O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
M.Z.MURTAZAYEV, A.A.KUSHAKOV, B.N.GAPPAROV, K.MAMAJONOVA, S.S.UMAROV
SERVIS BO‘YICHA
PAZANDACHILIK ASOSLARI
O‘zbekiston
Respublikasi Oily va o‘rta maxsus Ta’limi Vazirligi tasdiqlagan o‘quv
dasturlari asosida tayyorlangan.
Oliy va O‘rta
maxsus ta’limi vazirligi nashrga tavsiya etadi.
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus Ta’limi Vazirligi kasb-hunar kollejlari uchun
darslik sifatida tavsiya qiladi.
«Fan va texnologiya»
nashriyoti
TOSHKENT – 2012
UDK-____372.863. (075)
BBK
74.200.M.88.Ya.72.
Ushbu darslik kasb ta’limi servisni pazandachilik asosalari bo‘yicha
oziq ovqat sanoati kasb-hunar kollejlariga mo‘ljallangandir. Pazandachilikda taom
tayyorlash texnologiyalarini o‘rgatishga mo‘ljallagan mavzularga tegishli dars
materiallarini milliylik asosida mavjud darsliklardan, ensiklopediyalardan
tarixiy va zamonaviy, ilmiy va uslubiy manbalardan foydalanib keltirishga
harakat qilingan.
Ushbu darslik
Jizzax viloyati pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
instituti, Paxtakor tumani qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji, Jizzax tumani
oziq-ovqat sanoati kasb-hunar
kollejlari o‘qituvchilari tomonidan
ko‘rib chiqilgan va bevosita kasb ta’limi o‘qituvchilari va o‘quvchilariga
tavsiya qilinadi.
A.Qodiriy nomli
Jizzax Davlat Pedagogika instituti ilmiy kengashda (2011 yil 29 dekabr, № 4) va
Jizzax viloyat hokimligi kasb-hunar kollejlar boshqarmasi o‘quv uslubiy
kengashida (2012yil 14.05 № 4) nashr etishga tavsiya qilingan.
TAQRIZCHILAR:
1. Jizzax Davlat
Pedagogika instituti professori X.A.Turaqulov.
2.Jizzax Davlat
Pedagogika instituti dossenti B.X.O‘razov.
3. Jizzax viloyat
hokimligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi o‘quv metodik ta’minlash bo‘lim boshlig‘i
A.S.Tolipov
4. Jizzax viloyat
hokimligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bosh maslahatchi uslubchisi
S.R. Alimqulov.
5.Respublika
Ta’lim Markazi “Musiqa, san’at, mehnat ta'limi, Jismoniy kamolat va salomatlik”
bo‘limi boshlig‘i Z.S. Shamsiyeva.
6.Toshkent shahar
xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 62- son umum o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi
T.P.Poshshaxo‘jayeva
7.Jizzax tumani
kasb hunar kolleji o‘qituvchisi M.X.Xudaynazarova
8.Jizzax shahar №
36–son umum o‘rta ta’lim maktabi mehnat ta’limi o‘qituvchisi Z.Turopova.
Oliy va O‘rta maxsus ta’limi vazirligi nashrga
tavsiya etadi.
ISBN:
978-9943-10-760-1

KIRISH
Kasb-hunar ta’lim
tizimidagi o`quv jarayonini milliylik asosida tashkil qilish bugungi kunning
dolzarb muammolari hisoblanadi. Kasb-hunar kollejlarida boshqa majburiy fanlar
qatorida kasb-hunar ta’limi yosh avlodda umummehnat ko`nikmalarini to‘liq
shakllantirish va ularni ongli ravishda kasb egasi bo‘lishga yo`naltirish
maqsadida o`qitiladi. Kasb-hunar ta’limi bo`yicha o`quv jarayonini milliylik
asosida tashkil qilishda o‘quv dasturlarini milliylikni e’tiborga olgan holda
tuzish va shu bo`yicha o‘quv darsliklarini yaratish kabi ishlarni amalga
oshirish kerak bo‘ladi.
Hozirgi kunga qadar
kasb-hunar ta’limini boshqa sohalari kabi servisning “Pazandachilik asoslari” yo‘nalishi
bo‘yicha mavjud darsliklarda milliylik va dars materiallarini taom
tayyorlashning ketma-ketlik tizimiga yetarli darajada e’tibor berilmagan va
ularga oid manbalar kam hamda mos ravishda umumlashtirilmagan. Shu boisdan ham
ushbu darslikda tuzuvchilar kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilar o‘zlashtirish qobiliyatini
hisobga olgan holda taomlar tayyorlash va milliy taomlar tayyorlash
texnalogiyalariga hamda o‘quvchilarni yil davomida o‘zlashtirgan bilimlarini
mustahkamlash uchun foydali va unumli mehnat jarayonini asosida tashkil
qilinadigan ma’lym soatlik amaliyotlarga uslubiy tavsiyalar berishga va manbalarni
aniq bir tizimga keltirishga harakat qilingan.
Ushbu darslik
Oliy va o‘rta maxsus ta’limi Vazirlikning 2011 yil 11 maydagi 192-sonli buyrug‘i
bilan tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan, Oliy va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2011 yil 29 martdagi
1-son majlis bayoni bilan ma’qullangan. Pazandachilik asoslari fanining o‘quv dasturi
asosida tayyorlandi
Ushbu darslik qo‘llanmasining
ahamiyati kasb-hunar kollejlarini o‘quvchilari uchun o‘rgatishga mo‘ljallangan
o`zbek milliy taomlarini tayyorlash texnologiyalariga oid manbalarni DTS
asosida umumlashtirib ma’lum didaktik tamoyil asosida tizimga solishga harakat
qilishganligidandir. Keng qamrovli milliylik ruhi bilan sug`orilgan
pazandachilik texnologiyalariga talluqli dars manbalari bilan boyitilgan ushbu
darslikni tayyorlashga uslubiy urinishlarimizda xato va kamchiliklar bo‘lishi tabiiy.
Shu boisdan kasb-hunar ta’limiga oid “Pazandachilik asjslari” deb nomlangan darslikda
o‘rgatishga mo‘ljallangan dars materiallariga oid keltirilgan manbalarga
uslubiy fikrlar, mulohazalar, tuzatishlar, ko‘rsatmalar, tavsiyalar, bildirishlarni
tuzuvchilar o‘rinli deb hisoblab e’tibor qilganlari uchun minnatdorchilik
birdirishadi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий