3.7. GO‘SHTLI QIYMA YARIM
TAYYOR MAHSULOTLARINI TAYYORLASH
Go‘sht qiymasini
tayyorlash uchun bo‘yin, peshnob, qovurg‘a go‘shtlari hamda go‘sht bo‘laklarini
tozalash, yarim tayyor mahsulotlar tayyorlashda chiqadigan mayda to‘sht bo‘lakchalari
ishlatiladi. Agar go‘sht qiymalagich II kategoriyali go‘shtdan tayyorlansa,
uning yumshoqlik darajasi va ta’mini yaxshilash uchun dumba yog‘i qo‘shiladi.
Paylardan tozalangan go‘sht bo‘laklarga bo‘linadi, dumba yog‘i bilan birga go‘sht
qiymalagichdan o‘tkaziladi. Go‘sht qiymalovchi uskuna ikkita pichoqdan tashkil
topgan bo‘lsa, bir marta, agar bittadan tashkil topgan bo‘lsa, ikki marta o‘tkazilishi
kerak. O‘tkazilgan qiymaga bir oz suv yoki tuz, murch qo‘shib aralashtiriladi,
urib pishitiladi. yog‘liq go‘shtga dumba aralashtirilmaydi uning hisobidan go‘sht
miqdori oshiriladi. Bir kilogramm sof go‘sht qiymasini tayyorlash uchun 800
gramm go‘sht, 120 gramm dumba yog‘i, 70 gramm suv yoki sut ishlatiladi.
Sof qiyma
massasidan quyidagi yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanadi.
Qiymali
bifshteks. Dumba yog‘i mayda to‘rt burchak shaklida to‘g‘ralib, tayyorlangan
mol go‘shti qiymasiga aralashtiriladi va ma’lum porsiyaga bo‘linib, qalinligi 2
santimetrdan qilib doira shakli beriladi. Porsiyasiga 1 donadan ishlatiladi.
Qiymali file. Mol
go‘shti qiymasini porsiyaga bo‘linib silindr shakli beriladi. Porsiyasiga 1
donadan ishlatiladi.
Qiymali langet.
Mol-go‘shti qiymasini porsiyalarga bo‘linib qalinligi 1,0 1,5 santimetrdan
qilib oval shakli beriladi. Porsiyasiga 2 donadan ishlatiladi.
Sof qiyma
kotleti. Qo‘y go‘shtidan qiyma tayyorlanib, porsiyalarga bo‘linadi, oval shakl
beriladi, bir uchiga go‘shtidan tozalangan qo‘y qovurg‘a suyagi uchi tiqilib,
lezonga botiriladi va urvoqqa belanadi.
Sof qiyma
shniseli. Qiymani porsiyalarga bo‘linadi. 1 santimetr qalinlikda oval shakl
berilib, lezonga botiriladi va non urvog‘iga belanadi.
Qiymali
romshteks. Mol go‘shti qiymasini porsiyalarga bo‘linib, cho‘zinchoq shakl
beriladi, lezonga botirilib, non urvog‘iga belanadi.
Frikadelka. Go‘shtni
bo‘laklarga bo‘lib go‘shg qiymalagichdan o‘tkaziladi. Unga xom tuxum, jazlangan
piyoz, tuz, murch va bir oz suv qo‘shib aralashtiriladi. So‘ng miqdori 7-10
grammdan qilib porsiyalanadi va shar shakli beriladi.
Qiyma - kabob. Qo‘y
go‘shti qiymasidan tayyorlanadi. Go‘shtni bo‘laklarga bo‘lib to‘g‘ralgan piyoz,
dumba yog‘i bilan qo‘shib go‘sht qiymalagichdan 2-3 marta o‘tkaziladi. Tuz,
murch, ziravor qo‘shib aralashtiriladi. Bir oz limon sharbatini qo‘shish ham
mumkin. Aralashma marinadlanishi uchun 2-3 soat davomida sovitkichga qo‘yiladi.
So‘ng porsiyaga ajratilib, kichik xasip bo‘lagi shakli berilib sixga tortiladi
va qo‘yiladi.
Go‘sht kotlet
massasini tayyorlashda mol go‘shtining bo‘yin, boldir, peshnob bo‘laklari, go‘shtlarni
va suyaklarni tozalaganda chiqadigan mayda go‘sht bo‘lakchalari, cho‘chqaning go‘sht
bo‘laklarini tozalaganda chiqadigan mayda bo‘laklari, ba’zan qo‘y go‘shti bo‘laklarini
tozalaganda chiqadigan mayda go‘sht bo‘lakchalari, bo‘yinning yumshoq joyi
ishlatilishi mumkin. Go‘sht yog‘liqli darajasi 10% gacha bo‘lsa,
tayyorlanadigan kotlet massasi sifat darajasi yaxshi bo‘ladi. Agar go‘shtning
yog‘liqli darajasi kam bo‘lsa, 5--10 % miqdorda dumba yog‘i qo‘shib
tayyorlanishi mumkin. Go‘sht paylaridan, dag‘al birlashtiruvchi to‘qimalaridan,
qotib qolgan qonlaridan tozalanib, kichik bo‘lakchalar ko‘rinishida kesilib, go‘sht
qiymalovchi mashinadan o‘tkaziladi. Bir oz suvi qochgan birinchi navli bug‘doy
bo‘lka noni suv yoki sutda bo‘ktirilib, suyuqligi siqiladi va go‘sht qiymasi bilan
aralashtirib, tuz, murch, qo‘shilgan holda yana go‘sht q,iymalovchi mashinadan o‘tkaziladi.
Quyuk, suyuqligiga qarab sut yoki suv qo‘shib aralashtirib, urib pishitiladi.
Bunda kotlet massasining mayinlik va g‘ovakli darajasi oshadi. Agar me’yoridan
ko‘proq urib pishitilsa tarkibidagi yog‘ miqdori kamayib o‘z sifatini
pasaytirishi mumkin.;
Bir kilogramm go‘sht
uchun 250 gramm bug‘doy noni 300 gramm suv yoki sut, 20 gramm tuz, 1 gramm
murch ishlatiladi.
8. Go‘sht kotlet
massasidan quyidagi yarim tayyor mahsulotlar
Go‘sht kotlet
massasidan quyidagi yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanadi.
Kotlet. Go‘sht
kotlet massasidan 57 gramm miq-dorida uzib olinib, qalinligi 2-2,5 santimetr,
uzunligi 10-12 santimetr, kengligi 5 santimetrli uchi o‘tkirlangan cho‘ziq
shakl berilib, urvoqqa belanadi, Porsiyasiga 1-2 donadan ishlatiladi.
Bitochki. Go‘sht
kotlet massasidan 57 gramm miqdorda uzilib, qalinligi 2-2,5 santimetr, diametri
6 santimetrli doira shakli berilib, urvoqqa belanadi. Porsiyasiga 2 donadan
ishlatiladi.
Kotlet va
bitochki uchun qiyma tayyorlash jarayonida prrsiyasiga 5-8 gramm piyoz yoki
0,5-0,8 gramm sarim-soqpiyoz qo‘shish mumkin. Bunda tayyorlangan yarim tayyor
mahsulot shu zahoti issiq ishlovga jo‘natilishi lozim, aks holda go‘sht rangi o‘zgarishi
va mahsulog sifati yomonlashishi mumkin.
Shnisel. Go‘sht
kotlet massasida porsiyaga taqsimlanadi, urvoqqa belanadi, qalinligini 1
santimetrga keltirilib oval shakl beriladi. Porsiyasiga 1 donadan ishlatiladi.
Zrazi. Go‘sht
kotlet massasi kamroq non qo‘shib tayyorlanadi. Porsiyaga taqsimlanadi,
qalinligi 1 sm da obi non shakli beriladi, o‘rtasiga qiyma solinib, chetlari
birlashtiriladi, qirrasi edirilgan g‘isht shakli berilib, urvoqqa belanadi.
Porsiyasiga 1-2 donadan ishlatiladi. Qiymaga chopilgan tuxum, jazlangan piyoz,
ko‘kat, tuz, murch aralashtiriladi. Qiymasifatida yana mayda kesilgan quymoq
ishlatilishi ham mumkin.
Tefteli. Go‘sht
kotlet massasiga non miqdori kamroq qo‘shib tayyorlangandanso‘ng mayda
chopilib, jazlangan piyoz bilan aralashtirilib, porsiyalanadi. So‘ng kattaroq
yong‘oqcha shaklida yumaloqlanib unga belanadi.
Rulet. Go‘sht
kotlet massasiga non kamroq qo‘shib tayyorlanadi. Ho‘llangan sochiq yoki doka
ustiga qalinligi 1,5-2 santimetr qilib to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida yoyiladi,
kotlet massasi o‘rtasiga bir oz cho‘ziq holda qiyma qo‘yiladi va chetlari
sochiq yoki doka yordamida birlashtirilib, baton shaklini beriladi. Yog‘lanib,
urvoq sepilgan temir tovaga chokini pastga qilib so-chiq yoki dokadan bo‘shatiladi,
ustiga lezon surtilib, ustidan urvok, sepiladi va ust tomonidan bir necha
eridan teshiladi. Qiyma sifatida pishirib yog‘langan makaron yoki pishirib
chopilgan tuxum, yoki jazlangan piyoz ishlatiladi. Yana jazlangan piyoz va
pishirib chopilgan tuxum aralashmasini ham ishlatish mumkin.
Frikadelka. Go‘shtni
bo‘laklarga bo‘lib go‘shg qiymalagichdan o‘tkaziladi. Unga xom tuxum, jazlangan
piyoz, tuz, murch va bir oz suv qo‘shib aralashtiriladi. So‘ng miqdori 7-10
grammdan qilib porsiyalanadi va shar shakli beriladi. '
Qiyma kabob. Qo‘y
go‘shti qiymasidan tayyorlanadi. Go‘shtni bo‘laklarga bo‘lib to‘g‘ralgan piyoz,
dumba yog‘i bilan qo‘shib go‘sht qiymalagichdan 2-3 marta o‘tkaziladi. Tuz,
murch, ziravor qo‘shib aralashtiriladi. Bir oz limon sharbatini qo‘shish ham
mumkin. Aralashma marinadlanishi uchun 2-3 soat davomida sovitkichga qo‘yiladi.
So‘ng porsiyaga ajratilib, kichik xasip bo‘lagi shakli berilib sixga tortiladi
va qo‘yiladi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Go‘sht
qiymasini tayyorlash.
2. Go‘sht kotlet
massasini tayyorlash.
3. Tefteli.
4. Rulet.
Комментариев нет:
Отправить комментарий