9.4. DUDLANGAN BALIQ
Dastlab tuzlab
yoki sal tuzlab olib, yog‘ochning ajralish mahsulotlari yordamida ishlov
berilgan baliq dudlangan deyiladi. Tutun tarkibida fenollar, kislotalar, metil
kislota, formaldegid qatron va boshqa 'shu singari baliqqa maxsus ta’m, xushbo‘ylik
va rang beradigan konservalovchi moddalar bor. Dudlash vaqtida baliq
namligining bir qismini yo‘qotadi, konservalovchi moddalarni singdirib oladida,
natijada u uzoqroq saqlansa bo‘ladi.
Dudlash
vositalari ishlatish usullariga binoan dudlashning quyidagi turlari bo‘ladi:
tutunli dudlash - bargli daraxtlar qipig‘ini kuydirganda chiqadigan tutunda
dudlash: tutunsiz va aralash usulda dudlash. Tutunsiz va aralash usullarda
dudlash uchun ikki xil dudlash preparati - MINX va «Vaxtol» ishlatiladi.
Dudlash preparatlarini ishlatish dudlangan mahsulotlar tayyorlab chiqarishni
tezlatish va texnologik rejimga qat’iyan rioya qilinsa, konserogen moddalari
amalda bo‘lmagan yuqori sifatli mahsulot olish imkonini beradi. Dudlanish
jarayonini faollashtirish maqsadida yuqori kuchlanishli elektrda dudlash
ishlatiladi, jarayonning ayrim bosqichlarida esa (qo‘shimcha quritishda,
singdirib pishirishda) yuqori chastotali toklar, infraqizil va ultrabinafsha
nurlardan foydalaniladi.
Ishlov berish
usuliga binoan dudlashning issiq, yarim issiq va sovuq usullari bo‘ladi.
Issiq. dudlash
uchun asosan muzlagan, endigina kamroq uyquga ketgan yoki sovitilgan baliq
ishlatiladi. Baliq 80 dan 170°C temperaturada bir necha soat davomida dudlanadi,
dudlash oldidan kanop bilan bog‘lanadi. Yuqori temperatura ta’sirida baliq
singib qovuriladi, singib pishadi va bir oz uvalanadigan, mayin sersel
konsistensiyali bo‘lib qoladi.
Issiq dudlangan
baliq karp baliqlar, osyotr baliqlar, treska baliqlar oilalariga kiradigan sal
tuzlab olingan baliqlar va boshqa dengiz va okean baliqlaridan tayyorlandi.
Ular yirik, o‘rtacha va mayda baliqlarga ajratib olinadi; yirik va o‘rtacha
baliqlar butunligicha dudlanadi. Tilimlash usuliga binoan baliqlar bunday bo‘linadi:
tilimlanmagan; boshi olinmay chavoqlangan va boshi olib chavoqlangan; oyqulogi
olingan; burda; file umurtqasi bo‘ylab uzunasiga ikki nimtaga ajratilgan, boshi,
tangachalari, ichak-chavoqlari, umurtqasi tashlangan; rulet baliqdan file
qilib, terisini tashqariga qaratib, rulon qilib uralgan.
Dudlash jarayoni
uch bosqichdan iborat: 60-80°C temperaturada sal quritib olish; 90-140°Ctemperaturada
singitib pishirish; 80-110°Ctemperaturada dudlash. Dudlash tugagandan keyin
baliq. sovitiladi va upakovka qilinadi.
Ikra qimmatli
ovqat mahsuloti hisoblanadi, chunki uning tarkibida tula qimmatli oqsillar bor
(osetr baliqlarning donador ikrasida 22-23%, losos baliqlarning donador
ikrasida 30-39%). O‘rta hisobda osyotr baliqlarning donador ikrasida 17%, losos
baliqlar ikrasida 12%, osyotr baliqlarning payus ikrasida 22% yog bo‘ladi. Tarkibidagi mineral
moddalar 1,2-1,9%. Ikra tarkibida A, V, S, D vitaminlari bo‘ladi. Undagi namlik
53 dan 66% gacha.
Osyotr baliqlar
ikrasi tuya baliqdan, kaluga, osyotr, sevryuga va bakradan olinadi. Osyotr
baliqlar ikrasi och kulrangdan qoragacha bo‘ladi, bunga oqsil xarakteridagi
pigmentlar sabab. Qobigi tarang etilgan yirik ikra eng qimmatli hisoblanadi.
Osyotr baliqlardan tuya baliqning ikrasi eng yirik, sevryuganing ikrasi esa eng
mayda bo‘ladi.
Ikra tuzlangan,
pasterizasiya qilingan, quritilgan tarzda va oshpazlik mahsulotlari tarzida
chiqariladi.
Ishlov berish
usullariga binoan donador, pasterizasiya qilingan donador, payus va pardali
ikralar chiqariladi.
Donador ikra butun
ikra donalaridan iborat bo‘ladi. Ikra donalari toza sovuq suvda yuviladi, keyin
saqlanish muddatini uzaytirish uchun antiseptik (sorbin kislota, yoki bura) qo‘shilgan
mayda quruq tuz sepib tuzlanadi. Tuzda ko‘pi bilan 3-4 min tutib turiladi.
Keyin namakobni ajratish uchun bu aralashma galvirga tashlanadi.
Bankali donador
ikra uch navda chiqariladi. Oliy nav ikra bir tur baliqdan olingan, birga
tuzlangan bo‘lishi kerak. Ikra donalar o‘lchami bir xil, o‘rtacha va yirik,
rangi bir xil och kulrangdan to‘q kulranggacha. Konsistensiyasi quruq sochiluvchan,
ikra donalari bir-biridan oson ajraladigan. Ta’mi yoqimli, kam tuz, begona ta’m
va begona hidi aralashmagan.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. To‘la ishlov
berilib, eyishga tayyor bo‘lgan mahsulot oshpazlik mahsuloti.
2. Go‘shtdor
baliqlardan baliq kotleti tayyorlash.
3. Baliq
teftelisi.
4. Laqqa baliq
yoki muz baliq.
Комментариев нет:
Отправить комментарий