3.4. QO‘Y GO‘SHTINI NIMTALASH
VA SUYAKDAN AJRATISH
Qo‘y go‘shti
buyrak bilan kelgan bo‘lsa buyragi ajratiladi va tos suyagi bilan bel umurtqasi
birlashgan eridan ko‘ndalangiga bo‘linib old va orqa bo‘laklarga ajratiladi (6-rasm).
Old qismini bo‘laklash
va suyakdan ajratish. Qo‘yning old qismi: qo‘l, bo‘yin, to‘sh; biqin qismlarga
ajratib bo‘laklanadi. Avval qo‘li ajratiladi, so‘ng bo‘yin umurtqa suyagi
oxirgi bo‘g‘indan. chopib, bo‘yin bo‘lagi ajratiladi. Qolgan qismini ajratish
uchun umurtqa suyagining tepa to‘rtib chiqqan eri ikki tomonlama suyagiga taqalib,
go‘shti uzunasiga kesiladi va qovurg‘a suyagi bilan umurtqa suyagi birlashgan
eridan ikki yoqlama chopilib, umurtqa suyagi ajratib olinadi. To‘sh qismi
uzunasiga chopib ikkiga bo‘linadi va ikkita bo‘lak hosil qilinadi. Bir bo‘lagi
to‘nkaga tashqi tomoni bilan qo‘yilib qovurg‘a suyagini umurtqa suyagidan
ajralgan qismidan 8 sm qoldirilib, har bir qovurg‘a suyagi chopiladi. Go‘shti
kesilib, to‘sh bo‘lagi va biqin bo‘lagi ajratiladi.
Bo‘yin bo‘lagidan
go‘shtini ajratish uchun uzunasiga kesilib ingichka pichoq yordamida bo‘yin
umurtqa suyagi izi bo‘yicha go‘shti kesilib, butun holda ajratiladi. Qo‘l bo‘lagi
xuddi mol go‘shti qo‘l bo‘lagini suyakdan ajratishga o‘xshash olib boriladi. Go‘shtni
tozalashda paylari va dag‘al birlashtiruvchi to‘qimalari olib tashlanadi.
Tashqi go‘sht pardalari ajratilmaydi. To‘sh bo‘lagi suyakdan tozalanmaydi.
Biqin go‘shti chetidagi pay ajratilsa, to‘shning etak qismidagi peshnob go‘shti
kesib olinsa, etarli darajada tozalangan hisoblanadi.
Orqa qismini bo‘laklash
va suyakdan ajratish. Son bo‘lagi tos suyagi birlashgan eri va umurtqa suyagi
bilan birlashgan erlaridan chopilib ikkiga ajratiladi. Buning natijasida
ikkita son bo‘lagi hosil bo‘ladi.
Son qismi
ajratilib qolgan suyaklari ajratilmay ishlatiladi, bunda bu go‘sht butunligicha
qovurish uchun ishlatilishi mumkin. Son bo‘lagi katta holda bo‘lsa, xuddi mol go‘shti
son bo‘lagiga o‘xshash go‘shtning pardali izlari bo‘yicha suyaklardan ajratib 4
bo‘lakka bo‘linadi. Pazandalik ishlovidan o‘tgan, ya’ni bo‘laklarga bo‘linib,
suyaklardan ajratilgan qo‘y go‘shti; qo‘l, bo‘yin, to‘sh, biqin va son
qismlarga ajraladi. Ishlov berish davomida I kategoriyadagi qo‘y go‘shti 28,5%
gacha, II kategoriyadagi qo‘y go‘shti 33,8% gacha o‘z vaznini yo‘qotishi
mumkin.

Комментариев нет:
Отправить комментарий