8.2.MAKARON MAHSULOTLARIDAN
TAYYORLANGAN TAOMLAR
Makaron
mahsulotlari pishirishdan avval saralanib, boshqa mahsulotlardan ajratilib,
uzunlari 10 santimetrgacha uzunlikda sindiriladi, bog‘langan vermishel bog‘ichi
uziladi. Mayda holdagilari (ugra; vermishel va boshqalar) elanib urvoqlaridan
ajratiladi.
Makaron
mahsulotlarini pishirish. Makaron mahsulotlarini 2 xil usulda pishiriladi.
Birinchi usul (suyuqligi to‘kilgan holda). 1 kilogramm mahsulotga 5-6 litr suv,
50 gramm tuz solib qaynatiladi. So‘ng tayyorlangan makaron mahsuloti solinib,
iste’molga tayyor bo‘lguncha qaynatiladi. Mahsulot pishirilayotganda idish
ostiga yopishib kuymasligi uchun yog‘och kapgir bilan aralashtirib turiladi.
Suv miqdorini 5-6 barobar ko‘p olishdan maqsad, qaynab turgan suvga makaron
mahsuloti solinganda, suvni sovish darajasi juda pasayib ketmaydi va tezroq
qaynab chiqish natijasida makaron mahsuloti yumshoq pishib, o‘z shaklini
saqlash qobiliyati oshadi. Agar suyuqlik miqdori kam bo‘lsa, ularning bukishi
natijasida makaron mahsulotlari o‘zaro yopishib qolib bir xilda suyuqlik va
issiqlik ta’sirini amalga oshirib bo‘lmay bir xil pishmagan, o‘z shakliga ega bo‘lmagan
holga keltirib qo‘yish mumkin. Makaron mahsulotlarini pishirish vaqti ularning
turlariga bog‘liq bo‘ladi. Makaronlar 20-30 daqiqa, vermishellar -10-15 daqiqa,
ugra-20-25 daqiqada qaynatib pishiriladi. Pishirilgan makaron mahsulotlari elak
yoki alyumin g‘alvirga solib, suvi silkitiladi, idishga solinib ustidan
eritilgan yog‘ qo‘shib yog‘och kapgirda aralashtiriladi. Yog‘ qo‘shib
aralashtirish natijasida makaron mahsulotlari idish tagiga yopishmaydi.
Pishirish natijasida makaron mahsulotlarining vazni tarkibidagi kraxmalning
suyuqlikni yutib kleyster holiga kelishi xisobiga 2,5-3 barobar oshadi. Vazn og‘irligining
oshishi uning hajmini ham oshishiga olib keladi.
Birinchi usulda
pishirish natijasida hajm 150% gacha oshadi. Makaron mahsuloti qaynatilgan
suvni suyuq taom tayyorlashda ishlatish mumkin.
Ikkinchi usul
(suyuqligi to‘kilmaydigan). Qaynab turgan tuzli suvga (1 kilogramm maxsulotga
2,2 3 litr suv va 30 gramm tuz solinadi) tayyorlangan makaron mahsuloti
solinib, aralashtirilgan holda suvni tortguncha qaynatilib, yog‘ solib
aralashtiriladi va past olovda yumshoq holga kelguncha usti qopqoq bilan
berkitilgan holda qaynatib, tayyor holga keltiriladi. Bunda hajm o‘zgarish
jarayoni 200-300% gacha etishi mumkin. Bunday usulda pishirilgan makaron
mahsulotlarining ozuqali qimmati ko‘p saqlanishi mumkin. Bu usulda pishirilgan
makaron mahsulotlari makaronik va makaron zapekankalari uchun ishlatiladi.
Bundan tashqari yana alohida taom yoki garnir sifatida ham ishlatilishi mumkin.
Pishirib yog‘
yoki nordonroq qaymoq bilan aralashtirilgan makaron. Saralab pishirilgan
makaron suyuqligi to‘kilib, silkitilib eritilgan sariyog‘ yoki margarin bilan
aralashtiriladi. Tarqatishda likobchaga suzilib garnir yoki taom sifatida
ustidan sariyog‘ yoki nordonroq qaymoq qo‘yib beriladi.
Pishloq yoki
brinzali makaron. Birinchi usulda pishirilgan makaron eritilgan margarin yoki
sariyog‘ bilan aralashtiriladi. Pishloq yoki brinza qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
Tarqatishda likobchaga suzilib ustiga pishloq yoki brinza solib beriladi.
Pishloq yoki brinzani alohida idishda ham berish mumkin.
Tomat
aralashtirilgan makaron. Sariyog‘ eritilib tomat pyuresini solib jazlanadi va
murch, tuz qo‘shilib ustiga pishirilgan makaron solinib aralashtirib isitiladi.
Tarqatishda likobchaga suzib ustidan ukrop yoki petrushkani to‘g‘rab sepiladi.
Pishirib sabzavot
bilan aralashtirilgan makaron.
Somoncha shaklida kesilgan petrushka ildizi, sabzi yog‘da bir oz jazlangach, to‘g‘ralgan
piyoz qo‘shib yumshaguncha jazlanadi. Jazlash oxirida tomat qo‘shib pishirilgan
makaron bilan aralashtirib bir oz isitiladi. Jazlangan sabzavotlarga ko‘k no‘xt
qo‘shib tayyorlash ham mumkin. Tarqatishda sabzavotli makaron likobchaga
suzilib ko‘kat sepib beriladi.
Makarondan
duxovkada qizdirib pishirilgan ovqat. (Makaronnik). Makaron sutda yoki sut-suv
aralashmasida pishiriladi. So‘ng 60°Cgacha sovitilib, shakar bilan aralashtirilgan
xom tuxum qo‘shilib, aralashtirilib yog‘langan va urvoq sepilgan tovaga solinib
usti tekislanadi, ustiga yog‘ qo‘yib, yuzida qizg‘ish qobiq hosil bo‘lguncha
duxovkada qizartiriladi, bir oz sovitilib, porsiyalarga bo‘linib, likobchaga
solib ustidan sariyog‘ yoki bir chetiga shirin sardak yoki murabbo solib
beriladi.
Pishloq bilan
yopilgan makaron. Sut yoki sut-suv aralashmasida pishirilgan makaron eritilgan
margarin bilan aralashtirilib, yog‘lanib urvoq sepilgan tovaga solinib, ustidan
qirg‘ichda qirilgan pishloq uning ustidan yog‘ purkalib duxovkada qizg‘ish
qobiq hosil bo‘lguncha qizartiriladi. Tarqatishda o‘z tovasida, yoki bir oz
sovitilib porsiyalarga bo‘linib sariyog‘, shirin sardak yoki murabbo qo‘shib
beriladi.
Suzmali ugra. Sut
yoki sut-suv aralashmasida ugra yoki vermishel pishirilib 60°Cgacha sovitiladi.
Ezilgan suzma, xom tuxum, tuz, shakar bilan yaxshilab aralashtiriladi.
Tayyorlangan maxsulot yog‘lanib, urvoq sepilgan tovaga solinib, yuzi tekislanib
nordonroq qaymoq surtiladi, qovurish shkafida qizg‘ish qobiq hosil bo‘lguncha
qizartiriladi. Tarqatishda bir oz sovitilib, porsiyalarga bo‘linib, tarelkaga qo‘yib
sariyog‘, shirin sardak quyib beriladi. Alohida sardak idishda nordonroq qaymoq
ham berish mumkin.
Makaron mahsuloti
taomlari sifat ko‘rsatkichi. Tashqii ko‘rinishi pishirilgan makaron
maxsulotlari bir-biridan engil ajragan, o‘z shaklini yo‘qotmagan bir xil
pishgan, yopilgan holdagilari esa bir-biri bilan yopishgan bo‘lishi mumkin.
Suvda pishirilgan makaron mahsulotining rangi oq, duxovkada pishirilganlari och
sarg‘ish rangda bo‘ladi. Maza va xidi pishgan makaronlarga xos bo‘lib, zax,
kuygan hid, kuygan mazadan holi bo‘lishi kerak.
Mustahkamlash
uchun savollar:
1.Makaron mahsulotlarini qanday usullarda
pishiriladi?
2.Pishloq yoki brinzali makaron qanday pishiriladi?
3.Suzmali ugra qanday tayyorlanadi?
4.Makaron mahsuloti taomlari sifat ko‘rsatkichlari
haqida nimalar bilasiz?

Kerakli
masalliqlar (2 kishi uchun):
100gr qiyma yoki
to‘g‘ralgan go‘sht (tax 2/3 piyola), 20gr makaron, 1 bosh piyo, 0.5 qoshiq
tomat, tuz, ziravorlar (zira, kashnich), 0.5 donadan sabzi, baqlajon, bulg‘or
qalampiri(hohishga ko‘ra 1dona kartoshka), 4 oshqoshiq o‘simlik yog‘I, 3 bo‘lak
sarimsoq (12-rasm).
Sous uchun:
1 bosh kichik
piyoz, 1dona pomidor, 1 bo‘la sarimsoq
Комментариев нет:
Отправить комментарий