10.3. QOVURDOQ, QOVURMA VA KABOB
HAMDA DIMLAMA
Qovurdoq asosan,
yangi so‘yilgan quy, echki, buzoq, mol yoki kiyik, tog‘ echqisi kabi
hayvonlarning go‘shtidan tayyorlanadi. Go‘sht lunda lunda (50-60 g li) qilib
suyagi bilan kesib chopiladi va yaxshilab tuzlangach, olib qo‘yiladi. To‘g‘ralgan
quy yog‘i qozonda eritiladi, jizzasi olingach, yaxshilab dog‘lanadi. Dog‘langan
yog‘ga tayyorlab qo‘yilgan go‘sht solinib, obdan qovuriladi. Yaxshi qovurilgan
go‘sht chovlida suzib olinib, xum, kuza yoki sirlangan kastryulkaga solinadi va
ustiga qozondagi yog‘ qo‘yilib (go‘shtning ustiga qo‘yiladigan yog‘ go‘sht
yuzasini 3- 4 sm qalinlikda yopib turishi shart), idish jipslab yopib qo‘yiladi.Shu
usulda tayyorlangan go‘sht yozniig issiq kunlarida ham bir necha oy aynimay
saqlanadi. Qovurdoq suyuq va kuyuq taomlarga ishlatilishi, shuningdsk salat,
sabzavotlar va non bilan yaxna ovqat sifatida ists’mol qilinishi mumkin.
Qovurdoqdan «xom sho‘rva» ham tayyorlash mumkin. Buning uchun kosaga mayda to‘g‘ralgan
piyoz va qovurdoq go‘shtidan solib ustiga qaynoq suv qo‘yiladi. Qovurdoq uchun
1 kg go‘shtga 500 g dumba yog‘i, 1 oshqoshiq tuz kerak bo‘ladi.
Qovurma go‘sht,
pomidor, sabzi, kartoshka va non solib pishiriladigan quyuq taom hisoblanib,
uni tayyorlash uchun go‘sht lunda lunda qilib to‘g‘paladi, suyaklari chopiladi,
piyoz xalka halqa, kartoshka, pomidor va sabzi esa parrak parrak qilib to‘g‘raladi.
Qozonda yog‘ dog‘lanib, piyoz va go‘sht solib qovuriladi. Go‘sht qizargach,
sabzi va pomidor (yoki tomatpasta), so‘ng kartoshka solib, yana qovuriladi.
Masalliq yarimpishgach yuzi bilan barobar suv qo‘yiladi va mildiratib
qaynatiladi. So‘ngra tuz va ziravorlar sepiladi. Taom pishishiga yaqin bo‘lakchalarga
bo‘lingan tandir nondan (suvi qochgan, qattiq bo‘lsa yana yaxshi) qo‘shib,
dimlab qo‘yiladi. Tayyor taom dasturxonga likopcha yoki laganda yuziga
chopilgan oshko‘klar sepib tortiladi. 4-6 kishiliq qovurma tayyorlash uchun 500
g go‘sht, 500 g kartoshka, 200 g eF, 2-3 bosh piyoz, 2-3 dona sabzi, 3-4 dona
pomidor (yoki 2-3 qoshiq tomatpasta), 300 g obinon, ta’bgako‘ratuzvaziravorlar
To‘g‘rama
qovurmalar qovurilgan go‘sht quy yoki mol go‘shtidan olib, bosh barmoqning
birinchi bug‘ini kattaligida to‘g‘raladi, yuziga mayin tuz sepiladi. Qozon yoki
tovada quy yog‘ini eritib jizzasini olgandan so‘ng oq tutun chiqguncha dog‘lab,
piyoz solib jazlanadi va go‘shtni tashlab, sirti qizarguncha aralashtirib
qovuriladi. Qovurilgan go‘shtga jizzani qo‘shib, birikkib aralashtirgach,
likopchalarga solib, yuziga qirqilgan kuk piyoz sepib dasturxonga qo‘yiladi.
Yonboshiga yangi pomidor, bodring, rediska, turp yoki bosh piyozdan garnir
qilib qo‘yiladi. Xoxishga qarab shu sabzavotlardan tayyorlangan salat berilsa
ham bo‘ladi.
Masalliq: 1 kg quy yoki mol go‘shti,
200 gr dumba yog‘, 23 bosh piyoz, totimiga yarasha tuz. Garnir uchun ko‘rsatilgan
sabzavotlarning bir xilidan yoki xar biridan assorti qilib, yoinki salat qilib
berish ixtiyoriy ado etiladi.
Jigar buyrak qovurmasi. Jizzasi olingan yog‘ dog‘lanadi,
bunga halka halqa qilib to‘g‘ralgan piyoz solib jazlagach, go‘sht qo‘shiladi.
Buyrakni ikkiga yorib sirtidan pardasi olib tashlanib, hidi ketguncha yuviladi
va mayda to‘g‘ralib, tuz sepiladi. Jigarni xuddi kabobga to‘g‘ragandek qilib
kesiladi va buyrak bilan birga qozonga solinib, bir ikki kavlab katta kubik (3
sm³) shaklida to‘g‘ralgan kartoshka solib aralashtirib, tuz va murch
sepiladida, bir oz suv qo‘shib, qozonni qopqog‘ini yopib olovini pasaytirib 10
minutcha kutilsa, pishadi. Dasturxonga tortishda laganga gumbaz qilib emas, bir
qavatgina qo‘yilib, yuziga qirqilgan kuk piyoz yoki halqalab to‘g‘ralgan bosh
piyoz solinadi.
Masalliq: 1 quyning jigari, 2 buyragi,
300 gr son go‘shti, 150 gr peshnob, 200 gr dumba yog‘i, 500 gr kartoshka, 34
bosh piyoz, tuz bilan murch va yuziga sepiladigan kuk piyoz ta’bga ko‘ra
olinadi.
Qovurma
tayyorlash jarayonini bajarishni mashq qilish.
Go‘shtni lunda
lunda qilib kesasiz, yog‘ni kubik (2 sm³) usulda, piyozni xalka xalka, sabzini
parrak parraq pomidorni tiliqlab to‘g‘rang. Jizzasi olingan yog‘ni oq tutuni
chiqk;uncha dog‘laganingizdan so‘ng piyozni solib, aralashtirasiz, xali rangi
uzgarmasdan turib go‘shtni solib kovurasiz. Seli chiqa boshlaganda pomidorni
soling va kavlab turing. Pomidorning seli batamom chiqkanida qozondagi
masalligni yuzi bilan barobar suv quyib, to go‘shti pishguncha mildiratib
kdynatasiz, tuzini rostlaysiz, kdlampir yoki murch sepasiz. Go‘shtni kanday
kesgan bo‘lsangiz, tandir nonini ham shunday kattalikda kesib qovurmaning
seliga botirasiz, selini non emib olganda laganga suzib, yuziga qirqilgan kuk
piyoz yoki kashnich (ukrop) sepib dasturxonga keltirasiz. Aslida bu taomni
qattiq nondan tayyorlagan ma’qul. Qattiq yoki suvi krchgan non bilan
tayyorlaganda suv bir oz ko‘proq qo‘yiladi va non batamom yumshaganda
dasturxonga tortiladi.
Masalliq: 500 gr go‘sht, 23 bosh
piyoz, 150 gr yog‘, 2 dona sabzi, 34 dona pomidor, sishda 2 out soshigida tomat
pastasi, 2 ta o‘rtacha kattalikdagi non (400 gr), tuz, Qalampir va oshko‘k
ta’bga qarab olinadi.
Kabob - go‘sht, jigar, buyraq dumba, charvi va
boshqa masalliqlardan kur (tandir, qozon, qura)da pishirib tayyorlanadigan
taom. Kaboblar masallig‘lari va pishirish usuliga ko‘ra six kabob, titrama
kabob, qozon kabob, tandir kabob, qiyma kabob, parranda kabob, pomidor kabob,
dumbul kabob, charvi kabob kabi turlarga bo‘linadi.
Burlama six kabob. Qo‘y yoki mol go‘shtining
lahm qismlari olinib, lunda lunda qilib to‘g‘raladi. Go‘shtga mayda to‘g‘ralgai
piyoz, murch, sirka, zira va kashnich ypyg‘i aralashtiriladi. Masalliq chinni
yoki sirlangan idishga solinib 4-5 soat salqin erga bostirib qo‘yiladi. Go‘sht
yaxshi sirkalangach, 5-6 bo‘lakdan sixga o‘tkaziladi, so‘ng qasqonning
lappaklari olib tashlanib, ostki lappagiga sixlar tikka qilib terib
chiqiladida, qopqog‘i zich berkitilgan holda 1 soat davomida bug‘lab
pishiriladi Bu kabob chug‘da pishirilgan kabobga nisbatan ancha lazzatli va tez
hazm bo‘ladi. Tayyor kabob dasturxonga sirka qo‘shilgap piyoz, qirilgan turp
yoki nordon anor va piyozdan tayyorlangan salat bilan beriladi.
Bunday kabob
uchun 1 kg go‘sht, 2 bosh piyoz, 1 choyqoshiqdan tuz, kalampir, kashnich urug‘i,
zira va 4-5 oshqoshiq uzum sirkasi kerak bo‘ladi.
Six kabob. Qo‘y go‘shtining laxm
qismlari va dumbadan olib, 10-12 gramm keladigai lunda lunda bo‘laklarga bo‘lib,
mayda to‘g‘ralgai piyoz, tuz, kalampir (murch), kashnich urug‘i, zira, uzum
sirkasi (anor yoki limon suvi) bilan aralashtiriladi. Masalliq yaxshi
aralashtirilgach, sirlangan yoki chinni idishga solinib, bir necha soat (4
soatdan 24 soatgacha) salqin joyda saqlanadi. So‘ngra go‘sht sixlanadi, ya’ni
har bir sixga 5-6 bo‘lakdan go‘sht o‘tkazilib (sixning uchida yog‘ bo‘lishi
kerak), quradagi toshkumir yoki pista kumir chug‘iga avval bir tomoni, so‘ng
ikkinchi tomoni quyib pishiriladi. Tayyor kabob pomidor, sirka qo‘shilgan
piyoz, bodring yoki salat bilan dasturxonga tortiladi.
Six kabob uchun 1
kg go‘sht, 2-3 bosh piyoz, 1 choyqoshiq tuz, 4 oshqoshiq uzum sirkasi (anor
yoki limon suvi) va ta’bga ko‘ra ziravorlar kerak bo‘ladi.
Titrama kabob. Quy go‘shti son va qovirg‘a
qismlari 50-60 grammli bo‘laklarga bo‘linadi va tuz sepib bostirib qo‘yiladi. To‘g‘ralgan
piyoz, pomidor, bo‘laklarga ajratilgan sarimsoq va oshko‘klar (rayhon, jambil,
kashnich, ukrop) aralashtirilib, go‘sht qiymalagichdan o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan
kuk massa go‘sht bilan mijg‘ib aralashtiriladi, tuyilgan murch va zira qo‘shiladi.
Shu tariqa tayyorlangan go‘sht sixlanib, yuziga un (jo‘xori uni, bo‘lsa yana
yaxshi) sepiladi va ko‘rada pishiriladi.
Titrama kabob
uchun 2 kg go‘sht, 2 bosh piyoz, 1 bosh sarimsoq, 2 dona pomidor, 1 bog‘dan
jambil, rayhon va ukrop, 2 bog‘ kashnich, ta’bga ko‘ra tuz, qalampir hamda zira
kerak bo‘ladi.
Qiyma kabob
tayyorlashda yog‘liq quy go‘shti bilan piyoz go‘sht qiymalagichdan 2 marotaba o‘tkazilgach,
tuxum chaqib solinadi, tuz va qalampir aralashtiriladi. Qiymadan 50-60 grammli
kiftalar hosil qilinib, uzunasiga sixga o‘tkaziladi. Kifta betiga un sepiladi
va chug‘da pishiriladi.
Tayyor kabob
sirka qo‘shilgan piyoz yoki salat bilan dasturxonga tortiladi.
Qiyma kabob
uchung 1 kg lahm go‘sht, 3 bosh piyoz, 1 dona tuxum, 3- 4 qoshiq un, ta’bga ko‘ra
tuz va qalampir kerak bo‘ladi.
Qozon kabobni
tayyorlashda yog‘liq quy yoki mol (yoxud parranda) go‘shti lunda lunda qilib to‘g‘raladi
va tuz sepib olib qo‘yiladi. Parrak parrak qilib to‘g‘ralgai piyozga ukrop yoki
kashnich qo‘shiladi. Qozonga avval bir qavat go‘sht (yoki parranda go‘shti),
ustidan piyoz, yana bir qavat go‘sht, so‘ng yana piyoz solib tuldirilgach,
qopqog‘i zich qilib berkitiladida, sust olovda 2 soat davomida pishiriladi.
Qozonga bitta qalampir solinsa, ta’mi yaxshiroq bo‘ladi. Dasturxonga pomidor,
sirka qo‘shilgan piyoz va bodring bilan tortiladi.
Qozon kabob uchun
700 g go‘sht, 500 g piyoz, 1 bog‘dan ukrop va kashnich, 1 ta qalampir va ta’bga
ko‘ra tuz solinadi.
Hasip kabobni
tayyorlash jarayonida asosan 10-15 sm qilib kesilgan qo‘y ichagiga qiyma
tuldirib ikki tomoni mahkam bog‘lanadida, issiq sixlarga bittadan o‘tkazilib ko‘rada
pishiriladi. Hasip kabob yorilib ketmasligi uchun ustiga sariyog‘ surtib turish
lozim. Tayyor kabob sixdan olinib, likopga 2 donadan quyib anor va piyozdan
tayyorlangan salat bilan dasturxonga tortiladi. Hasip kabobning qiymasi
quyidagicha tayyorlanadi: quy go‘shti dumba va piyoz bilan go‘sht
qiymalagichdan o‘tkaziladi (yoki chopiladi). Qiymaga ozgina namakob va murch qo‘shib
aralashtiriladi.
Hasip kabob uchun
1 quyning ichagi, 700 g son go‘shti, 200 g dumba, 2- 3 bosh piyoz, 1 choyqoshiq
murch, ta’bga ko‘ra tuz, yuziga surtish uchun 50 g sariyog‘ kerakbo‘ladi.
Dimlama go‘sht
yoki baliq va sabzavotlardan dimlash usuli bilan tayyorlanadigan taom. Dimlama
xushxur, engil hazm bo‘ladi, chunki dimlash usuli bilan tayyorlangan taom
tarkibidagi foydali moddalar (vitaminlar, mineral va qand moddalari hamda xushbo‘y
hid va maza beruvchi ekstraktivmoddalar» saqlanib qoladi. Dimlamaning bir necha
tarlari bor: go‘sht dimlama, oshqovoq dimlama, sabzavot dimlama va boshqalar.
Go‘sht dimlamani
pishirishda go‘sht va dumba lunda lunda qilib to‘g‘raladi, suyaklar ham 2-3 sm
uzunlikda chopiladi, so‘ngra mayda to‘g‘ralgan piyoz, tuz va ziravorlar bilan
qorishtiriladi. Qizdirilgan qozonga avval yog‘, keyin suyaq so‘ngra to‘g‘ralgan
go‘sht qavat qavat qilib solinadi. Har qavatiga dafna yaprog‘i, tuyilgan murch,
ukrop solish tavsiya etiladi. Taom qopqog‘i zich berkitilgan qozonda (bug‘i
chiqib ketmasligi uchun atrofiga sochiq urab qo‘yiladi) 40 minut davomida
dimlab pishiriladi.
Go‘sht dimlama
uchun 2 kg go‘sht, 2 kg piyoz, 100 g yog‘, 5-6 dona dafna yaprog‘i, 2 bog‘
ukrop, ta’bga ko‘ra tuyilgan murch, tuz kerak bo‘ladi. Baliq dimlama ham go‘sht
dimlama kabi tayyorlanadi, faqat 2 kg go‘sht urniga 2 kg baliq (laqqa, sazan,
zog‘ora kabilar) solinadi.
Oshqovoq dimlama
tayyorlashda oshqovoq puchoq va urug‘idan tozalanadi, kata kichikligi gugurt
kutisidek qilib to‘g‘raladi, so‘ngra yuziga tuz sepib sariyog‘da bir oz
qovuriladida, ustidan suyuqroq qaymoq quyib, juda sust olovda 30 minut davomida
dimlab pishiriladi.
Behili dimlama yog‘liroq
go‘sht lunda lunda qilib to‘g‘raladi. Qovurg‘alari chopiladi, tuz va zira sepib aralashtiriladi. Behining nordon xili
yaxshilab yuvilgach, ypyg‘i olib tashlanadida, qalinligi 1 sm keladigan qilib to‘g‘raladi.
Masalliq qizitilgan
qozonga bosiladi va yuzi bilan barobar suv qo‘yilib, qozonning qopqog‘i zich qilib berkitiladi. Taom sust olovda 1 soat davomida
dimlab pishiriladi. Go‘sht, behi likopchada, sardagi piyolada dasturxonga
tortiladi.
Behili dimlama uchun: 2 kg
yog‘li Qo‘y go‘shti, 1 kg
behi, ta’bga ko‘ra tuz, ziravor va oshko‘klar kerak bo‘ladi
Qiyma dimlama taomini tayyorlashda yog‘sizrok quy yoki mol go‘shtining son
qismidan tayyorlanadi. Buning uchun go‘shtni «chumchuq tili» qilib to‘g‘rash,
yoki qiymalash zarur. Qiymaga tuz, zira va murch sepib, 1/3 nisbatida olingan
piyozni mayin to‘g‘rab mijg‘iylanadi va olib quyib turiladi. Sarimsoq piyozning uzun uzun tanasidan olib, yaxshi
yuvib, uzunligi 4 - 5 sm keladigan qilib qirqiladi. Tovada yoki qozonda yog‘ni dog‘lab, qiymani solib, kavlab kavlab, chala qovuriladi, ustidan bir piyola suv
sevalab, sarimsok tanasini solib aralashtirib dimlab qo‘yiladi. Olovini darhol pasaytirib, 40 minutchadan so‘ng taom tayyor bo‘ladi.
Likopchalarga taqsimlab
dasturxonga tortasiz. Alohida idishda sabzavot garniri yoki salat berasiz, shishachada uzum sirkasi ham
qo‘yiladi.
Masalliq: 1 kg laxim go‘sht, 300 gramm (4 - 5 dona piyoz), 150 gramm quy yog‘i, 4 bog‘ sarimsoq tanasi, 1 choy qoshig‘ida zira, tuz esa ta’bga
ko‘ra olinadi.
Ajabsanda taomi bug‘da pishiriladi. Buning
uchun katta va kichik xajmli 2 ta idish (qozon yoki kastryulka) kerak. Kartoshkani
archib kubik (1 sm3) shaklida to‘g‘rang, sabzini xuddi palovga to‘g‘ragandek
somoncha usulida, pomidorni tiliq tiliq yoki parrak parrak qilib, piyozni xalka
xalka qilib to‘g‘raladi, sarimsoq esa donalarga ajratasiz. Go‘sht bilan yog‘
bosh barmoqning birinchi bug‘imi kattaligida lunda lunda qilib kesiladi.
Achchiq va chuchuk kalampirlardan mayda to‘g‘rab, qirqilgan kashnich bilan
ukropga aralashtirib qo‘yiladi. Endi kichik idishning ichiga bir qatlam qilib
kartoshkani olinadi, buning uziga loyiq tuz va murch hamda maydalab qo‘yilgan
oshko‘klardan sepiladi. Ikkinchi qatlam qilib sabzi solinadi, buni ham tuz
namagini rostlanadi, uchinchi qatlamiga pomidor bo‘laklari solinadida, oshko‘klar
va tuz sepiladi, to‘rtinchi qatlamda piyoz, beshinchi qatlamida sarimsoq
oltinchi qatlamida esa go‘sht bilan yog‘ bo‘ladi. Kichik idishni katta idish
ichiga urnatib, idishlar oralig‘idagi bushlikka suv qo‘yiladi. Taom shu suvning
bug‘iga pishadi. Suvni kichik idish labidan ancha pastroq satxda qo‘yiladi,
toki sharaqlab qaynaganda masalliq ichiga tushmasin. Kichik idishning og‘zi
ochiq katta idishning qopqog‘ini jips yopib olovga qkyiladi. Idish doim yopiq
turgani uchun ba’zi darmondorilar va ifori moylar uchib ketib, g‘oyib bo‘lmaydi,
shu sababli ham taom g‘oyat totli va foydali bo‘ladi. Pishish muddati 2 soat.
Agar suvi kamayib qolsa, bemalol ochib oraliqqa qaynoq suvdan quyib qo‘yiladi.
Ajabsanda qancha uzoq qaynasa (masalan, 5 soatcha) shuncha lazzatli bulaveradi.
Bu tansiq taom ko‘p vaktni olmaydi, faqat Masalliqlar to‘g‘rab solib qo‘yilsa
buldi, uzi pishaveradi. Tayyor taom kosalarga suzib dasturxonga tortiladi,
solingan Masalliqlardan xar porsiya idish ichiga tushishiga xarakat qilinadi.
Ajabsanda
tayyorlashning ikkinchi usulida barcha sabzavotlar, go‘sht va yog‘ xuddi
yuqorida aytib utilgandek qilib to‘g‘rab tayyorlanadi. Biroq hamma masalliqni
bir idishga emas, balki mexmonlarning soniga qarab bittadan kosaga qavatlab
joylanadi va buni kosasi bilan kattaroq mantikasqon lappaklariga quyib
pishiriladi. Dasturxonga shu kosaning uzida ostiga likop qo‘yib tortiladi.
Masalliq: 2 - 3
dona kartoshka, 2 - 3 dona sabzi, 3 - 4 dona pomidor, 2 - 3 bosh piyoz, 2 dona
chuchuk garmdori, 1 achchiq vachuchuk qalampir, bir bosh sarimsoq, 1 bog‘
kashnich, 1 bog‘ ukrop, 500 gramm go‘sht, 200 gramm quy yog‘i, zira va tuz
ta’bga ko‘ra olinadi.
Tandir barra o‘zbek milliy taomlaridan
hisoblanib uni tayyorlash uchun asosiy moslama qo‘ldan yasalgan tandir o‘choq
va quy go‘shti hamda archa, zirovorlar kabi massaliqlar kerak bo‘ladi. Tandir
barra ko‘proq tuy, bazm va yig‘ilishlarda ziyofat dastukxoniga tortish uchun
tayyorlanadi. Tandir barra O‘zbekistonning Qashqadaryo va Sukxondaryo
viloyatlarida tuy va yig‘in mehmon lari uchun tansiq milliy taom sifatida
dasturxonga tayyorlab tortiladi. Shuningdek Samarqand, Jizzax, Buxoro
viloyatlarini ayrim Urgut, Zomin, Forish, Qo‘shrabod, Nurota, Nurobod,
Shofikuron va boshqa tumanlarida o‘zbek milliy tansiq taomlari qatorida
shodiyona tuy hashamlarida tayyorlanadi.
Tandir barra
tayyorlash uchun yonbag‘ir erdan diametri 1 metr, chuqurligi 1,5 metr keladigan
ura chuqur qazilib tandir quriladi. Tandir ichi guvala g‘ishtlar kattaligidagi
toshlar bilan aylantirib urib chiqiladi.Tandirga atrofidagi toshlar qiziguncha
alov yoqiladi. Yangi so‘yilgan qo‘y go‘shti olinib, unga tuz va ziravorlar
sepilib, archa shoxlari qadalib, tandir ichiga maxsus tayyorlangan (qattiq yog‘och
yoki metal) sixsimon simlarda osiladi. Tandir ostida to‘plangan cho‘g‘ ustiga go‘shtni
tayyor bo‘lish mobaynida undan tomgan yog‘ tomib yig‘ilishi uchun katta misdan
yasalgan tog‘ora joylashtiriladi. Tog‘ora atrofiga archaning yashil barglaridan
tashlanadi. Tandir atrofi va usti tunuka tog‘ora bilan yaxshilab yopilib,atrofi
loy bilan suvoq qilinadi. Tandir barra taomi tandirda tayyor bo‘lishi uchun
chamasi uch soatlar dimlab qo‘yiladi. Uch soatdan keyin tandir ochilib, joylashtirilgan
va endigina dimlash natijasida pishgan go‘shtlar sekin olinadi va uncha chuqur
bo‘lmagan yoziq tovoqlarga qo‘yilib dasturxonga tortiladi. Tandir barra milliy
taomini tayyorlash mobaynida kuyib ketmasligi, chala pishmasligi, tuz va
ziravorlar meyoridan oshmasligi kerak.
Tandir kabob
kabobning bir turi bo‘lib, Qadimiy milliy tansiq taomlardan hisoblanadi. Ushbu
milliy tansiq taomni tayyorlash uchun moslama sifatida tandir va yog‘sizroq bo‘lgan
qo‘y yoki mol go‘shti hamda tuz, murch, tuyilgan zira aralashmasi kerak bo‘ladi.
Tayyorlash jarayoni qo‘yidagicha bajariladi. Qo‘y yoki mol go‘shtining yog‘sizroq
qismidan qalinligi 2-3sm, eni 5-10sm.li 100-150 gramli bo‘laklar kesilib 0,5%li
tuz namakobiga 30 minut botirib qo‘yiladi. Betiga un, murch va tuyintirilgan
zira aralashmasidan tayyorlangan urvoq sepiladi va olov yoqib qizdirilgan
tandirga yopiladi hamda taom massalig‘i qizarguncha pishiriladi. Go‘sht massalig‘i
qizargach, tandirdagi chug‘ni tandirning o‘rtasiga to‘plab,betini kul bilan
yopiladi. So‘ngra tandirning qoqog‘i yopilib 10 -15 minut dimlanadi. Shundan so‘ng
tandir ochilib pishgan go‘shtlar olinadi va tovoqlarga suzilib dasturxonga
tortiladi. Tandir kabobni tayyorlashda Go‘sht kuyib ketmasligi, chala
pishmasligi, murch, un, tuz va ziravorlar meyoridan oshmasligi kerak.
Tandir kabob
uchun 600-700 g go‘sht; urvoq uchun 3-4 oshqoshiq un, 1 choyqoshiq murch va
tuyilgan zira kerak bo‘ladi, namakob ta’bga ko‘ra tayyorlanadi.
Jigardan ham
xuddi shu usulda «tandir kabob» tayyorlash mumkin. Buning uchun jigar nisbatan
qalinroq kesilib, pishirish oldidan namakobga solinmaydi.
Tandir yoki uchoq
kummasi qadimiy milliy tansiq toamlardan hisoblanib, uni tayyorlash uchun
tandir yoki uchoq moslamalari va yog‘li laxm (suyaklari mayda bo‘lgan)quy yoki
mol go‘shti hamda tuz, piyoz, sarimsoq piyoz, qalampir va ziravorlar hamda
saksovul yoki kumir (kul olovi uzoq turadigan) kerak bo‘ladi. Go‘sht olinib
mayda bo‘lakli qilib to‘g‘raladi va o‘rtacha maydalikda to‘g‘ralgan piyoz,
sarimsoq piyoz, qalampir, tuz va ziravorlar bilan marinad qilinadi. Marinad
qilingan masalliq o‘rtacha qallinlikdagi qog‘ozga urab joylashtiriladi va
uralgan qog‘oz ko‘p miqdordagi iplar bilan mahkamlanib bog‘lanadi. Mahkamlanib
bog‘langan masalliq tandir uchoqichidagi chala yonib bo‘lgan (ko‘mir kulida
yaxshi pishadi) kulga ko‘mib qo‘yiladi. Kumilgan kumma chamasi 30-35 minutlarda
uzidan yoqimli va xushbo‘y ozuqa hidi tarata boshlaydi. Shundan so‘ng taxminan
35 minutlarda ko‘mma kuldan olinib ochiladi hamda tovoq idishlarga qo‘yilib
daturxonga tortiladi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. To‘g‘rama
qovurmalarni ayting.
2. Jigar buyrak
qovurmasi haqida ayting.
3. To‘g‘rama
qovurmalarni tayyorlash bo‘yicha gapiring.
4. Go‘sht
dimlama.
5. Qiyma dimlama
taomini tayyorlash.
6. Jigar kabob
qanday tayyorlanadi.
7. Tandir barra
tayyorlash haqida gapiring.
8. Tandir kabob
haqida ayting.
9. Marinad
qilingan masalliqlar va texnologoyasi haqida gapiring.
Комментариев нет:
Отправить комментарий