, 2 dona sabzi, 3 - 4 dona pomidor, 2 dona kartoshka, 300 gr
guruch, oshkuq ziravor, tuz va qattiq ta’bga ko‘ra olinadi.
Moshxo‘rda. Birlashtiruvchi to‘qimasi o‘rtacha
quy yoki mol go‘shti vazni 15-20 gramm hisobida kubik shaklida kesiladi.
Qozondagi dog‘langan yog‘ga go‘sht solinib, qizg‘ish qobiq hosil bo‘lguncha
qovuriladi, keyin bosh piyoz (halqa yoki yarim halqa) solinib qovuriladi, so‘ngra
sabzi (mayda kubik) solinib bir oz qovuriladi va sovuq suv yoki go‘sht, suyak
pishirilgan sho‘rva, saralab yuvilgan mosh solinib, qaynash darajasigacha
miltillatib qaynatiladi. Mosh ochilgandan so‘ng saralab yuvilgan guruch solib
qaynash darajasiga etkazib, kartoshka (mayda kubik) solib qaynatib, taom tayyor
bo‘lishidan avval tuz, ziravor solinadi. Dasturxonga tortishda kosalarga bir
qoshiq qatiq, mayda to‘g‘ralgan ko‘kat solib keltiriladi.
Go‘shtli
mastavani pishirishda birlashtiruvchi to‘qimasi o‘rtacha mol yoki qo‘y go‘shti
vazni 5-10 g. hisobida lo‘nda lo‘nda qilib to‘g‘raladi. Qozondagi dog‘langan yog‘ga
go‘sht solinib jazlanadi, keyin mayda to‘g‘ralgan bosh piyoz solinib
qovuriladi, sabzi, sholg‘om (mayda kubik shaklida) solib bir oz qovurib, yupqa
kesilgan pomidor yoki tomat solinib, qizarguncha qovuriladi. Keyin sovuq suv
yoki go‘sht, suyak qaynatilgan sho‘rva solinib, qaynash darajasigacha 5-10
daqiqa miltillatib qaynagandan so‘ng guruch solinadi, u qaynab chiqgach,
kartoshka solinib, taom tayyor bo‘lishdan avval ta’bga ko‘ra tuz, ziravor
solinadi. Dasturxonga tortishda taom yuziga yalpiz, rayxon, kashnich yoki kuk
piyoz to‘g‘rab sepiladi, alohida idishda qatiq beriladi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Go‘shtli mastava tayyorlashni ayting.
2. Quy go‘shti
mastavasini gapiring.
3. Moshxo‘rda tayyorlash jarayonini ayting.
Комментариев нет:
Отправить комментарий