3.8. GO‘SHTLI TAOMLARNING
MAHSULOTLARIGA QO‘YILADIGAN SIFATIY TALABLAR
Pishirishga
tayyor go‘sht mahsulotining ustki qismi shamolda qurib qolmagan bo‘lishi,
rangi, hidi yangi go‘shtga o‘xshash bo‘lishi lozim. Go‘sht yuzida suyakdan
oqqan qon izlari, paylari, kemirchak suyaklari qoldig‘i bo‘lmasligi kerak. Yog‘liqli
darajasi cho‘chqa go‘shti to‘qimasida 30% dan va birlashtiruvchi to‘qimasi 5%
dan oshmasligi kerak. Qo‘y va buzoq go‘shtida yog‘liqli va birlashtiruvchi to‘qimalar
miqdori 10% dan oshmasligi kerak.
Porsiyalangan
pishirishga tayyor mahsulot tayyorlashda go‘sht to‘qimasiga ko‘ndalang holda
kesilishi kerak. Qiymadan tayyorlangan pishirishga tayyor mahsulotlar o‘z
shakliga monand ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak. Usti bir xilda urvoqqa belangan
bo‘lishi, yorilmagan, ushalanmagan bo‘lishi lozim. Mahsulot ko‘ndalangiga
kesilganda: o‘ziga xos bir xil ko‘rinishda, ziravorli yangi go‘sht hidiga ega bo‘lishi
kerak.
Qiymali
pishirishga tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishda davlat standarti talabiga
javob berishi kerak. Pishirishga tayyor mahsulotlarda kuygan, buzilgan holatlar
bo‘lsa ishlatishga ruxsat etilmaydi.
Tayyorlangan
pishirishga tayyor mahsulotlar harorati 6°Cdan yuqori bo‘lmagan sharoitda
saqlanadi. Yirik bo‘lakli pishirishga tayyor mahsulotlar temir tovaga bir qator
terilgan holda 48 soat mobaynida saqlanishi mumkin. Porsiyalangan pishirishga
tayyor mahsulotlar temir tovaga 30° burchak ostida bir qator, terilib 36 soat
davomida, urvoqqa belanganlari esa 24 soat davomida saqlanishi mumkin. Mayda bo‘lakli
pishirishga tayyor mahsulotlar temir tovaga qalinlig‘i 5 sm dan oshmagan holda
taxlanib, 24 soat davomida, tuz va ziravor solinmagan qiyma esa shu ko‘rinishda
6 soatgacha saqlanishi mumkin. Qiymali kotlet massasi un yoki urvoq sepilgan
temir tovaga bir qator terilgan holda harorati 6-8°Cbo‘lgan joyda 12 soatgacha
saqlanishi mumkin. Suyaklar maydalanmagan holda 3-5 soat davomida saqlanadi.
Go‘sht kesimining
rangi och yoki to‘q kul rangda bo‘lib, yumshoq pishgan, tuzi me’yorda, go‘sht
turiga xos xushxo‘rlikda bo‘lishi kerak.
Sosiska va
sardelkalar pishirilib butun holida iste’molga tortiladi. Sosiskalarni sun’iy
ichagi bo‘lmasligi lozim. Rangi oq qizg‘ishdan qizg‘ish ranggacha, yumshoq,
hidi va mazasi mahsulotga xos xushxo‘rlikda bo‘lishi kerak.
Sof holda
qovurilgan go‘sht taomlariga ishlatilgan yirik bo‘lakli mol yoki qo‘y go‘shtlari
ozroq, o‘rtacha va yaxshi qovurilgan bo‘lishi, cho‘chqa va buzoq go‘shtlari esa
to‘la to‘kis qovurilgan bo‘lishi kerak. Go‘sht bo‘lagi to‘qimalari ko‘ndalang
qilib yupqa kesilgan bo‘lib chekkalari qorvurilgan qobiqqa ega bo‘lishi kerak.
Ozroq qovurilgan go‘sht kesimi qizildan pushti ranggacha, o‘rtacha
qovurilganlari pushtidan kul rangacha, yaxshi qovurilganlari esa kul rangdan qo‘ng‘ir
rangacha. bo‘lgan holatda bo‘ladi. Ozroq va o‘rtacha qorvurilan go‘sht bo‘laklari
yumshoq, selli bo‘ladi. Tuzi me’yorida, mazasi qovurilgan go‘sht ta’mida bo‘ladi.
Mayda bo‘laklab
qovurilgan go‘sht taomlarida go‘sht o‘z shaklida, yumshoq qovurilgan, dag‘al,
pay va pardalardan holi bo‘lib, mazasi va hidi qovurilgan go‘sht taomiga monand
bo‘lishi kerak.
Urvoqqa belanib
qovurilgan go‘sht taomlari yuza oval shaklga ega bo‘lib, yuzidagi qobig‘i och
sariqdan to och qo‘ng‘ir ranggacha, urvoqlari bir xil qalinlikda bo‘lishi
kerak. Yumshoq qovurilgan, tuzi me’yorda, qovurilgan qobig‘i kursillaydigan
holatda bo‘lishi kerak.
Dimlab
pishirilgan go‘sht rangi to‘q qizil bo‘lib, o‘zi yumshoq, sabzavot, ziravorning
xushxo‘r ta’miga ega bo‘ladi. Yirik bo‘lakli dimlab pishirilgan go‘sht to‘qimasiga
ko‘ndalang Holda yupqa kesiladi. Porsiyalangan va mayda kesilib dimlab
pishirilgan go‘shtlar o‘z shaklida, yumshoq, rangi och qizg‘ish rangdan qo‘ng‘ir
ranggacha ko‘rinishda bo‘ladi.
Sardakda yopilgan
go‘sht taomlari qizg‘ish qobiqqa ega bo‘ladi, go‘shti yumshoq, sardagi qurib
qolishigaqo‘ymaslik kerak, rangi och qo‘ng‘ir rangda bo‘lishi lozim.
Sof qiymali go‘sht
taomlari yuzida qizg‘ish qobiq bo‘lib, yonlari yorilmagan bo‘lishi lozim.
Me’yorida tuzlangan, ziravorlar qo‘shilgan. Kesimning ichki rangi och yoki to‘q
kul rangda bo‘ladi. Bir xil yumshoqlikda, suvliroq, pay choklari va
birlashtiruvchi to‘qimalarining dag‘alligi sezilmaydigan darajada bo‘lishi
kerak.
Kotlet massasidan
tayyorlanadigan taomlar o‘z shaklida, yupqa urvoqqa belangan bo‘lishi kerak.
Yuzasi yorilmagan, bo‘laklarga bo‘linmagan, qizg‘ish qobiq bilan qoplangan bo‘ladi.
Tuzi me’yorida achigan non mazasidan holi, sof go‘sht ta’miga ega bo‘lishi
kerak.
Pishirilgan go‘sht
taomlari oz miqdordagi 50-60°Charoratli qaynatmada 3 soatgacha qopqog‘i yopiq
holda saqlanishi mumkin. Uzoqroq muddat saqlash uchun go‘sht muzlatiladi va
sovutkichga qo‘yib 48 soat davomida saqlanadi.
Yirik bo‘lakli
qovurilgan go‘sht taomlari issiq holda 3 soatgacha, sovutilgan holda
muzxonalarda 48 soatgacha saqlanadi. Porsiyalangan va mayda kesilgan sof go‘sht
mahsulotlariga tarqatishdan avval issiq. ishlov berish lozim.
Urvoqqa belab,
porsiyalarga taqsimlangan go‘sht taomlari iste’molga tarqatilguncha 30 daqiqa
davomida saqlanishi mumkin. Sof qiyma yoki go‘sht kotlet massasi taomlarini tarqatishdan
oldin qovurish ma’qul. Ular tarqatilguncha 30 daqiqa davomida saqlanishi
mumkin. Dimlab pishirilgan yoki yopilgan taomlar esa 2 soatdan saqlanadi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Porsiyalangan
pishirishga tayyor mahsulot tayyorlashda go‘sht.
2. Mayda bo‘laklab
qovurilgan go‘sht taomlari.
3. Sof qiymali go‘sht
taomlari.
Комментариев нет:
Отправить комментарий