4.2. PARRANDA VA
ILVASINLARDAN TAYYORLANGAN PISHIRISHGA TAYYOR MAHSULOTLAR.
Parranda va
ilvasinlardan butun (qovurib pishirish va qaynatib pishirish uchun),
porsiyalangan, mayda chopilgan, qiymalangan pishirishga tayyor mahsulotlarni
tayyorlash mumkin. Butun holdagi parranda va ilvasinlar yuqorida ta’riflangan
usullardan birortasi bilan bog‘langan holda tayyorlanib, qovurib yoki qaynatib
pishiriladi.
Ragu parranda
tani porsiyasiga 2-3 dona hisobida, vazni 40-50 grammdan qilib.chopib
tayyorlanadi.
Pilov parranda
tani porsiyasiga 4-5 dona hisobida vazni25-30grammdan qilib chopib
tayyorlanadi.
Parranda va
ilvasin to‘sh go‘shtidan tayyorlangan pishirishga tayyor mahsulotlar. Buning
uchun parranda yoki ilvasin to‘sh go‘shti ajratilib, tozalanadi. Ishlovdan o‘tgan
parranda yoki ilvasin elkasi bilan stol ustidagi ta'xtachaga qo‘yilib, oyoqlari
kishi tomoniga qaratilgan holda, tush va qorin terisi shilib olnnadi, oyoqlari
taxtakach ustiga bosib qo‘yiladi. Ko‘krak to‘qimalaridagi terisi shilib
olinadi. So‘ng parranda tani 180°Cga aylantirilib, to‘sh suyagining to‘rtib
chikdan eri bo‘ylab bir tomonlama to‘sh suyagi ustidagi go‘shti ehtiyotlik
bilan pichoqda shilinadi. Tomog‘i atrofida joylashgan ayri suyagi chopiladi.
Yelka suyagi ko‘krak qafasi birlashgan eridan paylari kesib go‘shtiga ilingan
holda ajratilib, bir bo‘lak parranda lahm go‘shti ajratiladi. Ikkinchi bo‘lak
lahm go‘shti ham xuddi shu usulda ajratiladi. Ajratilgan lahm go‘sht
tozalanadi. Buning uchun go‘sht ichida o‘z izi bilan ajralib turuvchi kichik bo‘lak
katta bo‘lakdan ajratilib, kichik bo‘lak ustidagi paylar shilib tashlanadi va go‘shti
to‘qmoqda biroz yassilanib uriladi. Katta bo‘lakdan ayri suyagi ajratiladi,
elka suyagi bilan qanot suyaklari birlashgan eridan ajratilib, elka suyagi go‘shtga
birlashgan eridan biroz qoldirilib, pay va go‘shti suyagidan tozalanadi.
Suyakning uzunligi 3-4 sm dan qilib, qanot suyagi bilan birga qalinlashgan
tomonidan chopib tashla-nadi. Katta bo‘lak lahm sovuq suvga botirilib, ich
tomoni yuqoriga quyib taxtakachga qo‘yiladi va tashqi pardalaridan tozalanadi.
Parranda lahm
kotleti. Biroz urib tayyorlangan katta bo‘lakli lahm 2-3 eridan paylari
kssilib, ich tomoniga kichik lahm bo‘lagi joylashtiriladi,katta lahmbo‘lagining
chetlari buklanib kichik berkitilgan holda ovalshakli beriladi.
Urvoqqa belangan
parranda kotleti. Bu kotlet ham lahm kotletiga o‘xshash pishirishga tayyor
mahsulot holida tayyorlanib, lezonga botiriladi va urvoqqa belanadi.
Kievcha kotlet.
Tozalangan yirik bo‘lakli lahm to‘qmoqchada engilgina urib yassilanadi, paylari
kesiladi, teshik erlari bo‘lsa yumshatilgan lahm bo‘laklari bilan yamaladi.
Yirik lahm bo‘lagining ich tomoni o‘rtasiga tuxum shaklida sovitilgan saryog‘ qo‘yilib,
usti kichik lahm bo‘lagi bilan berkitiladi, atroflari yirik lahm go‘shti bilan o‘ralgan
holda uzunchoq tuxum shakli beriladi. Lezonga botirib oq urvoqqa belanadi, so‘ng
yana bir bor lezonga botirilib oq urvoqqa belangan holda ichidagi saryog‘
erimasligi uchun sovitkichda saqlanadi.
Parranda yoki
ilvasin lahm go‘shtidan quyuq sut sardagi yoki jigar qiymasi tiqib kotletlar
tayyorlanadi. Bunda yirik lahm bo‘lagi so‘yagidan tozalanib, go‘sht yassilanib
ich tomonidan kesilib, to‘qmoqchada bir oz uriladi, paylari kesib tashlanadi.
Lahm o‘rtasiga qiyma qo‘yilib, usti kichik lahm bi-lan berkitiladi, uning
ostidan tozalangan suyakning ingichka tomonini tashqariga chiqarib qo‘yiladi.
Ilvasinlar uchun oyoq suyagi ishlatiladi. Yirik lahm go‘shti bilan kichik lahm o‘ralib,
nok ko‘rinishi shakli beriladi, lezonga botirilib, oq urvoqda belanadi.
Qiyma
tayyorlashda quyuq sut sardagiga oq qo‘ziqorin yoki shampinon mayda chopilib,
bir oz tuz qo‘shib aralashtiriladi, sardak tashqariga oqib ketmasligi uchun
aralashmaga bir oz tuxum qo‘shiladi.
Kotlet massasi
tayyorlash uchun tovuq, kurka, qirg‘ovul, chil, kaklik, qur lahm go‘shtlari
ishlatiladi. Parrandaning biqin va son go‘shti, ilvasinlarda to‘sh go‘shtlari
suyaklardan, terisidan ajratilganholda tayyorlangandan so‘ng go‘sht qiymalovchi
mashinadan ich yog‘i bilan aralashtirilgan holda o‘tkaziladi. Oq bo‘lka non
qobig‘idan tozalanib, sutda bo‘ktiriladi, suyuqligi siqilgandan so‘ng parranda
qiymasi bilan aralashtirib, tuz qo‘shilgan holda yana bir bor qiymalovchi
mashinadan o‘tkaziladi, quyuq-suyuqligiga qarab sut qo‘shiladi, yaxshilab
aralashtirilib, urib pishitiladi. Ilvasindan tayyorlangan kotlet massasiga
yanchilgan murch qo‘shish ham mumkin. Parranda ich yog‘i o‘rniga saryog‘ yoki
margarin qo‘shib tayyorlash ham mumkin. Kotlet massasidan: kotlet, yumaloq
kotlet, zrazi, frikadelka va boshqa pishi-rishga tayyor mahsulotlar
tayyorlanadi.
Kotlet va yumaloq
kotlet tayyorlash uchun parranda go‘shtidan tayyorlangan qiyma porsiyaga bo‘linib,
oq urvoqqa belanadi va kotlet hamda yumaloq kotlet shakli beriladi. Agar
yumaloq kotletni bug‘lab pishirish mo‘ljallansa, uni urvoqqa belanmaydi.
Pojarsk kotleti
uchun parranda go‘shtidan tayyorlangan qiyma porsiyaga 3-4 dona hisobida bo‘linib,
bir oz yassilangan tuxum shakli beriladi, qo-biqsiz mayda kubik yoki somoncha
shaklida kesilgan oq bo‘lka non urvog‘iga belanadi.
Qiyma go‘sht
uzmasi. Terisi va suyagidan tozalangan tovuq yoki ilvasin go‘shti go‘sht qiymalagichniig
mayda ko‘zli reshetkasidan 2-3 marta o‘tkazilib, sutda yoki qaymoqda bo‘ktirilib,
suyuqligi siqilgan qobiqsiz oq bo‘lka non yoki qatlama xamir mahsuloti bilan
aralashtiriladi, tuz qo‘shilgan holda yana bir bor go‘sht qiymalagichdan o‘tkaziladi.
yog‘och o‘qlov yordamida ezilib, so‘ng elakdan o‘tkaziladi va bir oz
sovitiladi. Ko‘pirtiruvchi mashinada aralashtirilgan holda tuxum oqi qo‘shiladi,
ko‘pirtirish paytida sut yoki qaymoq qo‘shilgan holda yana bir bor ko‘nirgiriladi
va g‘ovak mahsulot darajasiga kelguncha aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan qiyma go‘sht
uzmasiga tuz qo‘shib aralashtiriladi. Mahsulot tayyor bo‘lganini bilish uchun
undan bir bo‘lak uzib olib suvga solinadi. Agar u suv ustida suzib yursa qiyma
go‘sht uzmasi tayyor hisoblanadi. Tayyor qiyma go‘sht uzmasi mayin, g‘ovak
xususiyatga ega bo‘ladi. U ko‘p miqdorda tayyorlanganda maxsus ezuvchi va ko‘pirtiruvchi
mashinalardan foydalanish maqsadga muvofiqhisoblanadi.
Parranda va
ilvasin go‘shtidan tayyorlangan qiyma go‘sht uzmasidan ikki qoshiq yordamida bo‘lingan
holda yoki konditer qopchasidan chiqarib har xil shakldagi uzma oshlar
tayyorlanadi. Bundan tashqari, qiyma go‘sht uzmasini yog‘langan formalarga
solinib, bug‘da pishiriladi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Parranda va
ilvasin to‘sh go‘shtidan tayyorlangan pishirishga tayyor mahsulotlar.
2. Urvoqqa
belangan parranda kotleti.
3. Qiyma
tayyorlashda quyuq sut sardagi.
4. Qiyma go‘sht
uzmasi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий