3.2. YARIMTA NIMTA MOL GO‘SHTINI
BUZISH VA SUYAKDAN AJRATISH
Suyaklarni
ajratish - bu go‘shtni suyaklardan shilib olishdir. Bu jarayon diqqat bilan
bajariladi. Suyaklarda go‘sht qolmasligi, ajratib olingan go‘sht bo‘laklarida
chuqur kesilgan joylar bo‘lmasligi kerak. Pichoq go‘shtga 10 millimetrdan ortiq
botirilmasligi kerak.
Go‘shtlarni
pay-paychoqlaridan tozalashda lahm go‘sht ustidagi paylar, kemirchak suyaklar,
osilib turuvchi go‘sht bo‘laklari, go‘sht ustidagi pardalari qattiq bo‘lsa
shilib tashlanadi, ortiqcha yog‘lari ajratiladi. Agar chetlarida notekis
burdalari bo‘lsa kesiladi. To‘qimalar orasidagi birlashtiruvchi yupqa pardalar
va ustki pardalari tozalanmaydi. Go‘sht shaklini o‘zgartirmasligi uchun
(deformasiyalanmasligi uchun) uning pardalari tozalanadi. Tozalangan go‘shtdan
porsiyalarga taqsimlangan yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlash osonlashadi.
Qo‘lni suyaklardan
ajratish uchun stol ustiga tashqi tomoni bilan qo‘yilib, ko‘rak suyagi ustidagi
go‘shti tozalanib, elka suyagi va ko‘rak suyagini birlashtiruvchi payi kesilib
ko‘rak suyagi ajratiladi.
So‘ng elka suyagi
ustidagi go‘shti uzunasiga kesilib suyagidan tozalanadi, bilak suyagi bilan
birlashgan eridan paylari kesib, elka suyagi ajratib olinadi. Ajratilgan go‘sht
ikkiga - elka go‘shti va elka orti go‘shtiga ajratiladi. Bo‘yinni suyakdan
ajratish uchun bo‘yin umurtqa suyagi izi bo‘yicha ingichka pichoq yordamida
kesib go‘shtidan ajratiladi. Kalin taliq bo‘lagini suyaklardan ajratish uchun
umurtqa suyagi to‘rtib chiqqan eridan taqab umurtqa suyagi tomoniga qarab
chuqur kesiladi, so‘ng qovurg‘a suyagi usti bo‘ylab shu usulda suyaklari
ajratilib qalin taliq go‘shti ajratiladi. Qovurga bo‘lagini suyaklardan
ajratish uchun stol ustiga tashqi qismi bilan qo‘yilib har bir qovurg‘a suyagi
izi bo‘yicha suyakka taqalgan holda kesib qovurg‘a suyagi shilib olinib lahm
qovurg‘a go‘shti hosil qilinadi. To‘sh bo‘lagini suyaklardan ajratish uchun
stol ustiga qo‘yib ich tomonidan to‘sh kemirchak suyagi, so‘ng to‘sh suyagi o‘z
ichi bo‘yicha kesib ajratib olinadi.
Mol go‘shti oldi bo‘lagini
bo‘laklarga bo‘lib, suyaklarni ajratish natijasida bo‘yin bo‘lagi, qo‘lning
elka va elka orqa bo‘lagi, qadin taliq bo‘lagi, qovur-g‘aning qo‘l osti va
qovurg‘a bo‘laklari, to‘sh bo‘laklari go‘shtiga, shuningdek bo‘yin, umurtqa,
qovurg‘a, ko‘rak, elka, bilak, boldir suyaklariga ega bo‘linadi.
Mol go‘shtining
orqa qismini bo‘laklash. Agar mol go‘shti orqa qismi pushti mag‘zi bilan kelsa
umurtqa suyagiga taqab ingichka pichoq bilan kesib ajratiladi. Shundan so‘ng
bel umurtqasi oxirgi bo‘g‘ini va toz suyagi birlashgan eridan chopiladi,
peshnob go‘shti bo‘ylab kesilib bel bo‘lagi va son bo‘lagiga ajratiladi.
Bel bo‘lagini
suyaklardan ajratish uchun bel umurtqa suyagi o‘simtasi uchi bo‘ylab go‘shti
kesilib qovurg‘a, peshnob go‘shti ajratilgandan so‘ng, bel umurtqa suyagi izi bo‘yicha
suyagi go‘shtidan ajratiladi va natijada kichik taliq go‘shtiga ega bo‘linadi.
Belni suyakdan ajratilgandan so‘ng kichik taliq, qovurg‘a, peshnob bo‘lak go‘shtlari
hosil bo‘ladi.
Son bo‘lagini
suyakdan ajratshida dum o‘simta suyagi ajratilgach bo‘ksa suyagi bo‘ylab go‘shti
kesilib suyakdan ajratiladi. Sonning ichki qismi izi bo‘yicha ajratiladi. Son
ilik suyagi bo‘yicha sonning tashqi qismi ajratiladi. Son suyagiga birlashgan
sonning yuqori va yon qismlari qoladi. Ular ham suyakka taqab tozalab
olingandan so‘ng tizza to‘pissuyagiajratilib, boldir suyagi paylari kesilsa,
boldir suyagi go‘shti bilan qoladi. Bu suyak o‘z go‘shtidan ajratiladi. Bo‘laklarga
ajratilgan go‘shtdagi mayda osilib qolgan va ingichkalashgan go‘sht bo‘laklari,
paylari, ortiqcha yog‘lari, bezlari kesib olinadi.
Mol go‘shti orqa
qismini bo‘laklab suyaklardan ajratish natijasida pushtimag‘iz, yupqa taliq
qismi, qovurg‘a, peshnob, sonning yuqori, yon, tashqi va ichki qismlari, boldir
go‘shtlari bel-umurtqa, dum o‘simta, tos, son, ilik, tizza suyaklari hosil bo‘ladi.
Go‘shtga ishlov berish natijasida I kategoriyadagi molda umumiy vaznga nisbatan
26,5% gacha, II kategoriyadagi molda 29,5% gacha yo‘qotish bo‘ladi.
Go‘shtlarni navlarga
ajratish va pazandalikda ishlatish. Go‘shtlarni pay pardalari, osilgan ingichka
bo‘laklaridan tozalangandan so‘ng, ular tarkibidagi birlashtiruvchi to‘qimalarga
qarab pazandalikda ishlatish uchun navlarga ajratiladi. Bunda go‘sht to‘qimalarini
issiqlik ta’sirida yumshoq holga kelishi hisobga olinadi. Birlashtiruvchi to‘qimalari
ko‘proq bo‘lgan go‘sht dimlab yoki qaynatib pishirishga, to‘qimalari kam bo‘lganlari
esa qovurishga ishlatiladi.
Pushti mag‘iz juda mayin to‘qimali
go‘sht bo‘lib, uni butun yoki porsiyalarga bo‘lib yoki mayda bo‘laklab kesib,
qovurish uchun ishlatiladi.
Katta va kichik taliq -
yirik bo‘lak holida, porsiyalangan bo‘lakka bo‘linib, sof yoki urvoqqa belanib
yoki mayda bo‘laklab kesilib qovurish uchun ishlatiladi.
Sonning yuqori va ichki
qismi - yirik porsiyaga bo‘linib dimlab pishiriladi, urvoqqa belanib va mayda bo‘laklarga
kesilib qovurib ishlatiladi. Sonning tashqi va yon qismi qaynatib pishirish,
yirik bo‘lak holida porsiyaga bo‘lib yoki mayda bo‘laklarga kesilib dimlash -
pishirish uchun ishlatiladi.
Qo‘l, qo‘l osti, to‘sh,
qovurg‘a go‘sht bo‘laklari mayda bo‘laklarga kesilib, dimlab va qaynatib
pishiriladi
Bo‘yin mayda chiqitqi go‘shtlari,
peshnob qovurg‘a tarkibida 80% ga yaqin birlashtiruvchi to‘qimalari bo‘lgani
sababli, ulardan qiymali taom yoki qiymali yarim tayyor mahsulot tayyorlashda
ishlatiladi.
Bo‘laklarga bo‘linib,
suyaklaridan, paypardalaridan tozalanib tayyorlangan go‘sht bo‘laklari
pazandalikdaishlatilishigaqarabnavlargaajratiladi.
Son go‘shti -
butunligicha qovurish, porsiyalanibyoki maydakesilib qovurish uchun ishlatiladi.
Porsiyalanib, urvoqqa belanib qovurilgan
holda xam ishlatiladi.
Biqin-butunligicha
qovurish uchun porsiyalanib, urvoqqa belanib yoki mayda kesilib qovurish uchun
ishlatiladi.
Qo‘l - rulet shaklida o‘rab
qovurish uchun, qaynatib pishirish uchun, porsiyalanib yoki mayda kesib dimlash
uchun ishlatiladi.
To‘sh-butun holda qiyma
tiqib qovurish uchun, qaynatib pishirish uchun, mayda kesib dimlash uchun
ishlatiladi.
Bo‘yin- qiyma tayyorlash
va qiymali mahsulot tayyorlashga ishlatiladi.
Har xil mollarning go‘shti
sifatini aniqlash uchun organoleptik va laboratoriya tekshirish metodlaridan
foydalaniladi. Go‘shtning va qismlarining tashqi ko‘rinishi, go‘sht va yog‘ining
rangi, ilik va paylarning konsistensiyasi, bulonning hidi va sifati hamda
boshqa ko‘rsatkichlar organoleptik metodda aniqlanadi.
Yangiligida sovitilgan go‘shtning
yuzasida ochpushtidan och qizilgacha rangli quruq po‘stlog‘i bo‘lishi kerak. Muskullarining
kesilgan joyi sal namrok, zich, tarang bo‘ladi, barmoq bosganda paydo bo‘ladigan botiqlik tezda tekislanib
qoladi. Hidi yangi go‘shtning har qaysi turining o‘ziga xos.
Mol yog‘ining rangi -
ochsarg‘ish yoki sariq, konsistensiyasi - qattiq, cho‘chqa yog‘ining rangi - oq
yoki ochpushti, konsistensiyasi - yumshoq Elastik,kuy yog‘ining rangi -
oq, konsistensiyasi - zich bo‘ladi. Yog‘ida eskirganlik yoki taxir xid bo‘lmasligi
kerak. Yangi go‘shtning paylari tarang, bug‘inlar yuzasi silliq, yaltirok, go‘shtning
seli tiniq bo‘ladi.
Yangiligida sovitilgan go‘shtdan qilingan bulon tiniq, xushbo‘y bo‘ladi.
Yangiligida muzlagan go‘shtning
chopilgan joyi yuzasi pushtirok. rangli, lekin sovitilgan go‘shtga nisbatan
ravshanroq bo‘ladi. Konsistensiyasi qattiq, taqillatganda anik, tovush chiqadi.
Muzlagan go‘shtning hidi bo‘lmaydi, lekin muzi eriganda xuddi shu tur go‘shtga
xos hid paydo bo‘ladi. Muzi tushgan go‘shtdan pishi
rilgan bulon kul rang qizil ko‘pik hosil qiladigan quyqali bo‘ladi.
Sovitilgan go‘shtni yaxshi shamollatiladigan maxsus xonalarda yoki xolodilnik
xonalarda saqlanadi. Butun tanalar, nimtalar va chorak qismlar albatta
oqartirilgan ilgaklarga osib qo‘yiladi. Sovitilgan go‘sht harorat 0°Cdan 2°Cgacha
bo‘lgan va nisbiy namligi 85% dan ortmagan havoda 3 sutkagacha, bundan pastroq haroratli kameralarda
esa 16 kungacha saqlanadi.


Sovitilgan go‘shtni saqlash muddati osonlangan
kameralarda oddiy sharoitda saqlangandagidan ko‘ra 3-5 sutka ortiq bo‘ladi.
Semizligi I va 11
kategoriyali mol go‘shti, buzok. go‘shti, kuy go‘shti, semizligi I va II
kategoriyali va laxim cho‘chqa go‘shti va bekon qadoqlab ham chiqariladi.
Go‘sht sanoati
korxonalari go‘shtni sof og‘irligi 250, 500 va 1000 g li porsiyalar qilib
qadoqlaydi. Qadoqlangan go‘sht porsiyasida umumiy og‘irligi porsiya massasining
20% dan oshmaydigan qilib, usha nav va usha semizlik kategoriyali go‘shtdan
ikkitadan ortiq qo‘shimcha parcha bo‘lishi mumkin emas. Alohida porsiya
massasida ±1% ortiqyoki kamlik bo‘lishi mumkin.
Qadoqlangan go‘shtning
har qaysi porsiyasi polietilen yoki sellyuloza plyonkaga uraladi. Urovining ung
tomonida tayyorlagan korxona nomini, go‘sht turi, uning semizlik kategoriyasi
va navi, sof og‘irligi,
porsiyaning bahosi, nomeri ko‘rsatilgan belgi qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Qadoqlangan go‘sht va
submahsulot yog‘och, temir yoki polimer yashiklarga sof og‘irligi ko‘pi bilan
20kg dan qilib joylashtiriladi. Yashikning tores tomoniga tegishli belgilar
yozib qo‘yiladi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий