14.4.QATLAMA HAMIR TAYYORLASH
TEXNOLOGIYASI
Qatlamali hamir
bir necha qavatlardan iborat bo‘lib, ko‘pgina shirali va shirasiz pishiriqlarda
ishlatiladi (26-rasm). Hamirni tayyorlash jarayonida uni bir necha marta
buklab, tarkibidagi yog‘i erib qavatlarni qo‘shilib ketishini oldini olish
uchun sovutgichda bir necha bor muzlatib olinadi. Tayyorlanishi oddiy bo‘lsa
ham biroz vaqt talab qiladi. Shunga qaramasdan bu hamir pishiriqlarga juda
engil va o‘zgacha ta’m beradi.


Pishirishdan
avval maxrulotlar xolodilnikda sovitiladi (lekin muzlatilmaydi).
Tayyor
mahsulotlar namlangan gaz patnisiga terib chiqiladi (yog‘ surtish mumkin emas).
Tuxum
maxrulotlarning sirtigagina surtiladi, chetlariga oqib tushgan tuxum suyuqligi
mahsulotningkutarilishiniqiyinlashtiradi.
Sovitilgan
mahsulotlar qizib turgan duxovkada (harorat 2505S dan past bo‘lmasligi kerak)
pishirilishi lozim.
Agar qatlama
xamirdan tayyorlanadiganmahsulot ichiga pishgandan keyin biron narsa
solinadigan bo‘lsa, kichik piroglar duxovkadan 10-15 minutdan so‘ng, katta
piroglar esa 15-20 minutdan so‘ng olinib, ichiga go‘sht, murabbo, olma, krem va
boshqalar solinadi.
Qatlama xamir
tayyorlash. Un miqdorini ikkiga bo‘lib, bir qismiga sariyog‘ aralashtiriladi va
2 om qalinlikda to‘rtburchak qilib, bir oz vak,t sovuq joyga olib qo‘yiladi.
Qolgan qismiga 7 g stakan suv, ozgina tuz va limon sharbati solib xamir
qoriladi. Xamir ustiga sochiq yopib, 30 minut tindiriladi, so‘ng yana
juvalanadi. Juvalangan xamir jildi yog‘li xamir jildidan ikki baravar katta bo‘lishi
lozim. yog‘li xamirni ikkinchi xamir ustiga quyib, cheti konvert kabi
berkitiladi va eni 20 sm, qalinligi 1 sm qilib jo‘valanadi, so‘ng to‘rt buklab,
yarim soat davomida xolodilnikda saqlanadi. Sovigan xamirni yana bir bor
juvalab, qayta sovuq joyga qo‘yiladi. Bu jarayon 3 marta takrorlangach, turli
mahsulotlar pishirishga kirishiladi. Tez tayyorlanadigan qatlama xamir. Yaxshi
sovitilgan margarin yoki capiyog‘i qirg‘ichdan o‘tkazib un (2 stakan) bilan
yaxshilab 'qorishtiriladi. hosil bo‘lgan qorishma urniga quyuladi, ichiga 74
choyqoshiq tuz va 1 oshqoshiq sirka qo‘shilgan suv oz-ozdan qo‘yiladi. Barcha
masalliqni aralashtirib, xamir qoriladi. Qorilgan xamir xolodilnikda bir oz (1
soat) sovitilgan, pishirishga kirishiladi.
Kerakli masalliqlar:
700 gr un, 1 st
suv, 0.5 choy qoshiq tuz, 1 chimdim limon kislotasi, 300 gr sariyog‘ (yoki
margarin)
Tayyorlanishi:
1.Sovutgichdan endigina olingan sariyog‘ 5-6 osh qoshiq un bilan
qorishtiriladi.
Qo‘shimcha: Bu jarayonni blenderda qilsa
ham bo‘ladi.
2.Unga qorishtirilgan sariyog‘ni kichik shar shakliga keltirib olib
pishiriq qog‘ozi yoki selofanga o‘rab muzlatgichga qo‘yiladi.
3.Un, suv va tuzni aralashirib hamir qoriladi.
4.Hamirni rasmdagidek to‘rt tarafini yoyib olib, o‘rtasiga
muzlatgichdan olingan sariyog‘ qo‘yiladi.
5.Keyin bir
tarafini so‘ngra ikkinchi uchunchi va to‘rtinchi taraflari yaxshilab yopiladi.
6.Hamir juvada ozroq ochib olinadi.
Muximu sariyog‘ni erishini oldini
olish uchun bundan keyingi qadamlarni tezlik bilan bajarish kerak bo‘ladi.
7.Yoyilgan
hamirni bir tarafi markazga qaratib buklanadi.
8.So‘ngra ikkinchi tarafi ham markazga olib kelinadi.
9.Hamir ikkiga buklab, selofanga o‘rab 1 soatga sovutgichga qo‘yiladi.
Ishingiz tezlashishini istasangiz hamirni muzxonaga ham qo‘yishingiz mumkin.
10.Sovutgichdan olingan hamirni yoyib 4 ga buklash jarayonini (10-13
qadamlar) yana 3 marta takrorlanadi. Har buklag‘andan keyin hamirni 1 soatga
sovutgichgaqo‘yiladi.
11.Hamirni oxirigi qavatlash bosqichida 4 ga emas 3 ga buklanadi.
Buning uchun sovutgichdan olingan hamirni rasmdagidek o‘zingizga qaratib olib
eniga biroz kengaytirib olasiz.
12. Keyin hamirni yoni bilan o‘zingizga qaratib olib bo‘yiga juvada
yoyib olinadi. O‘lchamlari taxminan 25sm X 50 sm.
13. Hamir ikki tarafi ustma ust yopib buklab olinadi.

Qo‘shimcha qilinadigan ish tayyor bo‘lgan
hamirni biroz sovutgichda ushlab keyin ishlatish yoki yaxshilab yopiladigan
idishga solib muzxonada kerak bo‘lgunga qadar saqlash mumkin.
Mustahkamlash
uchun savollar:
1.Qatlama hamir tayyorlash texnologiyasini aytib
bering.
2.Qatlama hamir tayyorlash jarayonini muhim
tomonlarini qanday?
3.Qatlama hamirdan qanday taomlar pishiriladi?
4. Tayyor bo‘lgan
hamir qanday saqlanadi?
Комментариев нет:
Отправить комментарий