13.4. SOVUQ TAOM GAZAKLARI
SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Buterbrodlar — mahsulotlari tekis
kesilib, non ustiga to‘g‘ri qo‘yilgan bo‘lishi, yuzida qurigan yoki shamol tekkan
joylari bo‘lmasligi, mahsulotlarga xos hid va mazaga ega bo‘lishi kerak.
Salatlar — tarkibidagi
mahsulotlar har bir mahsulotning uziga xos shaklda to‘g‘ralgan bo‘lishi, nami
qochmagan, sarg‘aygan, qoraygan, qurib qolgan, shamol tekkan joylari bo‘lmasligi
kerak. Hidi, mazasi, rangi tayyorlangan mahsulotlarning tabiiy holatiga mos bo‘lishi
kerak. Qizil o‘zakli karam salatida havorang izli ranglar bo‘lmasligi kerak.
Bodring yangi bo‘lishi, puchog‘i va urug‘lari bo‘lmasligi lozim.
Baliqli sovuq taom va gazaklar. Baliqning terisi suyagi tozalangan lahm
bo‘lishi kerak. Burchak ostida kesib portsiyalangan, chiroyli bezalgan, tashqi ko‘rinishi,
rangi uziga xos bo‘lishi lozim. Ilvira holda tayyorlangan baliqlar jelesi och
sariq rangda, tiniq, mazasi sezilarli baliq turinikiga o‘xshash. Ustiga sardak
quyib tayyorlangan va marinad bilan tayyorlangan baliq taomlari mazasida
ziravor sezilarli darajada bulmog‘i lozim. Baliqlarni tashqi ko‘rinishi
yaxlit, yumshoq pishgan, uvalanmaydigan bo‘lmog‘i lozim. Chopilgan syeld bir
xil yumshoq surkaluvchanlikdagi holatga ega bulmog‘i lozim.
Go‘shtli sovuq taomlar. Go‘sht va go‘sht mahsulotlari to‘qimasiga ko‘ndalang
holda yupqa kesilib tayyorlanadi. Rangi ishlov berilgan holatiga mos ko‘rinishda,
mazasi qovurilgan, dudlangan, pishirilgan holatdagiga mos egiluvchan, uziga xos
qattiqlikda, uvoqlanmaydigan, sabzavotlari yumshoq pishgan bo‘lishi kerak.
Rostbif kesimidagi rangi pushtiroq bo‘lishi mumkin.
Ilvira yaxshi qotgan bo‘lishi, rangi kul rang, ta'mi ilvira
tayyorlangan mahsulotlar tamiga xos, ziravor va sarimsoq piyoz hidiga ega bo‘lishi
kerak. Tarkibi quyuq, egiluvchan mahsulotlari yumshoq.
Pashtetlarning shakli uziga xos bo‘lib, rangi och jigar rangdan tuq
jigar ranggacha, mazasi va hidi mahsulotga xos, ziravor ta'miga ega. Yumshoq,
egiluvchan, uvalanmaydi.
Sovuq taom va gazaklar tez buziluvchan mahsulotlardan tayyorlanishi
sababli ularni tayyorlagan zahoti iste'molga tarqatish zarur. Ilvira ustiga
sardak Qo‘yilgan go‘sht 12 soat davomida, pashtet-'24 soat, qovurilgan go‘sht -
48 soat, qovurilgan baliq 12 soat, chopilgan syeld 24 soat davomida
tarqatilishi kerak. Sovuq taom va gazaklar tayyorlangandan so‘ng qayta issiq
ishlovga qo‘yilmasligini hisobga olib ular iste'molga tarqatilgunga qadar 6-8°C
haroratli joyda saqlanishi lozim. Yoz oylarida esa ilvira, pashtet kabi
taomlar zarur moslamalar bor joydagina va tibbiyot epidimiologiya markazi bilan
kelishgan holda tayyorlab tarqatishga ruxsat etiladi.
Takrorlash
uchun savollar.
1.Sovuq, taom va gazaklarni tayyorlash sifatiga qo‘yilgan talablar
qanday?
2.Buterbrod uchun qo‘yilgan talablarni sanab uting, ularning tavsifini
ayting?
3.Balik, sovuq, taomlari va gazaklari turlariga quyshlgan talablarni sanab
uting?
4.Sovuq taom va gazak tayyorlash uchun kanday dengiz mahsulotlari
ishlatilishi kerak?
5.Sovuq, taom va gazaklarni saqlanish muddatlarinn ayting?
Комментариев нет:
Отправить комментарий