13.2.SABZAVOT SALATLARINI TAYYORLASH
TEXNOLOGIYASI
Salat (lot. salate tuzlash) asosan, sabzavot va rezavor
o‘simliklar bargi, poyasa, mevasidan turli masalliqlar qo‘shib tayyorlanadigan
va xomligicha (taomlarga qo‘shib) iste'mol qilinadigan pazandalik mahsuloti. O‘zbek
pazandaligida uning shakarob (Farg‘ona vodiysi), achchiq-chuchuk (Toshkent
obl.) turlari ma'lum. Salat chala pishirilgan, tuzlangan, sirkalangan sabzavot
va rezavorlardan tayyorlanadi, shuningdek uning alohida turlariga go‘sht, qazi,
tuxum, qaymoq, qatiq, ziravor, oshko‘ki va boshqalar ham qo‘shiladi Salat taom
hazmini yengillashtiradi, uni vitaminlar bilan boyitadi, tarkibidagi turli
masalliqlar ishtaha qo‘zg‘atadi. salatning maxsus texnologiya bilan
tayyorlanadigan turlari ham bor.
Salatlar yangi, pishirilgan, achitilgan, marinovka
qilingan, tuzlangan, tuz muzlatilgan sabzavot, qo‘ziqorin, dukkaklilar, yangi
yoki konservalangan meva, sitrus mahsulotlaridan tayyorlanadi. Ba'zi hollarda
salatlar go‘sht, baliq, parranda, syeld, dengiz mahsulotlari, tuxum va boshqa
mahsulotlar qo‘shib tayyorlanishi ham mumkin. Salatlarga yumshoqligini oshirish
uchun nordonroq qaymoq, mayonyezlar qo‘shiladi. Bu mahsulotlar qo‘shib
tayyorlangan salat 1 soat davomida iste'molchilarga tarqatilishi kerak. Kesib
tayyorlangan, lekin nordon qaymoq, mayonyez qo‘shilmagan mahsulotlarni
muzxonalarda 4-8°C li haroratda 12 soat davomida
saqlash mumkin. Bundan uzoqroq muddatda saqlansa shamol tegib, yuzi qotib
kolib, mahsulot va taom sifati o‘zgaradi, salat darmondorisining miqdori
kamayadi.
Yangi yoki pishirilgan sabzavotlar salatlar uchun
ko‘bik, tilim-tilim, parrak-parrak, somoncha
shakllarida to‘g‘raladi.
Salatlar o‘zi alohida taom sifatida salat
idishlarida yoki mayda likobchalarda beriladi.
Ko‘kat va sabzavot salatlari go‘sht, baliq taomlari uchun
qo‘shimcha garnir sifatida berilishi mumkin. Salatlarni bezash uchun ko‘kat, salat
barglari, ko‘k piyoz, ukrop, petrushka, syelderey, tuxum, go‘sht, baliq, meva, sitrus
mevalari va boshqa salat tarkibiga kirib, o‘z rangi bilan salatni bezashga yordam
beruvchi mahsulotlardan (qizil qalampir, pomidor, bodring) foydalaniladi.
Salatlarni bezashni ikki xil usulda olib borish mumkin. Birinchi usul to‘g‘rab muzxonada saqlangan salat
mahsulotlari aralashtirilib, sardak yoki nordonroq qaymoq, tuz, ziravor
bilan yana bir aralashtirilib idishga qo‘yib
solinib, ko‘kat
bilan bezaladi.
Ikkinchi usul. Mahsulotlar to‘g‘ralib,
uning 1G`3 qismi sardak bilan aralashtiriladi va salat idishiga uyib solinadi. Ustiga go‘sht, baliq, parranda, qisqichbaqa, tuxum
quyib, tuzlangan bodring, pomidor va ko‘katlar bilan bezaladi.
Qolgan mahsulotlar kesilib
salat atrofiga terib
chiqiladi. Bezalgan
mahsulot ustiga sardak qo‘yilmaydi. Salatlar
kishi organizmida taom hazm bo‘lishini yengillashtiradi, organizmni vitaminlar bilan boyitadi,
tarkibidagi masalliqlar esa ishtahani ochadi.Salatlar chiroyli likoplarda tortilib, dasturxonni yaxshi bezatadi.
Ko‘k salat. Yuvib, saralangan salat barglari 3-4 ga bo‘linib yoki somoncha shaklida to‘g‘raladi va likobcha yoki salat idishga o‘yib solinib, ustidan salat sardagi yoki nordonroq qaymoq
qo‘yiladi. Yarimta
yoki chorakta pishgan
tuxumni pallacha shaklida
to‘g‘rab salat ustiga qo‘yib berishi ham mumkin. Bunda
shu miqdorga salat
vazni oshiriladi.
Agar bu salatni go‘sht, baliq, parranda taomlariga qo‘shimcha garnir sifatida berilsa, mahsulot maydaroq to‘g‘ralishi lozim.
Ko‘k piyoz salati. Birlamchi ishlovdan o‘tgan
ko‘k piyoz uzunligi 1-1,5 sm qilib to‘g‘ralib, tuz bilan aralashtirilgan zahoti likobcha yoki salat idishiga o‘yib
solinadi, atrofi
pallacha shaklda kesilgan
pishgan tuxum bilan bezalib, ustidan
nordonroq qaymoq qo‘yib beriladi.
Rediska salati. Qizil rediska barg va uch qismidan tozalanib, yaxshilab yuviladi. Oq rediska
bundan tashqari po‘sti
tozalanishi lozim. Tayyorlangan rediska parrak-parrak shaklida to‘g‘raladi. Ishlovdan o‘tgan ko‘k piyoz mayda to‘g‘ralib, tuz, rediska
bilan aralashtirilib, salat idishga o‘yib solinadi, atrofi pishirib
palacha shaklda to‘g‘ralgan tuxum va ko‘kat bilan bezalib, ustidan
salat sardagi yoki nordonroq qaymoq qo‘yiladi. Yana tuxum sarig‘i ajratilib kesib ichiga qo‘shilishi, to‘g‘ralgan ko‘kat bilan aralashtirilib salat
ustidan syepib berilishi ham mumkin.
Bodring va rediskali salat. Rediska
yirik qirg‘ichda qirilib, mayda to‘g‘ralgan bodring
bilan aralashtiriladi, tuzi rostlanadi, limon
kislotasi yoki limon sharbati bilan chuchitiladi. Keyin salat idishiga uyib solinadi,
ko‘k piyoz va shivit syepiladi. Salat
smetana bilan birga dasturxonga tortiladi.
Kerakli masalliqlar:
260 gr. rediska, 140 gr. yangi bodring,
40 gr. barra
piyoz, 100 gr. smetana, 5 gr. limon kislotasi,
ta'bga ko‘ra tuz.
«Bahor salati». Ishlovdan o‘tgan rediska, yangi bodring
tilim-tilim
qilib. salat
bargi kvadrat shaklida, ko‘k piyoz mayda to‘g‘ralib, tuz, murch, nordonroa qaymoq bilan aralashtiriladi va likobcha yoki salat idishga o‘yib solinadi va atrofi pishirib shakl berib kesilgan tuxum va ko‘kat bilan bezaladi.
Agar salatga bodring
qo‘shilmay tayyorlansa,
uning evaziga rediska
va salat bargi miqdori oshirilishi mumkin.

«Yoz» salati. Pishirib, tozalanib tilim-tilim shaklida to‘g‘ralgan kartoshka va bodring, pallacha shaklida to‘g‘ralgan pomidor, 3-4 bo‘lakka bo‘lingan salat
bargi, mayda
to‘g‘ralgan ko‘k piyoz, ishlovdan o‘tgan ko‘k no‘xat, tuz, murch, nordonroq qaymoq hammasi aralashtiriladi va salat idishiga yoki likobchaga o‘yib solinadi, yangi bodring
parragi, pishirilgan tuxum, pallacha shaklda to‘g‘ralgan yangi pomidor, ko‘kat
bilan bezaladi.
Sabzi salati. Yangi
sabzi ishlovdan o‘tkazilib mayda somoncha shaklida to‘g‘raladi yoki mayda ko‘zli qirg‘ichdan o‘tkaziladi va nordonroq qaymoq, shakar, tuz bilan aralashtirib, likobcha yoki salat idishiga o‘yib solinadi va ko‘kat bilan bezaladi. Salatga
mayda to‘g‘ralgan olma yoki qora olxuri qo‘shish mumkin. Ular avval buktirilib, danagi olib tashlanishi lozim.

Piyozli sho‘r bodring salati. Ishlovdan o‘tgan sho‘r bodring tilim-tilim shaklida to‘g‘ralib, mayda to‘g‘ralgan bosh yoki ko‘k piyoz, dog‘langan o‘simlik yog‘i
bilan aralashtirib,
likobcha yoki salat idishiga uyib solinib ko‘kat bilan bezaladi.
Ko‘pchilikning syevimli salatlaridan biri. Salat
muallifi 19 asrning 60-chi yillarida Moskvaning "Ermitaj" nomli
frantsuz restorani shef povari Lyusyen

Olivedir. Salat tayyorlanishi juda oson: asosiy
masalliqlarni qaynatib, to‘g‘rab olinadi va mayonyez bilan aralashtirib
dasturxonga tortiladi.
Kerakli masalliqlar: 5 ta kartoshka, 5
ta tuxum, 5 - 6 tuzlangan bodiring, 300 gr go‘sht (mol, tovuq.) yoki kolbasa,
1ta sabzi, Konservalangan yashil noxot (ta'bga ko‘ra), Mayonyez va tuz (ta'bga
ko‘ra)
Tayyorlanishi: Go‘sht va sabzilarni suvda
pishirib olamiz, sovugach hammasini ko‘bik shaklida to‘g‘rab olamiz va mayonyez,
ta'bga ko‘ra tuz solib aralashtiramiz.
Oq o‘zakli karam
salati. Bu salat ikki usulda tayyorlanadi.
Birinchi usul.
Ishlovdan o‘tgan yangi karam somoncha shaklida to‘g‘raladi. Katta kastryulkaga
solib, tuz (1 kg. karamga 15 g. tuz) 3% li sirka solinib plita ustida
aralashtirilgan holda, hajmi kamayib, biroz yumshaguncha isitiladi.
Tayyorlangan karam plita ustidan olinib sovitiladi, ishlovdan o‘tgan maymunjon,
o‘simlik yog‘i, shakar, ishlovdan o‘tib mayda tshg‘ralgan ko‘k piyoz yoki sabzi
qo‘shib aralashtiriladi. Tarqatishda ustiga mayda to‘g‘ralgan piyoz syepib beriladi.
Karamni plita ustida isitishda kuzatib borish lozim. Ikkinchi usul. Karam
ishlovdan o‘tkazilib mayda somoncha shaklida to‘g‘raladi, tuz bilan
aralashtirib, bir oz yumshaguncha qo‘lda eziladi va shakar, sirka, dog‘langan o‘simlik
yog‘i qo‘shib aralashtiriladi.

Kerakli
masalliqlar: Yangi karam 102, maymunjon 15,- ko‘k piyoz 15 yoki sabzi, 15,3% li
sirka 15, shakar 7, o‘simlik yog‘i 7, Sof og‘irligi 150.
Rovochli salat.
Sovuq suv bilan yuvilgan rovoch novdachalarining po‘stini shilgach, 1-1,5 sm li
to‘rt burchak shaklida to‘g‘raladi. Rovochga yirikroq qilib to‘g‘ralgan ko‘k
piyoz, ko‘bik shaklida to‘g‘ralgan «bulg‘or» navli rediska, qaymoq va ozgina
tuz qo‘shib aralashtiriladi. Bu salat nordonroq bo‘lib, ishtahani qo‘zg‘atadi.
Kerakli
masalliqlar: 4-5 gloxcha rovoch, 1 bog‘ har xil rangdagi rediska, yarim bog‘ ko‘k
piyoz, 4 oshqoshiq qaymoq va ta'bga ko‘ra tuz kerak bo‘ladi.
Suzmali salat. Oshko‘klardan barra piyoz,
rayhon, kashnich, ukrop sovuq suvda yuvilib mayda qirqiladi va suzmaga bir oz qo‘shilib,
yaxshilab eziladi. Ustidan tuz, tuyilgan zira va qalampir syepiladi.
Tayyorlangan ko‘k suzma idishlarga solinib, bosh piyozdan «vazacha»lar yasab,
idish beti bezatiladi.
Kerakli masalliqlar: 500 g suzmaga 2 bog‘ ko‘k
piyoz, kashnich, ukrop, 1 bosh piyoz va boshqalar kerak bo‘ladi.
Mustahkamlash uchun
savollar.
1.Salatlarning inson organizmidagi ahamiyati?
2. Sabzavotlardan tayyorlanadigan qanday salatlarni bilasiz?
3. Bahor salati qanday tayyorlanadi?
4. Olve salati qanday tayyorlanadi?
Комментариев нет:
Отправить комментарий