Страницы

понедельник, 29 декабря 2014 г.

13.7. SHARBAT VA MURABBOLAR

13.7. SHARBAT VA MURABBOLAR
Meva hamda sabzavot sharbatida yangi uzib olingan meva va sabzavotlar tarkibida mavjud bo‘lgan barcha foydali oziq moddalari saralangan bo‘ladi, ular inson organizmida yengil hazm bo‘ladi. Oziq-ovqatlarda vitamin kam bo‘lgan qish va erta bahor fasllarida sabzavot sharbatlari ichish barcha yoshdagi kishilar uchun, ayniqsa yosh bolalar va kamquvvat kishilar uchun juda foydali. Sharbatlar yangi uzib olingan mevalarning tabiiy xususiyatlarini to‘la saqlaydi, qand qo‘shilganda esa ta'mi va to‘yimliligi yana ham ortadi. Eti bilan tayyorlangan meva sharbatlari, masalan, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, pomidor sharbatlari ayniqsa foydalidir. Bunday sharbatlarda boshqa foydali moddalardan tashqari, pektin va kletchatka moddalari saqlangan bo‘lib, ular ichak faoliyatini normallashtirish va organizmdagi xolesterin moddasining kamayishiga yordam qiladi.
Sanoatda ishlab chiqariladigan quyuqlashtirilgan va omixta sharbatlar xushta'm, quyuqlashtirilgan holatda olish uchun tabiiy sharbat (asosan olmaniki) maxsus apparatlarda uzoq qaynatib quyultiriladi. Tabiiy sharbatga nisbatan kontseptratsiyalangan sharbatlar tarkibida quruq moddalar miqdori 6 marta ko‘p bo‘ladi. Meva va sabzavot sharbatlarini magazinlardan sotib olish mumkin, shuningdek, uy sharoitida turli sharbat siqqichlardan foydalanib tayyorlash mumkin.
Uzum sharbati uzumning barcha shifobaxsh xususiyatlarini saqlaydi. U yengil hazm bo‘ladigan shakar (glyukoza va fruktoza), organik kislotalar (olma, vino va limon kislotalari) va mineral tuzlarga boy bo‘ladi. Uzum sharbatida asosan karotin (A provitamini), V va C vitaminlar mavjud. Uzum sharbati parxez mahsuloti sifatida tavsiya etilib, yuqori kaloriyaga egadir. Olma sharbati qand, pektin moddalari va mineral tuzlar (ayniqsa temir tuzi)ga boy ichimlik. O‘rik sharbati (eti bilan) tarkibida kaliy, temir tuzlari va ayniqsa karotin moddasi ko‘p bo‘ladi. Olxo‘ri sharbati eti bilan va shakar qo‘shib tayyorlanadi, pektin moddalari ko‘p bo‘lib, chanqovni bosadi, shuningdek me'da-ichak yo‘li faoliyatini normallashtirishga yaxshi ta'sir ko‘rsatadi. Apelsin va mandarin sharbatlari vitaminlar (ayniqsa C vitamini)ga boy ichimlik bo‘lib, singa kasalligiga qarshi ta'sir qilish xususiyatiga ega. Eti bilan tayyorlangan qora smorodina sharbatida ham S vitamini miqdori ko‘p. Qo‘lupnay va krijovnnk sharbatlarida esa birmuicha kam bo‘ladi. Pomidor sharbati tarkibiga o‘simlikdan tayyorlanadigan ovqatlarda uchraydigan barcha vitaminlar kiradi. Ammo bu sharbatda karotin, C vitamini, shuningdek mineral tuzlar, shakar va organik kislotalar ayniqsa ko‘p. Pomidor sharbati past kislotaliligi bilan xarakterlanadi, xushta'm, chanqovni bosadi.
Sabzi sharbati — karotin manbai, tarkibida inson organizmi uchun zarur bo‘lgai kaltsiy, fosfor va temir tuzlari bor. Kaloriyasi va organizmga singishi jihatidan boshqa sabzavot sharbatlaridan ustun turadi.
Olma-nok qo‘shilgan dolchinli murabbo. Mevalarni po‘sti va o‘zagidan tozalab, o‘rtacha kattalikdagi bo‘laklarga bo‘lamiz. Maydalangan mevalar kostryulga solinadi va suv hamda dolchin qo‘shib, 15 daqiqa o‘rtacha olovda qaynatiladi. Shakar qo‘shib aralashtiriladi va yana past olovda 10-15 daqiqa qaynatiladi. Sterillangan shisha idishlarga murabbo qo‘yilib, og‘zi qopqoq bilan mahkamlanadi.
Kerakli masalliqlar: 1 kg olma (shirin yoki nordon), 0,5 kg no‘q, ta'bka ko‘ra 700-800 g shakar, 1-2 yuchoy qoshiq maydalangan dolchin, 1-1,5 stakan suv.
Mustahkamlash uchun savollar.

1. Qanday sharbat turlarini bilasiz?
2. Sharbat qanday tayyorlanadi?
3. Sabzi sharbatining tarkibida qanday foydali moddalar bor?

Комментариев нет:

Отправить комментарий