Страницы

понедельник, 29 декабря 2014 г.

10.2. GO‘SHTLI CHUCHVARA VA NORIN HAMDA MANPAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI

10.2. GO‘SHTLI CHUCHVARA VA NORIN HAMDA MANPAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI

Chuchvara. Birlashtiruvchi to‘qimasi o‘rtacha quy yoki mol go‘shti qiymalagichdan o‘tkazilib mayda to‘g‘ralgan bosh piyoz, ta’bga ko‘ra tuz, ziravor qo‘shib, aralashtirib, chuchvara uchun go‘sht qiymasi tayyorlanadi.
Elangan un, xom tuxum, tuzli suv yordamida bir oz qattiq hamir qorilib, 30-40 daqiqa tindiriladi, qulda yoki mashina yordamida qalinligi 1,2-2,0 mm, kengligi, eni 50x50 mm kvadrat qilib kesib, chuchvara hamiri tayyorlanadi. Chuchvara hamiri o‘rtasiga go‘sht qiymasi 5-7 g. hisobida solinib, ikki qarama qarshi burchaklari birlashtirilib, qiyma atrofidagi hamir qayrilib, ikkita kuloqcha hosil qilinadi, ikki ostki uchlari o‘zaro xalqa щaklida aylantirilib birlashtirilgan holda chuchvaraga shakl beriladi, pishirilguncha un seyilgan patnisga terib qo‘yiladi.
Qaynab turgan tuzli suvga, shakl berilgan chuchvara solinib, aralashtiriladi, o‘rtacha qaynash darajasiga etkazib pishiriladi.
Pishgan chuchvara suyuqliqdan suzib olinib, taqsimchaga solinadi, ustiga qatiq solib, ta’bga ko‘ra yanchilgan qora murch sepib, dasturxonga tortiladi. Yuqoridagi usulda tayyorlangan chuchvarani dasturxonga «chuchvarali sho‘rva» sifatida ham tortish mumkin.
Chuchvara pishirishda go‘sht qiymasidan tashqari, kar­toshka, kuk piyoz va hokazolardan ham foydalanish mumkin.
Qattiqqina hamir qoriladi, zuvala qilib, 10-12 minut o‘rab qo‘yiladi. Shundan so‘ng yana bir bor mushtlab, yana zuvala qilib qo‘l bilan patirga uxshatib yoyiladi. Urvoq sepib uqlovga urab, yupka (2 mm) qilib yoyiladi. Yoymadan 5 X 5 sm hajmli kvadrat jildlar kesib, har birining o‘rtasiga 1 choy qoshig‘ida qiyma solib chuchvaralar tugiladi.
Qiymasini tayyorlash uchun quy go‘shtining son qismidan yoki yog‘liroq mol go‘shtidan, yoki xar ikkala go‘shtdan teng olib qiymalagichdan o‘tkazasiz. Qiymaga juda nafis xalka qilib to‘g‘ralgan piyoz va murch, tuz qo‘shib yaxshilab mijg‘iysiz. Chuchvaralarni tugib bulgach qaynab turgan tuzli suvga solib pishirasiz. Chuchvaralar qozon yuziga qalqib chiqqanidan so‘ng yana 1 - 2 minut qaynatasiz, so‘ngra chovlida suzib laganga solasiz yoki har bir xurandaga alohida likopchalarda dasturxonga tortasiz. Chuchvaraga qo‘shib iste’mol etish uchun ta’bga ko‘ra xoh sariyog‘, xoh kaymoq, xoh katiq alohida idishda beriladi.
Masalliq: hamiri uchun 500 gr oq un, 1 dona tuxum, 0,5 stakan iliq suv, 1 choy qoshig‘ida tuz olinadi; qiymasi uchun 500 gr laxim go‘sht, 4 - 5 bosh piyoz, 1 choy qoshig‘ida tuz, 0,5 choy qoshig‘ida murch kerak bo‘ladi.
Norin. Elangan undan tuzli suv yordamida qattiq hamir qorilib, 30-50 daqiqa tin­diriladi. Qalinligi 2-3 mm hamir qo’lda yoki mashinada yoyilib, eni 20x10 sm. li kvadrat qilib kesilib, qaynab turgan tuzli suv yoki go‘sht, suyak sho‘rvasida pi­shiriladi. Hamir sho‘rvadan suzilib olinib, quruq mato yoki stol ustiga yoyiladi, yuzidagi suyuqligi silkitilib, sovutiladi. Keyin dog‘lanib, sovutilgan o‘simlik yog‘i surtiladi, eni 4-5 sm. li lenta qilib kesi­lib, ustmaust qo‘yilib, eni 1-2 mm. li somoncha qilib turrab, norin hamiri tayyorlanadi.
Birlashtiruvchi to‘qimasi o‘rtacha mol yoki quy go‘shti pishirib sovutiladi. Xonaki usulda ziralangan mol, ot, quy go‘shti va qazilardan tayyorlanishi ham mumkin. Pishgan go‘sht somoncha qilib to‘g‘raladi va ta’bga ko‘ra zira aralashtiriladi.
Bosh piyoz halqa yoki yarim xalqa qilib to‘g‘ralib, yanchilgan qora murch bilan aralashtiriladi.
Pishgan hamir, go‘sht o‘zaro bir xil aralashtirib, norin tayyorlanadi. Norin taqsimchaga uyib solinib, ustiga murch sepib aralashtirilgan piyoz solib dasturxonga tortiladi.
Dasturxonga yana go‘sht sho‘rvasi bilan «hul norin» ham tortilishi mumkin. Buning uchun norin kosaga solinib (275 g. hisobida) ustidan go‘sht yoki qazi qaynatilgan sho‘rva (225 g. hisobida) qo‘yiladi, murch, to‘g‘ralgan piyoz sepiladi.
Maydalangan go‘shtli norin yoyilgan va pishirilgan hamir, go‘sht va qazidan tayyorlanadigan milliy taom. Norin tayyorlash uchun qazi va go‘sht sovuq suvli idishga solinib, 1,5-2 soat davomida mildiratib qaynatiladi. Pishgach, olib oovitiladi. Norinning hamiri chuchvaraniki singari tayyorlannb, 2-3 mm qalinlikda yoyiladi. Yeymadan 10X10 sm, 10X5 sm li kulchatoylar kesiladi. Kulchatoylar go‘sht sho‘rvasi (yoki suv)da pishirilib, so‘ng suziladi. Hamir birbiriga yopishib kolmasligi uchun har ikki tomoniga dog‘langan paxta yog‘i surtilib, laganga taxlab chiqiladi.
Sovigan go‘sht, qazi va hamir kata kichikligi gugurt chupiday qilib to‘g‘raladi, ozozdan bir biriga qorishtirib aralashtiriladi.
Tayyor taom lagan yoki likopchalarda ustiga 2 parrak qazi, mayda to‘g‘ralgan piyoz va murch qo‘shib dasturxonga tortiladi. Bu taom « maydalangan go‘shtli quruq norin» deb ataladi va yaxna taom sifatida iste’mol qilinadi.
Quruq noringa hamir pishirishdan oldii olib qo‘yilgan go‘sht sho‘rvasi hamda piyoz qo‘shib ham iste’mol qilinadi. Bunday norin «hul norin» deb ataladi va dasturxonga kosalarda tortiladi.    
Mampar. Elangan undan tuzli suv yordamida sal qattiqroq hamir qoriladi va tindiriladi. Tindirilgan hamir 30-50 gramm dan bo‘laklarga bo‘linib, qalinligi 4-5 mm. li naycha shakli berilgach, yana bir oz tindiriladi. Naycha shaklidagi hamirni ezib, qalinligi 1,5-2 mm. li lenta shakliga keltiriladi, biroz chuzgan holda eni 1,5-2 sm. li kvadrat shaklidagi hamirdan qulda uzib-uzib, qaynab turgan tuzli suvga tashlanadi, pishgach, suvda chayib, silqitiladi, mamparning pishgan hamiri tayyorlanadi. Agar mamparning pishgan hamirini taom dasturxonga tortilguncha saqlash lozim bo‘lsa, dog‘lab sovutilgan o‘simlik yog‘ida yog‘lanadi. Birlashtiruvchi to‘qimasi o‘rtacha quy yoki mol go‘shti mayda kubik qilib to‘g‘ralib, qozondagi dog‘langan o‘simlik yog‘iga solinib, qizarguncha qovuriladi, to‘g‘ralgan piyoz solib, tomat yoki pomidor bilan qizarguncha qovurilgandan keyin to‘g‘ralgan bolg‘or qalampiri solib, 8-10 daqiqa qovuriladi, so‘ngra go‘sht, suyak sho‘rvasi yoki suv solib, 8-10 dakiqa miltillatib qaynatilgach, mayda to‘g‘ralgan sarimsoq solinadida tayyor bo‘lishidan avval ta’bga ko‘ra tuz, ziravor solib, mampar vajusi tayyorlanadi. Mampar vajusi suyuqligidan ozgina suzib olib, ishlovdan o‘tgan xom tuxum chaqib pishiriladi.
Pishgan mampar hamiri qaynab turgan tuzli suv yoki sho‘rvada chayilib, kosaga solinadi, ustiga mampar va­jusi solib, unga pishgan tuxum qo‘shiladi, bir chetiga mayda to‘g‘ralgan ko‘kat solib, taqsimchada dasturxonga tortilad

Mustahkamlash uchun savollar:

1. Chuchvara pishirishda go‘sht qiymasini tayyorlashni gapiring.
2. Chuchvaragani pishirish jarayoniniayting.
3. Norinni tayyorlashni gapbrbng.

4. Maydalangan go‘shtli mampar tayyorlashni ayting.

Комментариев нет:

Отправить комментарий