2.3. BALIQLARNING AYRIM
TURLARIGA ISHLOV BERISHNING O‘ZIGA XOS TOMONLARI.


Navagani
muzlatilgan holda ishlovdan o‘tkazish mumkin. Bu baliqning o‘t pufagi qorin terisiga
yaqin joylashganligi sababli ishlovda ehtiyotlik talab qilinadi, qorin terisi
kesilib o‘t pufagi zararlansa go‘shtining mazasi taxir bo‘lib qoladi. Shuning
uchun mayda navaga tangachalaridan tozalanib ostki jag‘idan kesilib, hosil bo‘lgan
teshikdan ichaklari olib tashlanadi. Bunda faqat baliqning uvildirig‘i va ich
yog‘i qoldiriladi. Keyin esa suzg‘ich qanotlari ajratiladi, yuvib, suvi
silqitiladi.
Yirik
baliqlarning boshi kesilib, hosil bo‘lgan teshikdan ichak-chavoqlari bilan
birga uvildirig‘i va ich yog‘lari olib tozalanadi. Suzg‘ich qanotlari ajratilib
terisi shilib olinadi, yuvib, suvi silqitiladi va porsiyalarga taqsimlanadi.
Treska. Boshsiz,
ichak-chavoqsiz kelgan treska yoki piksha tangachalaridan tozalanib, suzg‘ich
qanotlari ajratiladi, qorin ichki terisidagi qora yupqa teri shilinib,
yuviladi, suvi silqitilib, porsiyalarga taq-simlanadi.
Salaka, kilka,
xamsa. Bu baliqlar saralanib katta-kichiklarga ajratiladi, yuvib, boshi,
ichak-chavog‘i ajratilib, dumi va ba’zida umurtqa suyaklari ajratib, yana
yuviladi.
Cho‘rtanbaliq.
Tangachalari tozalanadi, boshi kesiladi, ichak-chavog‘i, suzgich qanotlari
ajratiladi, yuvib,, suvi silqitilib, porsiyalarga taqsimlanadi. Kotlet
massasiga ishlatish yoki butun holda qiima tiqib ish-latish uchun terisi «paypoq
echish» usulida shilinadi.
Qilichbaliq. Bu
baliq asosan boshsiz, tangasiz ichak-chavoqlari ajratilib butun yoki bo‘laklarga
bo‘linib muzlatilgan holda keltiriladi. Suvda yoki havoda muzdan tushirilib,
umurtqa suyagi bo‘ylab yupqa qora parda-olib tashlanadi. Suzg‘ich qanotlari
ajratiladi. Agar porsiyalarga bo‘lish kerak bo‘lsa, to‘g‘ri burchak ostida
kesib suyakli terili filega ajratiladi. Baliq boshi, ichak-chavoqlari
chiqitqisi 25% ni tashkil qiladi.
Kumush rangli
xek. Bu baliqning qorin ichidagi qora yupqa pardasi, olib tashlanadi, mayda
tangachalari tozalanadi, dag‘al terisi shilib olinadi, boshi kesiladi.
Yiriklari dumaloq holda kesilib, maydalari butun holda ishlatiladi.
Dengiz tili. Bu
baliq tashqi ko‘rinishidan qalqonni eslatadi. Dum tomonidan terisi kesilib
boshiga qarab tortib shilib olinadi. Ichak-chavoqlarini ajratishdan avval bo‘ynidan
kesib boshi ajratilib, so‘ng qorin terisi bilan birga shilib olinadi.
Osyotr baliqlari o‘z
tuzilishi va tashqi ko‘rinishi bilan boshqa baliqlardan farqlanadi. Ularda
suyak skeletlari bo‘lmaydi, ustida tangachalar o‘rnida bir necha qator
qalqoncha ko‘rinishida tikanaklari bo‘-ladi. Umumiy ovqatlanish korxonalariga
bu baliqlar ko‘pincha muzlatilgan holda keltiriladi. Osyotr baliqlari sexlarda
javon yoki stol ustiga qorni yuqoriga qilib bir qator terilgan, holda ochiq
havoda muzidan tushiriladi. Bunda baliq tarkibidagi suyuqlik bir xil o‘z to‘qimalariga
qayta joylashadi. Ba’zida dum suzg‘ich qanotlari baliqning vizigasi kemirchak
suyaklari ajratib olingunga qadar kesib olinmaydi. Viziga baliq kemirchak
suyaklari ichida oq arqonga o‘xshash dag‘al umurtqasi hisoblanadi. Vizigani
ajratish uchun dum suzg‘ich qanoti terisi bilan birlashgan eridan yuzaki
kesilib, bir, ikki burab dumi asta-sekin tortilishi kerak. Agar baliq dumi
chopib tashlangan bo‘lsa pazandalik ignasi yordamida viziga uchi bir oz
tortilib, so‘ng qo‘lda tortib ajratib olish mumkin. Ba’zida baliq vizigasi uni
uzunasiga ikkiga bo‘lgan holda ham ajratib olinadi.
Sanoatda
ishlovdan o‘tish jarayonida baliq ichak-chavoqlarini tozalash bilan birga vizigasi
ajratilgan holatlarini ham uchratish mumkin. Baliqning ichi tozalanadi,
umurtqasi bo‘yla'6 ikkiga bo‘linadi- Buni baliqni zvenolarga ajratish
deyiladi. Yirik baliq, ayniqsa beluga balig‘ini zvenolarga ajratishda, ularning
vazn og‘irligi 4-5 kg, uzunligi 60 santimetrcha qilib kesiladi. Osyotr oilasiga
mansub baliqlarni suyakli qalqonchalaridan oson tozalash uchun maxsus qozon
yoki vannadagi qaynoq oz suvga 3 daqiqa botirilib yuzaki pishirib olinadi. Bunda
baliqning terisi va tikanagigina suvga to‘la botirilishi kerak. Shundan so‘ng
baliq taxtakachga terisini yuqoriga qaratib qo‘yilib shu zahoti pichoq yordamida
yon, qorin va mayda qalqonchalari tozalanadi. Tozalangan baliq sovuq suvda
yuviladi. Bunda baliq ustida qotib qolgan baliq oqsillari ham yuvib
tash-lanadi. Issiq suvda yuzaki pishirish natijasida osyotr turkumidagibaliq
vazni 5-10% kamayadi. Bu usulda tayyorlangan baliq butunligicha suvda pishirib
ishlatiladi. Qorin qismi baliq pishganda o‘z shaklini saqlashi uchun ip bilan
bir oz tortib bog‘lanadi va baliq pishiriladigan qozon reshyotkasiga qo‘yiladi.
Baliq pishiradigan qozonlar maxsus qisqichli uskunalar bilan jihozlangan bo‘lsa
yuqoridagi jarayon yana ham oson bo‘ladi.
Qovurishga, suvda
pishirishga mo‘ljallangan baliqlar ishlovdan o‘tish jarayonida, zvenolarga bo‘lgandan
so‘ng, kemirchak suyaklari kesib ajratiladi, ichi tozalanib tangachalari
qiriladi. Bunday ishlov berishda chiqqan chiqitqi miqdori 33-36% ni tashkil
etadi.
Ishlovdan o‘tgan
osyotr, beluga, sevryuga terisi yokk terisiz sof file holida porsiyalarga bo‘linib
suvda pishirish, qovurish va yopib pishirish uchun ishlatiladi.
Baliqlarga
pazandalik ishlovi berishda yarim tayyor mahsulotdan tashqari ma’lum miqdorda
chiqitqilar ham olinadi. Chiqitqi deb mexanik, pazandalik ishlov jarayonida
hosil bo‘ladig‘an ozuqali yoki texnik qoldiqlarga aytiladi.
Ozuqali koldiqlar
ishlovdan o‘tkazilib taom tayyorlashda ishlatilishi mumkin bo‘lgan
mahsulotlar. Ularga baliq boshi, suyaklari, terisi, suzg‘ich qanotlari,
uvildirig‘i (ikrasi), ich yog‘i, tangachalari, vizigasi, kemirchak suyagi, yog‘i
kiradi. Baliqning umumiy chiqitkisi uning katta-kichikligiga, turiga, ishlov
berish usuliga uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Baliqlar katta-kichikligiga qarab ishlov berish.
2. Yelimbaliq,
ilonbaliq.
3. Sudakka
ishlovberish.
4. Baliqlarga
pazandalik ishlovi berish.
Комментариев нет:
Отправить комментарий