BOB. VI. SABZAVOTLARDAN
TAOMLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI.
6.1. LOVIYA VA KARTOSHKADAN TAOMLAR TAYYORLASH.
1. Loviya oshi. Go‘shtni mayda qilib, piyozni
parrak-parrak qilib, sabzini esa ko‘bik shaklida to‘g‘raladi. Barcha masalliqni
dog‘langan yog‘da pomidor yoki-tomat qo‘shib qovuriladi. So‘ngra qozonga suv qo‘yiladi,
suv qaynab chiqqach tozalab, yuvib qo‘yilgan loviyani solib 45-55 minut
pishiriladi. Loviya pishishiga yaqin ozroq guruch qo‘shsa ham bo‘ladi. Taom
tayyor bo‘lishi oldidan tuz solinadi. Keyin qozonni olovdan olinadi, tuvori
yopilgan holda bir oz «dam yegach», kosalarga qo‘yib, betiga ukrop, rayhon yoki
kashnich hamda murch syepib dasturxonga tortiladi.
Kerakli masalliqlar: 300 g ro‘sht, 100 g yog‘, 2
bosh piyoz, 2 dona sabzi, 1 stakan loviya, 0,5 stakan guruch, 2-3 dona
pomidor yoki 1-2 oshqovoq tomat, yarim bog‘ ukrop, rayhon yoki kashnich,
ta'bga ko‘ra tuz va ziravorlar kerak bo‘ladi.
Kartoshka kotlet. Kartoshkani archib,
qirg`ichdan (katta tarafida) chiqariladi va tuhum, ziravorlarni qo`shib
aralashtiriladi. So`ng katta qoshiqda qoshiqlab tova (skovoroda)ga solib
pishiriladi. Huddi quymoq kabi. Ikki tarafi qizartirib pishiriladi.
Kerakli masalliqlar: 10 ta kichik kotletchalar
uchun. 2-3
ta kartoshka (katta-kichikligiga qarab) 2-3 ta tuhum. Qo`ziqorin (ta`bga qarab)
Ozgina yog` kerak bo`ladi. Ziravorlar.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Loviya oshi qanday tayyorlanadi?
2. Kartoshka katleti tayyorlash
uchun qanday masalliqlar
kerak bo‘ladi?
Комментариев нет:
Отправить комментарий