14.3. OSHXAMIR VA UNI TAYYORLASH
TEXNOLOGIYASI
"Osh hamir"
hamirning eng oddiy turi bo‘lib, ko‘pgina dunyo oshxonalarida qadim zamonlardan
beri ishlatib kelinadi (24-rasm). Bu hamirdan o‘zbek oshxonasida manti, xonim, chuchvara
kabi suvda yoki parda pishadigan taomlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Yog‘da
qovuriladigan taomlarda juda yupqa qilib yoyib olinadi. Asosiy masalliqlari
elangan un, tuz va suvdan iborat bo‘lishiga qaramasdan hamirning sifatini
yaxshilash uchun ko‘p hollarda tuxum ham qo‘shiladi.
Kerakli
masalliqlar: 500 gr un, 250-300 ml suv, 1,5 choy qoshiq tuz.

Tayyorlanishi.
Unni elab olinadi.
Sovuq suvga tuz solib, yaxshilab aralshtirib eritib olinadi. Elangan unning
markazidan chuqurcha ochiladi. Tuzli suv solinadi. Suvni unga aralashtiriladi.
Hamir xoliga keltirish uchun qo‘lda yaxshilab qorishtiriladi. Hamirni ezib
qorishda davom etiladi. Hamir chiroyli chiqishi va oson yoyilishi uchun kamida
10 daqiqa davomida mushtlanadi. Ko‘proq mushtlangan hamirning sifati ham yaxshi
bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan hamirni ustiga selofan yopib, xona xaroratida kamida 30
daqiqa davomida tindiriladi (25-rasm).
Mustahkamlash
uchun savollar:
1.Oshhamir
tayyorlash texnologiyasini aytib bering.
2.Oshhamirdan
qanday o‘zbek taomlari tayyorlanadi?
3.Oshhamirdan
hamir osh taomlarini qanday tayyorlanadi?
Комментариев нет:
Отправить комментарий