14.2. BLINCHIKLAR UCHUN HAMIR TAYYORLASH VA PISHIRISH
TEXNOLOGIYASI
Blin va oladya
uchun hamirlar tayyorlashda ma’lum miqdordagi sut yoki suvda tuz, shakar va
suyuqlikda eritilgan hamirturush aralashtirilib elakdan o‘tkaziladi, 35-40°C haroratdagi
suyuqlikda aralashtiriladi. Elangan un, tuxum solingan idishga tayyorlangan
suyuqlik solinib bir xil aralashma hosil bo‘lguncha aralashtiriladi va hamir
tayyor bo‘lishidan avval eritilgan yog‘ solinadi. Qorilgan hamir issiq, joyga qo‘yib 3-4 soat
achitiladi. Bu vaqt ichida hamir bir necha marta aralashtirib havosi
chiqariladi. Tayyorlanayotgan mahsulot g‘ovakligini oshirish uchun hamirga
tuxum oqini yaxshilab ko‘pirtirib qo‘shish mumkin. Ba’zi hollarda blin hamirini
qorishda yarim bug‘doy, yarmi grechixa unidan foydalanish ham mumkin. Oladya
hamiri blinga nisbatan quyuqroq qorilishi bilan birga, unga eritilgan yog‘ qo‘shilmaydi.
Shu sababdan 1 kg undan oladya hamiri qorilsa 1 l suyuqlik ishlatiladi, blin
hamiri uchun esa 1,5 l suyuqlik ishlatiladi. Ba’zi hollarda blin hamiri uchun
grechixa» uni urnigamanna yormasi ham ishlatiladi.
Oshirilgan blin
hamiri diametri 15 sm bo‘lgan chuyan tovada asosiy usulda ikki yoqlama
qovuriladi. Qizib turgan tovaga yog‘ surtilib, ma’lum ulchovga ega bo‘lgan
qoshiq yordamida oladya uchun tayyorlangan hamirdan qalinligi 3 mm. qilib qo‘yiladi
va ikki yoqlama qizg‘ish qobiq hosil bo‘lguncha qovuriladi. Tayyor blin
ustma-ust issiq holda taqsimchaga yoki qopqoqli baranchikga qo‘yiladi.
Tarqatishda blin uchun alohida idishda eritilgan sariyog‘ yoki nordonroq qaymoq
uldurug idishida esa osetr yoki keta balig‘i uldurugi taqsimchada seld,
dudlangan osetr baliqlari beriladi. Maxsus blin tayyorlaydigan oshxonalarda
usti ochiq blin tovarlaridan foydalaniladi.
Un 72, tuxum 4,
shakar 3, oshxona margarini 3, tuz 1,5, hamirturush 3, hamir uchun suv 115,
qovurish uchun yog‘ 5. Sof og‘irligi 150.
Oladya. Osti qalin chuyan tova qizdirilib yog‘
solinadi, blinga nibatan qalinroq qilib doyra shaklida, tayyor hamirdan suvda ho‘llangan
qoshiq yordamida uzib olib qo‘yiladi va ikki yoqlama qizg‘ish qobik, hosil bo‘lguncha
qovuriladi. Tayyor hamirni yana qandolatchilik qopchig‘idan chiqarib ham quyish
mumkin. Oladyalarni ikki tomonida qobiq hosil qilib qovuriladi. Ba’zan
oladyalarni ko‘p yog‘da ham qovuriladi. Qovurilgan oladyalarning qalinligi 5-6
mm dan oshmasligi kerak. Tarqatishda porsiyasiga-3 donadan solinib ustidan
shakar yoki shakar uni yoki asal, murabbo, nordonroq qaymoq solib beriladi.
Blinchik - hamirdan
taysrlanadiran taom turi. 20 ta blinchik pishirish uchun 2 stakan bug‘doy uni, 3 stakan
suyuqlik (sut, suv yoki
sut bilan aralashtirilgan sup), 2 ta tuxum, 0,5 choyqoshik, shakar va tuz, 100
g dumba yoki 2 oshqoshiq sariyog‘ kerak bo‘ladi. Tuxum, tuz, shakar, sariyog‘ (yumshatilgan) qoshiq bilan yaxshilab
atalanadi, so‘ng
suyuqlik (suv, sut) qo‘shiladi va oz-ozdan
unga kumib, qumoklari yuqolguncha yama
atalanadi. Hosil bo‘lgan atalasimon hamir katta qoshiqda yog‘ surtilgan qizib turgan tovaga qo‘yiladi va pushti rang
bo‘lguncha qovuriladi. Agar blinchik ichiga biror narsa solinadigan bo‘lsa - bir
tomoni, xech narsa solinmasa - ikki tomoni (kanat-kanat pirog uchun) qovuriladi. Har bir blinchikni qovurishdan oldin tovaga yog‘ surtib turiladi.
Blinchikni ichiga go‘sht, guruch, tvorog, olma solib yoki hech narsa solmay pishirish mumkin. Xech narsa solmay
pishirilgan blinchikni qaymoq asal, varene, shakar bilan eyish juda mazali. Blinchiklar (20- 21-rasmlar). Kerakli masalliqlar(kishi uchun):
2ta tuxum, 2stakan
sut, 1stakan un (8-9 osh qoshiq), 1/4osh-qoshiq o‘simlik yog‘I, 0.5 choy qoshiq
ichimlik sodasi, tuz (0.5 choy qoshiq).
Tayyorlash:
Tuxum bilan
ichimlik sodasi tuzni yaxshilab aralashtirib, so‘ng sut solib yana
aralashtiramiz Unni avval 3osh qoshiq solib, aralshtirib, so‘ng yana 3osh
qoshiq solib yana aralashtiramiz. So‘ngra yana 3osh qoshiq unni solamiz (agar
2soatdan ko‘p vaqtda blinchiklarni qilmoqchi bo‘lsangiz, 2osh qoshiq
solganingiz maqul, chunki hamir vaqt o‘tishi bilan oshadi. Uzoq vaqtga usti
yopilgan holda sovutgichga qo‘yilishi lozim), keyin yog‘ni ham solib
aralashtiramiz. Avval tovani baland olovda qizitib olib, kerakli miqdorda (bir
cho‘mich) hamirdan quyamiz va hamirimiz tovaning hamma qismiga etib borishi
uchun tezda tovani har tomonga aylantiramiz.

Hamirning ostki
qismi qizargach, pishmagan tomonini pastga qilib ag‘daramiz. Pishgan
blinchiklarni olib(shu vaqt tova ostidagi olovni balandlatib qo‘yamiz), laganga
solib, ustini kattaroq kenglikdagi narsa bilan yopib qo‘yamiz). Suyuq
hamirimizdan olib, tova olovini psaytirib, hamirni tovaga solamiz va yuqoridagi
jarayonni yana takrorlaymiz. Har gal blinchik pishganda tovadan olayotib, tova
olovini balandlatamiz va har gal pishgan blinchiklar ustini tezda qopqoq bilan
yopib qo‘yamiz.

Kerakli masalliqlar(4 kishi uchun):
1stakan sut, 1ta tuxum, 1chimdim tuz, 1oshqoshiq shaker, 1stakan un,
1oshqoshiq o‘simlik yog‘i, yuzasiga shokolad siropi yoki shokoladli glazur (22-rasm).
Tayyorlash:
Avval tuxumni
aralashtirib, so‘ng sut, tuz, shakar, yog‘ni solib aralashtiriladi. So‘ng 0.5
stakan un solib aralashtirilali. Yana 0.5 stakan un solib aralashtiriladi. So‘ng
qaynab turgan suvdan 2 oshqoshiq solib (suyuqligi blinchikdagidek bo‘lguncha)
aralashtiriladi. Tovaga 1choyqoshiq o‘simlik yog‘i solib, hamma eriga yoyiladi
va masalliqdan yarim cho‘mich miqdorida olib quyib, tez tovani ko‘tarib,
masalliqni tovaning hamma yuziga yoyiladi.

Ikkala tomoni
qizartirib olinadi.
Blinchiklarni o‘rab,
o‘rtasidan kesib, ustidan shokolad siropi yoki asal quyib chiqiladi (23-rasm).
Mustahkamlash
uchun savollar:
1.Blinchiklar qanday tayyorlanadi?
2.Blinchiklar tarkibi qanday?
3.Shkoladli blinchik qanday tayyorlanadi?
4.Shkoladli
blinchikni dasturxonga tayyorlab qo‘yish.
Комментариев нет:
Отправить комментарий