15.3. GO‘SHT VA PARRANDA
HAMDA BALIQ MAHSULOTLARIDAN PARHEZ TAOMLARI TAYYORLASH
Sovuq parhez taomlari. 1-son parhezda dasturxoni
uchun sovuq taom va gazaklar turi ma’lum darajada cheklangan. Bunda baliqning
donador yoki tuzlangan qora uldururlari ko‘p berilmaydi, seld yog‘i, suzma
pishlog‘i, qaynatib pishirib sovitilgan baliq (yog‘siz holdagisi), sabzavot
pishirilgan tovada tayyorlangan jele asosida tayyorlangan go‘sht yoki baliq
frikadel’kasi yog‘siz dudlangan cho‘chqa go‘shtini pishirib tayyorlangani, mol
go‘shti marizini go‘sht qiymalagichdan o‘tkazilgani, sababining asal bilan
aralashtirilgani kuzda tutiladi. 2-son parhez dasturxoni uchun yog‘siz
dudlangan cho‘chqa go‘shti, doktor kolbasasi, bo‘ktirib tuzi ketkazilgan seld,
yog‘i, pishloqli yog‘, pishloq dudlangan baliq(yog‘siz), baliqning donadoryoki
tuzlangan qora uldurugi, jigar pashteti, baqlajon ikrasi, nordonroq qaymoqli
kuk salat, bilan aralashmasi, pomidor bilan sariyog‘ beriladi.
2-son parhez
dasturxoni uchun har hil sovuq taom va gazaklar beriladi. Yangi yoki
pishirilgan sabzavot salatlari, vinegretlar tayyorlashda pista moyi, zaytun
moyi, nordonroq qaymoq ishlatiladi. bunday taomlarda tuzlangan bodring urniga
nordon bo‘lmagai tuzlangan karam ishlatiladi. Ishlatiladigan sabzavotlar bug‘da
pishiriladi. Pishirilgan baliq va go‘shtli taomlar sof holda yoki sardak bilan
beriladi. Bular uchun jele sabzavot qaynatilgan suvda tayyorlanadi.
Tayyorlanadigan salatlarga limon sharbati yoki 2% li limon qo‘shiladi.
Sabzi olma bilan
(2,5-son parxez dasturxoni). ishlovdan o‘tgan olma urug‘i, pardalaridan
tozalanib somoncha shaklida to‘g‘ralib, ishlovdan utib somoncha shaklida to‘g‘ralgan
sabzi va shakar, nordonroq qaymoq bilan aralashtiriladi.
Sabzi 68, olma
28, nordonroq qaymoq, shakar 2. Sof og‘ir-100.
Lavlagi
pishirilib, tozalanib, somoncha shaklida to‘g‘raladi yoki qirrichdan o‘tkaziladi
va limon ishqori, nordonroq qaymoq, shakar qo‘shib aralashtiriladi. Likopchaga
solib ustidan to‘g‘ralgan ukrop sepib beriladi,
Qora olxurili
lavlagi salati (5- son parxez dasturxoni). Quritilgan qora olxuri saralab
yuviladi, sovuq suvda buktirilib danagidan ajratiladi. Lavlagi tozalanib, mayda
kubik yoki tilim tilim shaklida to‘g‘raladi. Oz suvda pishirilib, sovitiladi va
qora olx


o‘ri bilan, o‘simlik yog‘i yoki nordonroq
qaymoq qo‘shib aralashtiriladi. Salatni tayyorlashda bir oz shakar qo‘shilishi
va tarqatishda ko‘kat bilan bezalishi ham




Marinaddagi baliq
frikadelkasi (5 son parxez dasturxoni). Baliq laxm go‘shti qiymalagichdan o‘tkazilib, suvda
buktirilib, suyuqligi siqilgan qobiqsiz bulka non bilan aralashtirilib yana bir
marta go‘sht qiymalagichdan o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan kotlet massasini urib bo‘shashtiriladi,
mayda sharchalarga bo‘lib bug‘da pishiriladi. Idishga frikadelka solinib,
ustidan tomatli sabzavot marinadi qo‘yiladi va qaynatiladi. Uni sovitib,
tarqatishda ustidan ko‘kat sepib beriladi.
Sardakli go‘sht
pmshlog‘i (1, 2, 5-son parhez dasturxoni). Pishirilgan go‘sht go‘sht
qiymalagichdan 3-4 marta o‘tkaziladi va sovuq quyuq sut sardagi, yumshatilgan
sariyog‘, tuz qo‘shib ko‘pirarli darajada aralashtiriladi. Aralashmani bo‘laklarga
bo‘lib mayba shakli beriladi, usti sariyog‘, sut sardagi aralashmasida bezalib,
muzxonada qotiriladi.
1-son parxez
dasturxoni uchun sabzavot qaynatilgan suvda tayyorlangan ezilgan yorma suyuq
oshlari (pyure suyuq oshi, shilimshiq suyuq oshi, kredo suyuq oshi), yorma makaron
mahsulotlari, sabzavotli va sut suyuq oshlari, rezavormevadan ezib tayyorlangan
shirin suyuq oshlar tayyorlanadi.
2-son parhez
dasturhoni uchun yuqorida ko‘rsatilgan suyuq oshlardan tashqari yana
qaynatmalarda tayyorlangan. 5-son parxez dasturxoni uchun suyuq oshlar piyozsiz
vegitarian usulda (sabzavot qaynatilgan suvda) tayyorlanadi. Sabzavotlari
dimlab pishiriladi. Bu suyuq oshlar turiga borshchlar, shchilar, sabzavotli,
yormali suyuq oshlar kiradi. Yana har xil shirin, sutli suyuq oshlar tavsiya
qilinadi. Yozda sovuq taomlardan okroshka, qizil lavlagili sho‘rva tortiladi.
Tovuq pyuresi
bilan guruchdan tayyorlangan suyuq osh (1-son parxez dasturxoni). Pishirilgan
laxm tovuq go‘shtni qiymalagichdan o‘tkaziladi. So‘ng elakdan elab o‘tkaziladi.
Guruch saralanib, yuvilib, sezilarli darajada pishiriladi. Guruch elakda suzib
olingandan so‘ng uning suviga ezilgan tovuq go‘shti bilan aralashtirilib
qaynatiladi. Tarqatishda eritilgan sariyog‘ yoki lezon qo‘shib beriladi. Lezon
tayyorlash uchun tuxumni suyuq qaynoq qaymoq yoki sut bilan yaxshi
aralashtiriladi va suv bug‘ hammomiga quyib aralashtirilgan holda bir oz
quyuqroq holga kelguncha turadi. So‘ng elakdan suzib o‘tkaziladi.
Guruch 40, suv
600, tovuq120, capyog‘10, suyuqqaymoq 50, tu-1/2 dona. Sof orirligi 500.
Porshch (2-5 son
parhez dasturhoni) Ishlovdan o‘tgan sabzavotlar somoncha shaklida to‘g‘raladi
vabir oz suvda dimlanadi. Sabzi va petrushka ildizi oz suvda qaynatilib,
qizilchaga qo‘shib, saryog‘ qo‘shilgan olovda yumshoq holga kelguncha
dimlanadi. Qaynab turgan suvga yoki sabzavot qaynatilgan suvda tayyorlangan;
karam solib bir oz qaynatiladi. So‘ng dimlangan sabzavot solinadi va15-20
daqiqa qaynagach, ustidan tozalanib to‘g‘ralgan pomidor, shakar, tuz, limon
ishqori solinib 5-10 daqiqa qaynatib iste’molga tayyor holga keltiriladi.
Tarqatishda borshchga nordonroq ko‘kat qo‘shib beriladi.
Quyuq issiq taomlar. 1 son parxez dasturxoni uchun
yog‘siz mol, tovuq, baliq go‘shtlaridan yumshoq qilib bug‘da pishirilgan taom
tayyorlanadi. Ular qiyma, kotlet yoki shnisel massasi holida ishqormalardan
suyuq ezilgan bo‘tqalar, bug‘da pishirilgan pudinglar tayyorlanadi. Sabzavotlar


dan (sholg‘om, turp, karamdan tashqari) pyure
va suflelar tayyorlanadi. Chuchuk suzmadan ezilgan, bug‘da pishirilgan taomlar
tayyorlanadi.




2-son parhez
dasturxoni uchun yuqoridagi taomlardan tashqari urvoqda belanmay, qobiq hosil
qilmay qovurilgan taomlar, qobiq hosil qilmay yopilgan taomlar tayyorlanadi.
1-son parxez
dasturxoni uchun pishirilgan, oz suvda pishirilgan, yopilgan yog‘siz go‘sht,
baliq. taomlari tayyorlanadi. Sabzavot taomlari qovurishdan tashqari hamma isiq
ishlov berish usulidan foydalanib tayyorlaiishi mumkin. Yormalardan donador va
suyuq, bo‘tqalar, zapekankalar va pudinglar tayyorlanadi. Yog‘siz suzmadan
pishirilgan va yopilgan taomlar ko‘p ishlatiladi.
Taomlarni ustidan
quyib berish uchun saryog‘, 2-son parhez dasturxoniga tayyorlangandek sovuq
jazlangan unda tayyorlangan nordonroq qaymoq sardaklari va go‘sht qaynatmasida
tayyorlangan qizil sardak tayyorlanadi.
Sabzili kartoshka
pyuresi (1, 2, 5-son parhez dasturxoni) ishlovdan o‘tgan sabzi mayda to‘g‘ralib,
oz sutda yumshoq pishiriladi. Ishlovdan o‘tgan kartoshka yumshoq pishirilib,
suyuqligi to‘kilib, bir oz quritiladi sabzi bilan aralashtirib issiq holda
ezuvchi mashinada eziladi va quyuq suyuqligiga qarab qaynatilgan sut, capyog‘ qo‘shib
aralashtiriladi. Tarqatishda ustidan saryog‘ quyib beriladi.
Suzmali sabzi
suflesi (1, 2, 5-son parhez dasturxoni). Ishlovdan o‘tgan sabzi mayda to‘g‘ralib,
saryog‘ qo‘shilgan holda oz sutda yumshoq pishiriladi va eziladi. Tayyorlangan
sabzi, manna yormasi, tuxum sarig‘i, ezilgan suzma yaxshilab aralashtiriladi va
yog‘langan qolipga solishdan avval yaxshilab ko‘pirtirilgan tuxum oki
tayyorlangan mahsulotga qo‘shiladi. Qolipga solingan sufle massasi bur kozonida
pishiriladi. Tayyor sufle qolipdan bushatilib ustidan saryog‘ qo‘yiladi.
Sabzi 190, suzma
50, tuxum 1/2 dona, sariyog‘ 10, sut 30, manna yormasi 10, tuz 1. Sof og‘irligi
255. w Bug‘da pishirilgan gul karam suflesi (1, 2, 5-son parhez dasturxoni).
Ishlovdan o‘tgan gul karam yumshaguncha pishiriladi, suzib olinib, quritiladi,
ezilib, qaynatilgan sut, tuxum sarigi, manna yormasi, eritilgan sariyog‘
qupirtirilgan tuxum oqi bilan aralashtirilgan zaxoti yog‘langan qolipga
solinib, bug‘ qozonida pishiriladi va qolipdan bushatib ustidan sariyog‘ quyib
beriladi.
2, 5- son parhez
dasturxoni uchun sufleni yopib tayyorlash ham mumkin.
Murabboli manna
yormasi oladyasi (2-son parhez dasturxoni). Ilashimli manna bo‘tqasi
tayyorlanib 0°C xaroratgacha sovitilib, shakar bilan ezilgan tuxum sarig‘i, ko‘pirtirilgan
tuxum oqi qo‘shib yahshilab aralashtiriladi, xamirturushli xamirdan
tayyorlangan oladyaga o‘xshash usulda qovuriladi. Tarqatishda ustidan murabbo,
sariyog‘ yoki nordonroq qaymoq quyib beriladi. Mevali palov (5-son parhez
dasturhoni). Quritilgan meva saralanib, yuvilib, yiriklari bo‘linadi. Qaynab
turgan suvga tuz, shakar, sariyog‘ solinib, ustidan saralab yuvilgan guruch
solib qaynatiladi. Guruch suvini tortishi oldidan tayyorlangan meva solinadi va
suvi tuliq tortilgandan so‘ng usti yopilgan holda suv bug‘ xammomiga idishi
bilan qo‘yilib dimlanadi. Tayyor bo‘lgandan so‘ng aralashtirilib taqsimchaga
tor usuli da solib beriladi.
Guruch 50,
kishmish 20, qora olxuri 20, olma 35, shakar 5, sariyog‘ 15, suv 100, tuz. Sof
og‘irligi 230.
Bug‘da
tayyorlangan go‘shtli tuxum oqi (5-son parhez dasturhoni). Pishirilgan mol go‘shti
go‘sht qiymalagichdan o‘tkazilib, tuxum oqi, tuz, sut bilan ko‘pirarli darajada
aralashtiriladi, yog‘langan qolipga solinib bug‘ qozonida quyuk.lashguncha
pishiriladi. Tarqatishda qolipdan bushatib beriladi.
Tuxum (oqi) 3 dona, sut 30,
sariyog‘ 3, pishirilgan mol go‘shti 50, tuz 2. Sof og‘irligi 150. Bug‘da
pishirilgan baliq erazisi (1, 2, 5-son parhez dasturhoni). Oddiy usulda baliq
kotlet massasi tayyorlanib, xom tuxum qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi qiyma
uchun sabzi mayda to‘g‘ralib, sariyog‘ qo‘shib 09 suvda yumshoq holgacha
pishiriladi. Hom tuhum, sutdan tayyorlangan quymoq mahsuloti yog‘langan qolipga
solinib bug‘da pishirilib, sovitilib mayda chopiladi tayyorlangan sabzi, mayda
to‘g‘ralgan ko‘katlar aralashtiriladi. Tayyor baliq kotlet myagsasi purkalanib
«obi non» shakli berilgach o‘rtasiga tayyor

langan qiyma solib, chetlari birlashtiriladi
va oval shakli beriladi. So‘ng bug‘ qozoni patnisiga terilib, bug‘da
pishiriladi. zrazini bir oz sariyog‘ qo‘shilgan oz suvda pishirib tayyorlasa
ham bo‘ladi.



Tarqatishda baliq
zrazisiga garnir sifatida ilatnimli grechiga bo‘tqasi yoki pishirilgan makaron qo‘shilib,
Ustiga sariyog‘ sut sardagi quyib beriladi. Bug‘da pishirilgan baliq suflesi
(1, 5-son parhez dasturhoni). Baliq sof filesi sariyog‘ qo‘shilgan oz suvda
pishirilib, sovitilib mayda tishli go‘sht qiymalagichda 2 marta o‘tkaziladi.
Qiymaga tuxum sarigi, yumshatirilgan sariyog‘, quyuqroq sut sardagi qo‘shib
yaxshilab aralashtiriladi. Yog‘langan qolipga solishdan avval yaxshilab ko‘pirtirilgan
tuxum oqi qo‘shiladi va yuzi tekislangan zaxoti suv bug‘ hammomiga quyib 20-30
daqiqa davomida pishiriladi. Tarqatishda qolipdagi bo‘shatilib, garnir sifatida
kartoshka pyuresi, sutda pishirilgan kartoshka yoki ilashimli bo‘tqa qo‘shib,
ugstidan sariyog‘ kuyib beriladi.
Treska 127, sut
25, bug‘doy uni 5, cariyog‘ 3, tuz 0,8, tuxum 1,5 garnir 150. Sof og‘irligi
110/150/5 sut sardagida pishirilgan krivetka (2, 5- son parhez Dasturxoni).
Krivetkaqaynab turgan. tuzli suvga solinib, qaynash darajasiga ko‘tarilib, ko‘kat
ildizlari solingan xolda 4-5 daqiqa qaynatiladi va o‘z suyuqligida sovitiladi.
Qisqichlaridan ajratilib, bo‘laklarga bo‘linadi. Tarqatishda taqsimchaga
krivetka yoniga garnir (donador guruch bo‘tqasi yoki kartoshka pyuresi) qo‘yilib, krivetka
ustidan sut sardagi quyib beriladi pishirilgan mol go‘shtidantayyorlanganbefstroganov
(5-son parhez dasturhoni). Pay, pardalardan tozalangan mol go‘shti pishirilib,
sovitiladi va somoncha щaklida to‘g‘raladi. Idishga solinib, nordonroq qaymoq
sardagi, qirgichdan o‘tkazilgan sabzi qo‘shib 5-7 daqiqa qaynatiladi.
Tarqatishda sardagi bilan taksimchagaaga qo‘yilib, garnir sifatida kartoshka
pgoresi, pishirilgan vermishel qo‘shib beriladi.
Molgo‘shti 164,
sabzi 4, petrushka 3, piyoz 2, tuz 1, pnshgak go‘sht vazni 75, sabzi 32, sardak
100. Sof og‘irligi195/150 bug‘da pishirilgan mol go‘shti kotleti (1, 2, 5-son
parhez dasturhoni). Go‘sht kotlet qiymasi maxsulotiga yumshatilgan sariyog‘ qo‘shib
aralashtiriladi va bo‘laklarga bo‘linib uchi utkirlangan oval shakli beriladi. So‘ng
bug‘ qozon patnisiga terilib, bug‘da 15-20 daqiqa qaynatib tayyor xolga
keltiriladi. Kotletni yana oz suvda qaynatib pishirsa ham bo‘ladi. Tarqatishda
taqsimchaga garnir (kartoshka pyuresi, ilishimli bo‘tqa, sut sardagida
pishirilgan sabzavot) qo‘yilib, yoniga bug‘da pishirilgan 2 dona kotlet quyib,
bir chetiga sut yoki nordonroq qaymoq sardagi yoki ustidan sariyog‘ quyib beriladi.
Suzmali mol go‘shti
qiyma suzmasi (1, 5-son parhez dasturhoni). Laxm mol go‘shtini go‘sht
qiymalagichdan 2 marta o‘tkaziladi. Suzma bilan aralashtirilib, yana bir marta
go‘sht qiymalagichdan o‘tkazilgandan so‘ng yumshatilgan sariyog‘, xom tuxum qo‘shib
yaxshilab aralashtirilib, ko‘pirarli darajaga keltiriladi. Tayyor maxsulot
suvda xullangan qoshiqlar yordamida 25 g. hisobida bo‘lakchalarga bo‘linib yog‘langan
bug‘ qozon patnisiga terilib, bug‘da pishirib tayyor xolga keltiriladi.
Tarqatishda sabzavot pyurelari yoki oz suvda pishirilgan sabzi garnir sifatida
berilishi mumkin. Qiyma uzmasi ustidan sariyog‘ quyib beriladi. 100 g mol go‘shti
suflesi (21-son parhez dasturhoni).
Pishirilgan mol go‘shti
paypardalaridan tozalanib, go‘sht qiymalagichdan ikki marta o‘tkazilib (mayda
kuzligidan) qolgan jarayonni xuddi baliq suflesiga o‘xshash bajarilib tayyor
xolga keltiriladi. Agar 2, 5-son parhez dasturxoni uchun tayyorlash lozim bo‘lsa,
qovurish shkafida yopib tayyorlash ham mumkin.
Комментариев нет:
Отправить комментарий