3.3.YARIM TAYYOR GO‘SHTLI
MAHSULOTLARNI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
Go‘shtli yarim
fabrikatlar - bu har xil go‘sht turlaridan oshpazlikda ishlatishga tayyorlab qo‘yilgan
masalliqdir. Bularga aholining talabi katta.
Go‘sht turiga qarab mol,
qo‘y, cho‘chqa go‘shtli yarimfabrikatlar, shuningdek parranda go‘shtli
yarimfabrikatlar bo‘ladi.
Go‘shtdan tayyorlanadigan
yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanish usuliga qarab sof, urvoqqa belangan va
qiymalangan turlarga bo‘linadi. Yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlash
jarayonida kesish, to‘qmoqchada urish, paychoqlarini bir oz kesish, urvoqda
belash, ichiga ziravorlar tiqib pishirishga tayyorlash, marinadlash kabi ishlov
berish jarayonlaridan o‘tkaziladi.
Kesish go‘sht to‘qimasi
holatiga qarab to‘g‘ri burchak yoki 40-45° burchak ostida kesiladi. Bunda
porsiyalangan bo‘laklar yaxshi ko‘rinishga ega bo‘ladi va deformasiyalanishi
kam bo‘ladi.
To‘qmoqchada urish. Bo‘laklarga
bo‘lingan go‘sht oldindan suvga bo‘ktirib qo‘yilgan to‘qmoqcha bilan uriladi.
Bunda go‘shtdagi birlashtiruvchi to‘qima g‘ovakligi oshadi, go‘sht yuzasi
tekislanadi, usti dazmollanganday tekislashib, bo‘lakka tegishlicha shakl
beriladi. Unda bir xil issiqlik ta’sir etish imkoniyati yaratiladi.
Paylarni bir oz kesish.
Paylari bir necha erdan kesiladi. Bundan maqsad porsiyalangan go‘shtga issiq
ishlov berganda u o‘z shaklini saqlab qolishini ta’minlashdir.
Go‘shtdagi sharbatning
oqishini va namlikning bug‘lanishini kamaytirish maqsadida uni urvoqqa
belanadi. Urvoqqa belangan maxsulot issiq ishlovda chiroyli va mahsulot
mazasini yaxshilovchi qobiq hosil qiladi. Go‘shtni urvoqqa belashdan
avval lezonga botiriladi. Bunda urvoq yarim tayyor mahsulotga yaxshi yopishadi.
Shpiglash. Go‘shtning
ichiga ziravorlar tiqib pishirishga tayyorlash shpiglash deyiladi. Shpiglash
natijasida go‘shtning sharbatdorligi, ta’mi va xush-bo‘yligi oshadi.
Marinadlash. Go‘shtlar
porsiyalangan yoki mayda kesilgan holda marinadlanadi. Natijada go‘shtning
birlashtiruvchi to‘qimalari yumshaydi, uning ta’mi va xushbo‘yligi oshadi.
Yarim tayyor
mahsulot tayyorlashga tozalangan go‘sht bo‘lagi ishlatiladi. Yarim tayyor
mahsulotlar yirik bo‘lak, porsiyaga bo‘lingan bo‘lak, mayda kesilgan bo‘laklarga
ajratiladi.
Yarim tayyor
mahsulot tayyorlashda pushtimag‘iz uch qismga yo‘g‘on (bosh), o‘rta va ingichka
(dum) qismlariga bo‘linadi. Har bir pushtimag‘izning har bir qismidan o‘ziga
xos yarim tayyor mahsulot tayyorlanadi.
Yirik bo‘lakli
yarim tayyor mahsulotlar. Rostbifpaylardan tozalangan pushtimag‘izning lahm
joyidan tayyorlanadi. Bu yarim tayyor mahsulot yo‘g‘on yoki ingichka taliqdan
tayyorlanadigan bo‘lsa, bir necha eridan paylari va pardalari yuzaki kesilishi
kerak.
Pishiriladigan go‘sht
sonning son, tashqi, yon qismidan, qo‘l, qo‘l osti, to‘sh, qovurg‘a qismlaridan
1,5-2,5 kg dan tayyorlanadi.
Porsiyalangan
yarim tayyor mahsulotlar. Bifshteks- pushtimag‘izning bosh qismidan to‘g‘ri
burchak ostida, porsiyasiga bir bo‘lakdan qalinligi 2-3 sm shayba shaklida
qilib kesiladi. Bir oz to‘qmoqchada uriladi.
Bir oz
yumshatilgan bifshteks sonning yuqori yoki ichki qismidan kesilib ikki yoqlama
yuzaki paychoqlari chopiladi yoki yumshatuvchi mashinadan o‘tkaziladi.
File pushtimag‘izning
o‘rta qismidan, porsiyasiga bir bo‘lakdan, qalinligi 4-5 sm. qilib, to‘g‘ri
burchak ostida kesilib, silindr shakli beriladi.
Antrekot, yo‘g‘on
yoki ingichka taliq qismidan 1,5-2 sm qalinlikda kesilib, to‘qmoqchada bir oz
uriladi, paylari va pardalari kesilib, uzunroq oval shaklida tayyorlanadi.
Sonning yon va
tashqi qismidan 1,0-1,5 sm qalinlikda kesilib to‘qmoqchada uriladi, bir chetdan
qiyma qo‘yib o‘ralib, mayda kolbasa shakli berilib, arqon yoki ip yordamida bog‘lanadi.
Qiyma sifatida to‘la pishirib, tozalanib mayda chopilgan tuxum yoki pishirib
chopilgan qo‘ziqorin, qovurilgan piyoz, urvoq, ko‘kat, tuz, murch aralashmasi
ishlatiladi.
Duxovkada
pishirishga mo‘lzkallangan mol go‘shti. Sonning yon va tashqi qismidan 1,5-2,0
sm qalinlikda kesilgan, to‘qmoqchada bir oz urilib, 1-2 dona hisobida
tayyorlanadi.
Romshteks.
Sonning ichki yoki yuqori qismidan, qalin yoki yupqa taliq qismidan 1,5-2 sm
qalinlikda doyra shaklida kesilib to‘qmoqchada bir oz uriladi, paylari
kesiladi, tuz va murch sepiladi, lezonga botirilib, qizil urvoqqa belanadi va
shakl beriladi.
Mayda bo‘lakli
yarim tayyor mahsulotlar. Befstroganovsonning yuqori va ichki qismi, qalin va
yupqa qismidan kesib olinadi. Pushtimag‘iz qirqimlaridan 1-1,5 sm qalinlikda
kesilib to‘qmoqchada 0,5 sm qalinligiga kelguncha uriladi va uzunligi 3-4 sm, og‘irligi
5-7 gramm qilib to‘g‘raladi.
Azu. Sonning yon
va tashqi qismidan 1,5-2 sm qalinlikda kesiladi. To‘qmoqlab 1 sm ga keltirib,
uzunligi 3-4 sm, og‘irlig‘i 10-15 g to‘g‘ri to‘rtburchakli uzun kesiladi.
Qovurdoq. Sonning
ichki va yuqori qismidan qalin, yupqa taliq qismidan 2 sm ga yaqin qalinlikda
yupqa kesilib bir oz to‘qmoqchada uriladi, to‘rtburchakli uzun щaklda, og‘irligi.
10-15 gramm qilib to‘g‘raladi.
Gulyash. Qovurg‘a,
qo‘l, qo‘l osti bo‘laklari go‘shtidan 20-30 grammli kubik shaklida kesiladi.
4-5 dona jaz porsiya hisobida ishlatiladi.
Tabiiy
yarimfabrikatlar. Bu yarimfabrikatlarni tayyorlash uchun hovuri tushgan yoki
sovitilgan go‘sht ishlatiladi.
O‘lchamiga qarab
tabiiy yarimfabrikatlar porsiyali, mayda jazli va yirik jazli bo‘ladi.
Porsiyali
yarimfabrikatlar umumiy og‘irligi 125 g bo‘lgan bir yoki ikki bo‘lak go‘shtdan
ishlab chiqariladi. Mol go‘shtidan porsiyali yarimfabrikatlarning quyidagi
turlari chiqariladi.
Antrekot - orqa
va bel qismidan olingan yumshoq go‘sht bo‘lagidan iborat uzunchoq oval
shaklidagi, qalinligi 1,5-2 sm li.
Bifshteks - go‘sht
qiyqimidan olingan, qalinligi 2-3 sm, oval shaklidagi go‘sht bo‘lagi.
Kertikli
bifshteks orqa tos qismidagi yumshoq go‘shtidan olinib, konsistensiyasi
yumshayishi uchun muskul to‘qimasini to‘qmoq-lanadi.
Filebifshteksdan
qalin - 4-5 sm bo‘ladi.
Langet -
qalinligi 1 sm, o‘lchami deyarli bir xil ikki bo‘lak yumshoq go‘shtdan iborat bo‘lgan
go‘sht bo‘lagi. Emizak buzoqcha, cho‘chqa va qo‘y go‘shtidan porsiyali
yarimfabrikatlar - tabiiy kotlet va eskalop, bundan tashqari, cho‘chqa va qo‘y
go‘shtidan - shnisel tayyorlanadi.
Tabiiy kotlet -
qovurg‘a suyagi bor yassi oval shaklidagi go‘sht bo‘lagi. Cho‘chqa va buzoq go‘shtidan
qilingan kotletda suyak 8 sm dan, qo‘y go‘shtidan qilinganida esa suyak7smdan
ortiq bo‘lmay-di. Uni ort va bel qismlaridan olinadi.
Eskalop -
qalinligi 1-1,5 sm li yassi oval shaklidagi ikki-ta bir xil go‘sht bo‘lagidan
iborat bo‘ladi. Uni ort va bel qismlaridagi yumshoq go‘shtdan olinadi.
Shnisel - orqa
tos qismi yumshoq go‘shtidan tayyorlangan, qalinligi 2-3 sm, uzunchoq oval
shaklidagi go‘sht bo‘lagi.
Mayda jazli
yarimfabrikatlar - umumiy og‘irligi 125 dan 1000 g gacha bo‘lgan mayda to‘g‘ralgan
jazlardan tayyorlangan go‘sht bo‘lagi.
Mayda jazli yarim
fabrikatlar turiga azu, befstrogan, ka-bob, gulyash, qovurma, sho‘rva masallig‘i;
cho‘chqa go‘shtidan - kabob, gulyash, qovurma, ragu; qo‘y go‘shtidan - kabob,
ragu, sho‘rva ma-sallig‘i kiradi.
Befstrogan -
qiyqimdan tayyorlangan, og‘irligi 5-7 g, uzun-choq jazlar shaklida to‘g‘ralgan
go‘sht bo‘laklari.
Kabob - 30-40 g
li jazlar. Qo‘y go‘shtidan va cho‘chqa go‘shtidan qilingan kabob tarkibida115 g
go‘sht va 10 g boshpiyoz bo‘ladi.
Gulyash - ko‘rak
qismidan olingan 20-30 g li go‘sht bo‘lakla-ri; tarkibidagi yog‘ ko‘pi bilan -
mol go‘shtida 10% va 'cho‘chqa go‘shtida 20% bo‘ladi.
Qovurma - ko‘rak
qismidan va go‘sht qiyqimidan to‘g‘ralgan, og‘irligi 20-15 g go‘sht bo‘lagi;
tarkibidagi yog‘ va plyonka-20% gacha.Porsiyaning og‘irligi-125 va500 g bo‘ladi.
Cho‘chqa go‘shtidan
ragu - bo‘yin, elka, bel, ko‘krak qismlaridan 40-60 g dan qilib to‘g‘ralgan go‘sht
bo‘laklari, suyak miqdori- 50% atrofida va yumshoq go‘sht bilan yog‘i-50%; 500
va 1000 g qilib qadoqlanadi.
Sho‘rva masallig‘i
- og‘irligi 100-200 g suyak aralash go‘sht bo‘laklari; ragu olinadigan
joylardan olinadi. Porsiyaning og‘irligi-1 kg.
Yirik jazli
yarimfabrikatlar (qiyqimlar, kotletbop go‘sht) asosan umumiy ovqatlanish
korxonalariga keltiriladi.
Bulangan tabiiy
yarimfabrikatlar. Bular ma’lum go‘sht bo‘lagidan qilinadi, uni oldin to‘qmoqlab
uriladi (yumshatiladi), keyin esa unga kuvlab ko‘pirtirilgan tuxum massa
(lezon) surtib, suxari unga bo‘lanadi, Qovurib olish jarayonida bo‘laklar
ustida qobiq hosil bo‘ladi, ularning konsistensiyasi esa mayingina sersuv bo‘ladi.
Bo‘langan
yarimfabrikatlar porsiyasining og‘irligi 125 g bo‘lib, buning 100 g go‘sht, 4 g
tuxum massa va11 g suxari uni bo‘ladi.
Mol go‘shtli bo‘langan
yarimfabrikatlar romshteks, kertikli bifshteks, suxariga o‘xshash miya ko‘rinishida
chiqariladi.
Urib yumshatilgan
kotlet tovuq go‘shtidan qilinadi, porsiyaning og‘irligi-100 g, uning 90 g ;go‘sht,
4 g tuxum massa va 6 g suxari unidan iborat.
Qiyma
yarimfabrikatlar kotletbop qiymadan, yog‘dan, oliy va 1-nav bug‘doy unidan
qilingan nondan, bularga maza kiritish uchun tuz, qalampir, piyoz qo‘shib
qilinadi. Bu yarimfabrikatlarni bulab olish uchun suxari uni ishlatiladi.
Xonaki kotlet cho‘chqa
go‘shti qiymasi bilan mol go‘shti qiymasidan teng miqdorda (30,5% dan) qo‘shib
qilinadi, shakli dumaloq, og‘irligi 50 va 100 g bo‘ladi.
Go‘shtli
yarimfabrikatlarning boshqa turlari. Bularga zrazi, kneli, go‘sht qiyma va
muzlagan yarimfabrikatlar kiradi.
Zrazi mol go‘shti
qiymasidan ichiga to‘g‘ralgan tuxum, qovurilgan piyoz va suxari uni solingan do‘lma
qilib tayyorlanadi. Shakli oval, sal yassilangan, bitta donasining og‘irligi
100 g bo‘ladi. Go‘sht qiyma muzlagan va sovitilgan I va II kategoriyali mol go‘shtidan
hamda tarkibida 10% gacha muskullar orasidagi yog‘i bor cho‘chqa go‘shtidan
qilinadi.
Kneli mol go‘shtidan,
buzoq go‘shtidan, tovuq go‘shtidan qilinadi. Mayda qiymalangan go‘shtga
pishirib ezilgan guruch, sut, tuxum va tuz qo‘shiladi. Kneli og‘irligi 150 g
dan qilib qadoqlab chiqariladi.Kneli parhezbop ovqatga va bolalar ovqatiga
ishlatiladi. Muzlaganyarimfabrikatlar - bu chuchvara, frikedelki.
Chuchvara
oshirilmagan xamir va go‘sht qiymadan tayyorlanadi. Yarim doyra shaklida, bitta
donasining og‘irligi 12 g bo‘ladi.
Xonaki kotlet cho‘chqa
go‘shti qiymasi bilan mol go‘shti qiymasidan teng miqdorda (30,5% dan) qo‘shib
qilinadi, shakli dumaloq, og‘irligi 50 va 100 g bo‘ladi.
Go‘shtli yarim fabrikatlarning
sifat ko‘rsatkichlari. Yarimfabrikatlarning sifati ularning rangiga, hidiga,
shakliga, o‘ramining holiga (bo‘langanlarida-urvoq qoilami butunligiga) qarab tekshiriladi,
shuningdek yashiklar yoki paketlar ichiga solib qo‘yilgan yorlig‘ida ko‘rsatilgan
tayyorlab chiqarilgan sanasi va soati ham tekshiriladi.
Yarimfabrikatlarning shakli tegishlicha, sirti qizimagan, tabiiylarining sirti
yopishmaydigan, bulanganlari bilan qiymalarining sirtiga suxari uni bir tekis
qoplangan bo‘lishi kerak. Tabiiy porsiyali yarimfabrikatlar go‘sht bo‘lagi
muskul tolalarining ko‘ndalangiga tilingan rangi va hidi yaxshi sifatli go‘shtga
xos bo‘ladi. Muskul to‘qimasi tarang, paysiz va dag‘al bog‘lovchi to‘qimalarsiz,
muskullarni bir-biriga bog‘lovchi to‘qimalari olinmagan bo‘ladi. Cho‘chqa go‘shti
va qo‘y go‘shti yarimfab-rikatlarida qalinligi1 sm gacha yog‘ qatlami bo‘lishi
mumkin.
Go‘shtli
yarimfabrikatlarni joylashtirish, tamg‘alash va saqlash. Tabiiy, bulangan va
qiyma yarimfabrikatlarni qo‘yma patnislarga joylab, temir va yog‘och
yashiklarga joylashtiriladi, Yashiklar toza, hajmi ko‘pi bilan 20 kg va ko‘pi
bilan uchta qo‘yma patnisli bo‘lishi kerak.Tabiiy, bulangan va qiyma
yarimfabrikatlarni hech nimaga o‘ramay, mayda bo‘laklilarini esa sellofanga
yoki yorliq yopishtirilgan boshqa bir shaffof plyonkaga o‘rab, qo‘yma patnisga
bir qator qilib teriladi.Har qaysi o‘rov birligi ichiga tayyorlagan korxona va
yarimfabrikat nomi, uning sof og‘irligi, necha dona ekani, bahosi, tayyorlagan
sana va soati, saqlanish muddati, o‘rovchining familiyasi va nomeri, standart
belgisi ko‘rsatilgan yorliq solib qo‘yiladi. Muzlagan yarimfabrikatlarni og‘irligini
350 yoki 500 g dan qilib karton qutichalarga qadoqlab, bularni pishiq qog‘ozga
yoki karton yashikka joylashtiriladi.
Magazinda
yarimfabrikatlar harorat 0-6°C bo‘lgan toza sovuq xonalarda tayyorlangan
paytidan hisoblab sotilgunga qadar quyidagicha muddatlarda saqlanadi (soat
hisobida): to‘g‘ralgan yarimfabrikatlar va go‘sht kombinatida tayyorlab
yuborilgan go‘sht qiyma - 12, tabiiy mayda jazlilar-18, bulanganlari-24, porsiyali
tabiiylari-36.
Muzlagan
yarimfabrikatlar (magazinga kelgan paytidan boshlab) 5°Cdan ortmaydigan
haroratda 24 soat; 0°Cdan past haroratda esa 72 soat saqlanadi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Go‘shtni so‘yilgan
mol turiga, jinsi, yoshi, semizlik darajasiga va go‘shtning termik holatiga
qarab klassifikasiyasi.
2. Mayda bo‘lakli
yarim tayyor mahsulotlar.
3. Go‘shtli
yarimfabrikatlarning boshqa turlari.
4. Go‘shtli
yarimfabrikatlarni joylashtirish.
Комментариев нет:
Отправить комментарий