1.4. MEVALI SABZAVOTLARGA
ISHLOV BERISH
Sabzavot, meva va
poliz mahsulotlarini har xal usulda uzoq muddat saqlash mumkin. Inson
mahsulotlarni uzoq saqlash haqida ilgari o‘ylab kelgan. Sabzavot va mevalar
inson organizmi rivojlanishi, o‘sishda, muskullarini baquvvat bo‘lishida katta
ahamiyatga ega. Bu mahsulotlarda organizm uchun zarur vitaminlar, meniral
moddalar, oqsil, tuz, qand moddalari bo‘ladi. Suvli muhitda mikroorganizmlar
oziqlanib tez ko‘payib ketadi, natijada mahsulotlar tez buziladi. Shuning uchun
ularni ko‘p vaqt saqlashning turli yo‘llarini o‘ylab ko‘rganlar. Bular
quritish, tuzlash, achitish, marinovkalash, kompot qilish va boshqalardir. Mahsulotlarni
o‘rab havo kirmaydigan idishlarga joylab saqlashni XIX asr boshlarida soldatlar
uchun Napaleon 1 davrida qo‘llangan. 1812- yil rus biologi V.N. Karazin
mahsulotlarni saqlash ustida olib borgan amaliy ishlari natijasida
sabzavotlarni banka idishlarga solib og‘zini mahkamlab havo kirmaydigan qilib
yopgan. Uning ichidagi tuzlangan mahsulotda hech qanday mikroorganizmi
rivojlana olmagan, natijada maxsulot bir qancha muddat o‘z holicha, buzilmay
shaklini yo‘qotmay turgan.
Quritish: sabzavotlarni,
poliz va bog‘dorchilik mevalarini ba’zilarini quritib saqlash mumkin. Mevalar
quritilganda ularning suv moddasi kamayib, konsentarsiyalanadi, natijada
mikroorganizmlar rivojlana olmaydi va mog‘orlamaydi. Pomidor, qovunqoqi, mag‘iz,
turshak va shunga o‘xshash qotor meva mahsulotlari quritiladi.
Ko‘mib, yerto‘lada saqlash:
sabzavotlardan kartoshka, sabzi, turp, lavlagi, sholg‘om kabi mahsulotlar yerto‘lada
saqlanadi.
Osib qo‘yib saqlash:
poliz ekinlaridan qovun, tarvuz, qovoq, mevalardan uzum, anor, nok, behi, piyoz
ham osib, yoyib saqlanadi.
Qaynatib saqlash: ko‘proq
sabzavotlar va bog‘dorchilik mevalari shunday qilinadi.
Koservalashning turlari:
tuzlash, marinovkalash, kompot tayyorlash, murobbo pishirish.
Mustahkamlash uchun savollar
1.Mevali sabzavotlarga qanday ishlov beriladi?
2.Ko‘mib yert’lada
saqlash deganda nima tushunasiz?
Комментариев нет:
Отправить комментарий