3.6. GO‘SHT SUYAKLARIGA VA KALLA POCHALARIGA (SUBMAHSULOTLARIGA)
ISHLOV BERISH
Go‘shtlarga
ishlov byorayotganda, ozuqali chiqitqilardan suyak va paylar ajratiladi. Bu
chiqitqilarning miqdori go‘shtning turiga va semizlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Suyaklardan sho‘rvalar tayyorlashda foydalaniladi. Suyaklar issiq ishlovga jo‘natishdan
avval cholib, maydalanishi lozim. Maydalangan suyakdagi ozuqa moddalari
yaxshiroq chiqadi. Suyak to‘nkada bolta yordamida chopiladi. Ba’zi katta
korxonalarda suyaklar arra yordamida yoki suyak bo‘luvchi asboblar yordamida bo‘laklarga
bo‘linadi. Ilik suyaklari ikki cheti qalin qismlaridan arralanadi. Umurtqa
suyaklari umurtqa bo‘g‘ini bo‘yicha bo‘linadi, so‘ngra uzunligi 5-7
santimetrdan katta bo‘lmagan holda qovurg‘a suyaklaridan ko‘ndalangiga chopib
ajratiladi. Bo‘laklangan katta suyaklar hajmi 5-7 santimetrdan oshmasligi
kerak. Suyaklar maydalangandan keyin yuviladi, kurak, qovurg‘a suyaklari
texnika mahsuloti uchun ishlatiladi.
Umumiy
ovqatlanish korxonalariga turli hayvon go‘shtlari bilan bir qatorda kalla-pocha
mahsulotlari ham keltiriladi. Ularga til, yurak, jigar, o‘pka, miya, buyrak va
boshqalar, shuningdek kalla, oyoq, dum mahsulotlari kiradi. Ularning ozuqali
qimmati har xil. Til, jigar, miya, buyrakning ozuqali qimmati yuqori
baholanadi. Ularda 18% gacha oqsil moddasi bor, darmondorilarga, temir, fosfor
tuzlariga boy. Til, yurak tarkibida17% gacha yog‘ moddasi bor. Ozuqali qimmati
inobatga olinib kalla-pocha mahsulotlari ikki kategoriyaga bo‘linadi. Jigar,
buyrak va til I kategoriya mahsuloti hisoblanadi. Qo‘y, mol, cho‘chqa oyoqlari,
qo‘y va mol oyoqlari, kallalari. cho‘chqa dumi, oshqozon, o‘pka, lab,
kekirdaklari II kategoriya mahsulotlari hisoblanadi.
Kalla-pocha
mahsulotlari sovitilgan, muzlatilgan, ba’zi hollarda til tuzlangan holda
keltirilishi mumkin. Kalla-pochalarni xona harorati 15-16°Cbo‘lgan go‘sht
sexlarida muzidan tushiriladi. Buning uchun mahsulot tunuka tova yoki lotokka
bir qator teriladi. Miya, oshqozon, buyraklarni suvda muzdan tushirish mumkin.
Kalla-pochalar tez buziladigan mahsulotlar guruhiga taalluqli bo‘lib, ularning
yuza namligi yuqori bo‘ladi va ular mikroorganizmlarning urug‘ qo‘yishi uchun
qulay bo‘ladi. Shuning uchun ularning sifati diqqat berib tekshirilib, iloji
boricha tez sovuq va issiq ishlovdan o‘tkazish kerak.
Mayda va yirik
hayvon kallasi ishlovdan o‘tgan yoki o‘tmagan holda kelishi mumkin. Agar kalla
juni bilan keltirilgan bo‘lsa kuydirilishi yoki qaynoq suvga botirilib, juni
tozalanishi va yaxshilab yuvilishi lozim. Shundan so‘ng kalla sovuq suvga bo‘ktiriladi,
terisi pichoq bilan tozalanadi, yuvib lahm joyi terisi bilan kesib olinadi.
Agar kalla tili, miyasi bilan kesilgan bo‘lsa dastlab tili ajratib olinadi, so‘ng
lahm joyi teri bilan kesib olinadi, peshana qismi yorilib miyasi ajratiladi va
yuviladi. Agar kalla terisi tozalangan holda labi bilan keltirilgan bo‘lsa,
lablari kesib olinadi va atroflaridagi tuklari kuydiriladi.
Mayda va yirik
mol oyog‘i jun bilan keltirilsa, u kuydirilib qaynoq suvda yuviladi, tuyoqlari
ajratilib, terisi pichoq va suv yordamida yaxshilab qiriladi, tuyog‘i bo‘yiga
ikkiga ajratilib, sovuq suvda 2-4 soat bo‘ktiriladi. Kuydirish o‘rniga qaynoq
suvga botirib, junini yulib tashlasa ham bo‘ladi. Buzoq va cho‘chqa oyoqlari
tuyog‘i orasidagi terisi go‘shti bilan chuqur kesib olinadi, qolgan suyaklari
esa pishirilgandan keyin olib tashlanadi.
Miya sovuq suvda
1-2 soat bo‘ktirilib, qon tomirlaridagi qoni ketk-azilib, suv ichida yuzidagi
terisi shilib olinadi. Jigarga yopishgan o‘t qopchig‘i olib tashlanadi,. katta
qon tomirlaridan tozalanib, suvga solingan holda pardasi shilinadi: Qovurish
jarayonida tarkibidagi oqsil moddasi kamroq sarflanishi uchun uni qovurishdan
avval qaynoq suvga bir oz botirib olib tezda sovitish lozim. Bu qovurilgan
jigarning yashil rangga kirib qolishini to‘xtatadi. Buyrak ko‘ndalangiga kesilib,
yuzidagi pardasi bilan birga yog‘i ham ajratiladi va sovuq suvda .3-4 soat o‘ziga
xos hidini kamaytirish uchun bo‘ktiriladi. Qo‘y, buzoq, cho‘chqa buyraklari
yuzida 0,5 sm qadinlikda yog‘i qoldirilib, ortiqcha yog‘lari kesib olinadi,
tozalab yuvilib, sovuq suvda bo‘ktiriladi. Tillar yuzidagi ifloslangan qismi
pichoqda qi rilib, yaxshilab yuvib tashlanadi. Oshqozonlar ichi ag‘darilib
tashqariga chiqari-ladi, yuvib tozalangandan so‘ng sovuq suvda 8-12 soat bo‘ktiriladi,
bunda bir necha bor suvi almashtirilishi kerak. Qaynoq suvga botirilib,
shilimshiq terisi pichoq yordamida qiriladi va yana 2-3 marta suvi
almashtirilgan holda bo‘ktirilib, qo‘lansa hidi ketkaziladi. Pishirishga jo‘natishdan
avval yaxshilab yuvilib, rulet shaklida o‘ralib, kanop ip bilan bog‘lanadi.
Yurak va kekirdak ko‘ndalangiga kesilib laxta qonlari tozalanib, sovuq suvda
1-3 soat bo‘ktiriladi, bir necha bor suvda yuviladi.
O‘pka yuvilib,
katta havo yo‘llari bo‘ylab bo‘laklarga bo‘linib, yana bir bor yuviladi Mol, qo‘y
dumlari o‘z bo‘g‘ini bo‘yicha kesilib, sovuq suvda yuvilib, so‘ng 5-6 soat
sovuq suvda bo‘ktiriladi.
Pishirishga
tayyor kalla-pocha mahsulotlari. Qovurilgan jigar taomi uchun birlamchi
ishlovdan o‘tgan jigar porsiyalanib kesiladi, qovurishdan avval ikki yoklama
tuz, murch sepilib unga belanadi. Strogancha jigar tayyorlash uchun ishlovdan o‘tgan
jigar qalinligi 0,5 sm, uzunligi 4-5 sm qilib uzun to‘rtburchak shaklida
kesiladi. Qovurilgan miya taomini tayyorlash uchun ishlovdan o‘tgan miyatuzli,
piyozli, ziravorli, sirkali suvda qaynatib chala pishiriladi, sovitilib,
tilim-tilim shaklida kesilib, tuz, murch sepiladi va unga belanadi. Ko‘p yog‘da
qovurilgan miya uchun birlamchi ishlovdan o‘tgan miya butun holda yoki bo‘lingan
holda qaynatib chala pishiriladi, sovitilib, tuz, murch sepilgach, unga
belanadi, lezonga botirilib, urvoqqa belanadi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1 Go‘shtlarga ishlov berayotganda, ozuqali
chiqitqilardan suyak va paylar.
2. Kalla-pocha
mahsulotlari.
3. Mayda va yirik
hayvon kallasi.
4. Pishirishga
tayyor kalla-pocha mahsulotlari.
Комментариев нет:
Отправить комментарий