Страницы

понедельник, 29 декабря 2014 г.

12.4. MUZLATILGAN, PISHIRISHGA TAYYOR TVOROG TAOMLARI

12.4. MUZLATILGAN, PISHIRISHGA TAYYOR TVOROG TAOMLARI

“Tvorogli chuchvara» va «dangasa» tvorogli chuchvarasi taomlarining yarim tayyor maxsulotlarini tayyorlashni sanoat asosida ishlab chiqarishga mo‘ljallab mexanizasiyalash, ularni umumiy ovqatlanish korxonalarida ko‘proq ishlatish imkoniyatini yaratdi. «Moskvich» muzlatilgan tvorogli chuchvara 2 xil ko‘rinishda, ya’ni tuzli yoki shakarli bo‘ladi. Ularni tayyorlash uchun kislotaliligi 210°T oshmagan yog‘li tvorog, oliy navli bug‘doy uni, shakar, tuxum yoki melanj, suv ishlatiladi. Tvorogli chuchvaralarni tayyorlash jarayoni mahsulotlarga ishlov berish, yarim tayyor mahsulotga shakl berish, muzlatish, idishga solish, nomlash va saqlashdan iborat. Chuchvara uchun qorilgan hamir harorati 26-28°Cni tashkil etishi lozim. Uni 40 daqiqa tindirish lozim. Chuchvaralarga shakl berish chuchvara apparatlarida olib boriladi. Shakl berilgan vareniklar 18°Cda muzlatiladi, bunda tayyorlangan chuchvara 15-20 daqiqa davomida muzxonada turishi kerak Qiyma vazni chuchvara vaznining 50% ini tashkil qilishi lozim.
Tvorogli chuchvara muzlatilgandan so‘ng paket yoki polimer plyonkaga solinib, yashik yoki karton qutilarga joylanadi. Muzlatilgan tvorogli chuchvaralar 10°Cli haroratda15 kun davomida saqlanishi mumkin.
«Dangasa» tvorogli chuchvarasi silindr shaklida avtomat mashinalarda tayyorlanadi. Bunday avtomatmashinalar 1 soatda 300-400 kg gacha tvorogli chuchvara tayyorlaydi. «Dangasa» tvorogli chuchvarasini muzla­tish uchun uni yog‘och listlarga bir qator terilib, 30 da­qiqa davomida 25°Cli muzxonada saqlanadi. Tayyor chuchvaralar yuqoridagi usulda idishga joylanadi. Umu­miy ovqatlanish korxonalarida chuchvaralarni 3 sutka .davomida 10°Cli haroratda saqlash mumkin.
Tvorog taomlarining sifatiga qo‘yiladigan talab va ularni saqlash muddatlari. Pishirishga tayyor tvorogli chuchvara mahsuloti yarim oy shaklida bo‘lib, chetlari yaxshi yopishtirilgan, uzaro bir-biri bilan yopishib qolmagan, uz shaklini saklag‘an bo‘lishi kerak Hamirining qalinligi 2-3 mm dan oshmasligi lozim. Bir dona chuchvaraning xom holdagi o‘rtacha vazni 12-14 g. yoki pishgan holda 20-25. g. bo‘ladi. Pishirilgan chuchvaralar o‘z shaklini saqlab, bir xil yumshoqlikda bo‘lishi kerak Pishirilgan chuchvara rangi oq sarg‘ish izli ko‘rinishda, yaltirok ko‘rinishiga ega bo‘lishi kerak, tashqi hid va mazaga ega bo‘lmasligi lozim. Nordonligi me’yorida bo‘lib, tvorogga xos mazaga, shirinroq ta’mga ega bo‘lishi lozim. Pishirishga tayyor «Dangasa» tvorogli chuchvarasi bir xil shaklli: romb, to‘rtburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak yoki parrak-parrak shaklda bo‘lishi, yopishib qolmagan, deformasiyaga uchramagan, bir donasining o‘rtacha vazni 15 g. gacha bo‘lishi kerak Sirniklar shayba shaklida yumaloq bo‘lib, och qizg‘ish yoki sarg‘ish qobiq bilan qoplangan, kuygan, uvoqlangan joylari bo‘lmasligi kerak Kesilganda ichi bir-xil ko‘rinishda, qumoqlashmagan, tvorog hidiga, nordon-shirin mazaga ega bo‘lishi kerak Tvorogli zapekankalar yuzi silliq, yorilmagan, kuymagan bo‘lishi, bir xil qizg‘ish yoki sarg‘ish qobiq bilan qoplangan, kesilganda oq yoki sarg‘ish rangda, mazasi nordonroq shirin bo‘lishi lozim.
Tvorog mahsulotlari taxir, achchiq, zax mazali, o‘ta suyuq, o‘ta nordon bo‘lmasligi kerak Tvorogli pishirishga tayyor mahsulotlar va sovuq taomlari tarqatish jarayonida. 0-6°Charoratli muzxonalarda saqlanadi. Tvorogli chuchvara, sirnik, blinchiklar tarqatilgunga qadar issiq holda 15 daqiqagacha, pudinglar 30 daqiqa, zapekankalar 60 daqiqagacha saqlanadi. Tvorog va tvorog mahsulotlari sirlangan idishlarda usti berkitilib, sovuqda 6 soatdan 24 soatgacha saqlanadi.

Mustahkamlash uchun savollar:

1.Tvorog uchun qanday masalliqlar kerak?
2.Tvorog qanday tayyorlanadi?
3.Tvorog qanday mahsulotlar turiga kiradi?
4.Tvorogni qanday turlari bor?
«Tvorogli chuchvara» taomini tayyorlash chizmasini tuzing va uni «dangasa» tvorogli chuchvarasi taomidan farqlanishi aniqlang.
Tvorog, bug‘doy uni, tuxum, shakar, tuz, sariyog‘, nordonroq qay­moq ma-hsulotlaridan foydalanib qanday taom tayyorlash mumkin? Bu taomni tayyorlash uslubi chizmasini tuzing.
Tvorog pudingi qanday tayyorlanadi va tarqatiladi? Uning tvorog zapekankasidan farqi nimada?
«Nordonroq qaymoqli sirnik» va «tvorogli zapekanka» taomlari sifatiga talab nimadan iborat?
Tvorog taomlari qancha vaqt saqlanishi mumkin?

Комментариев нет:

Отправить комментарий