1.5. SABZAVOTLARNI QIYMA BILAN TULDIRISHGA TAYYORLASH. SABZAVOTLAR SIFATIGA
QO‘YILADIGAN TALABLAR. SAQLASH MUDDATLARI
Qovoqcha butun (maydalari)
yoki portsiyalangan holda qiyma tiqishga tayyorlanishi mumkin. Birlamchi
ishlovdan o‘tgan qovoqcha ko‘ndalangiga 4-5 sm balandlikda silindr shaklida kesilib,
urug‘i tozalanib, 3-5 daqiqa davomida qaynoq tuzli suvda yuzaki pishiriladi,
hosil bo‘lgan chuqurlikka qiyma tuldiriladi.
Bolgar qalampiri yuvilib,
band tomonidan uyiladi, bandi, urug‘i tozalanadi, yana bir bor yuvilib, qaynab
turgan tuzli suvga 1-2 daqiqa botirib olinib, sovitilib qiyma tiqiladi.
Pomidorga qiyma tiqish uchun
uning o‘rtacha kattalikda, ezilmay pishgani olinadi. Yuvib tozalangach band
tomonidan dumaloq kesiladi, ichidan urug‘i, ma'lum darajada go’sht qismi uyib
olinadi, sharbati tukilib, bir oz tuz, murch syepilib so‘ng qiyma tiqiladi.
Sabzavot mahsulotlari
sifatiga kuyiladigan talablar, saklanish muddatlari.
Tozalangan sabzavotlar va
yarim tayyor mahsulotlar tula issiq ishlov berilishi lozim, chunki ular kun
jarayonida uz sifatini ma'lum darajada uzgartiradi. Po‘stlog‘i artilgan kartoshka
ochiq havoda saqlansa u asta-syekin qorayadi, chunki uning tarkibidagi amilota
tirozin, polifenilo‘qsidaz fermenti ta'sirida havodagi kislorod bilan o‘qsidlanib
qora rangga aylanib melanin hosil qiladi. Kartoshkani qoraytirmasdan saqlash
uchun uni sovuq suvda 2-3 soat davomida tutib turish mumkin, agar bundan ko‘proq
vaqt davomida saqlansa kartoshka tarkibidagi uglevodlar, S darmondori, mineral mahsulotlar
suvga chiqib ketadi. Kartoshkani qorayishiga olib keluvchi ferment issiqlik
tasirida parchalanadi, shu sababli pishirilgan kartoshka qoraymaydi.
Tozalangan ildizmevalar
yashik yoki savatlarda harorat 0 dan 4°C gacha bo‘lgan joyda 12 soat davomida saqlanadi.
Sabzavot rangi qorayib qolmasligi uchun yuziga hullangan mato yopib qo‘yiladi.
Petrushka, salat, ukrop ko‘katlari
5-10 santimetr yashikda joylashtirilib, hul mato bilan yopib qo‘yiladi va harorati
2-12°C bo‘lgan joyda 3 soat davomida saqlanishi mumkin.
Ishlovdan o‘tgan sabzavot
sifati texnik sharoittalabiga javob beradigan bo‘lishi kerak. Sabzi, qizilcha
toza, butun, bir xil rangda, barg pucho‘q, qoldiqlarisiz, chirigan,
qorayganlari tozalangan yuzi syelgigan, lekin quruq bo‘lishi kerak. Piyoz toza,
sulimagan, butun, naviga qarab o‘ziga xos rangli, qora, chiriganlari bo‘lmasligi
kerak.
Mustahkamlash
uchun savollar
1. Sabzavotlarni qiyma bilan
tuldirishga tayyorlash.
2.
Sabzavotlar sifatiga qanday talb qo‘yiladi?
Комментариев нет:
Отправить комментарий