Страницы

понедельник, 29 декабря 2014 г.

7.2. NO‘XAT SHO‘RVA

7.2. NO‘XAT SHO‘RVA

Kerakli masalliqlar:
500 gr go‘sht, 3 - 4 bosh piyoz, 2 - 3 dona pomidor, 2 - 3 dona sabzi, 2 dona kartoshka, 1,5 stakan ivitilgan no‘xat, tuz va ziravorlar ta’bga ko‘ra solinadi (11-rasm).
No‘xat saralanib, yuvilib, 5-6 soat davomida ivitiladi (1 kg no‘xatga 2,5 l. suv hisobida). No‘xat o‘zining ivitilgan suvida qaynash darajasiga etkazib, usti yopilgan holda past haroratda miltillatib qaynatilib, yumshok, holga keltiriladi. No‘xat pishgandan so‘ng ta’bga ko‘ra tuz solib aralashtiriladi. Pishgan no‘xat taqsimchaga solinib, ustiga mayda to‘g‘ralgan bosh piyoz va ko‘kat aralashmasi quyib dasturxonga tortiladi.
Tayyorlanishi:
Ushbu sho‘rva Toshkentda «moxora» deb atalib, barcha to‘ylarning asosiy suyuq ovqati hisoblanadi. Sho‘rva qaynatishdan bir kun oldin jaydari no‘xatni sovuq suvda yuvib, ivitib qo‘yiladi. Ivitilgan no‘xat bilan birga qo‘y yoki mol go‘shtining yog‘liroq va suyakli qismlarini sovuq suvli qozonga solib, bir soat davomida mildiratib qaynatiladi. Sho‘rvaga mayda to‘g‘ralgan piyoz, ko‘bik («no‘xatcha») qilib to‘g‘ralgan sabzi, pomidor ham solinadi. Pishishiga yaqin ko‘rilganda parrak-parrak qilib to‘g‘ralgan kartoshka solinadi, ta’mini rostlash uchun ziravorlar ham qshshiladi. Ushbu sho‘rvani kosalarga teng taqsimlab, yuziga qirqilgan oshko‘klar sepib, mehmon dasturxoniga tortiladi.

Mustahkamlash uchun savollar:

1.Qanday sho‘rva turlarini bilasiz?
2.Qaynatma sho‘rva qanday tayyorlanadi?
3.Qiyma sho‘rva va kifta sho‘rva qanday tayyorlanadi?
4.Do‘lmali sho‘rva qanday tayyorlanadi?
5.Dumbulli sho‘rva tayyorlash texnologiyasini aytib bering.
6. No‘xat sho‘rvani o‘zuqaviy qiymati qanday?
7.No‘xat sho‘rva uchun qanday masalliqlar kerak?

8.No‘xat sho‘rva qanday tayyorlanadi?

Комментариев нет:

Отправить комментарий